"UzAirPlus" dasturida ro'yxatdan o'tish qoidalari

Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatga turish, shaxsiy hisob raqamini olish va a’zolik anketa-arizasini to‘ldirish lozim. Anketani to‘ldirish Dastur shartlariga rozilikdan dalolat beradi. Ariza asosida “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisiga hisob ochiladi, hisobning identifikatsion raqami beriladi, unda ishtirokchining parvozlari haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi hamda internet – sayt hisob holatini mustaqil kuzatib borish uchun pin-kod beriladi.

Zarur bo‘lgan barcha shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini, shu jumladan ism, familiya va tug‘ilgan yili sanasini amaldagi pasportiga muvofiq taqdim etgan ishtirokchilargina ball yig‘ish va Shaxsiy hisobida yig‘ilgan ballardan mukofot olish uchun foydalanish huquqiga ega. Aviakompaniya Ishtirokchidan taqdim etilgan Shaxsiy va aloqa ma’lumotlarining to‘g‘riligini aniqlashni talab etish huquqiga ega.

Hisob to‘g‘risidagi ma’lumotni real vaqt rejimida aviakompaniya saytida (www.uzairways.com) olish mumkin. Shaxsiy hisobga kirish ruxsatini olish uchun kartochka raqami va “shaxsiy kabinetga kirish” bo‘limida shaxsiy pin-kodni ko‘rsatish lozim.