Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatga turish, shaxsiy hisob raqamini olish va a’zolik anketa-arizasini to‘ldirish lozim. Anketani to‘ldirish Dastur shartlariga rozilikdan dalolat beradi. Ariza asosida “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisiga hisob ochiladi, hisobning identifikatsion raqami beriladi, unda ishtirokchining parvozlari haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi hamda internet – sayt hisob holatini mustaqil kuzatib borish uchun pin-kod beriladi.