Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

«UzAirPlus» korporativ dasturida qatnashish qoidalari va shartlari

Ulashing



Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatga turish, shaxsiy hisob raqamini olish va a’zolik anketa-arizasini to‘ldirish lozim.




  • Tashkilot (yuridik shaxs) korporativ tarzda “UzAirPlus”  dasturida ishtirok etishi mumkin.
  • “UzAirPlus”  korporativ  dasturida qatnashish istagida bo‘lgan tashkilot Dasturda qatnashish uchun ariza berishi, xodimlaridan birini “UzAirPlus”  dasturi bo‘yicha menejer qilib tayinlashi kerak va  “UzAirPlus”  korporativ  dasturida ball to‘plashda ishtirok etadigan xodimlarining ro‘yxatini taqdim etishi zarur.
  • “UzAirPlus”  korporativ  dasturi qatnashchisi bo‘lgan tashkilot menejeri  – o‘z tashkilotining hisobini kuzatib boradi, ballarning qo‘shib borilishi, hisobdan chiqarilishini aniqlashtirish uchun aviakompaniyaga murojaat qiladi, Korporativ dasturda ball to‘plashda qatnashayotgan xodimlarining pasport raqamlari o‘zgarganligi haqida xabar qiladi.
  • Dasturda korporativ shartlarda ishtirok etuvchi xodimlarning ro‘yxati tashkilotning o‘z blankasida taqdim etilib, korxona rahbarining imzosi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Ro‘yxatga tashkilot xodimlari pasportlarining nusxalari ilova qilinadi (dasturda qatnashish 16 yoshdan).
  • Ishtirokchi tashkilot xodimlari ro‘yxati o‘zgarishi ham tashkilotning o‘z blankasida yozilib, korxona rahbarining imzosi va korxona muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
  • Ishtirokchi tashkilot «UzAirPlus» dasturida faqat bitta «BUSINESS» kartasiga ega bo‘lishi mumkin.
  • «BUSINESS» kartasining old tomonida tashkilot nomi va kartaning amal qilish muddati «DATE OF EXPIRY: kun.oy.yil» ko‘rinishida ko‘rsatiladi.
  • «BUSINESS» korporativ kartasi faqat bitta darajaga ega. Korporativ ishtirokchiga qo‘shimcha imtiyozlar berilmaydi.
  • Korporativ dasturda tashkilot hisobiga ballar faqatgina rasmiylashtirilayotgan paytda ushbu aviachiptalarning korporativ dasturda ishtirok etish belgilari (ya’ni korporativ kartochka raqami) kiritilgan aviachiptalar uchungina ballar qo‘shib boriladi. Korporativ  kartochka raqami ko‘rsatilmagan aviachiptalar korporativ dastur bo‘yicha ballar yig‘ishda ishtirok eta olmaydi.
  • Korporativ hisobda yetarli miqdordagi ballar to‘planganda sovrinli aviachipta rasmiylashtiriladi.
  • Sovrinli aviachipta faqatgina tashkilotning korporativ hisobida ball to‘plashda ishtirok etuvchilar ro‘yxatida ko‘rsatilgan xodimlari nomiga rasmiylashtirilishi mumkin.
  • Sovrinli aviachipta olish uchun korporativ dastur ishtirokchisi bo‘lgan tashkilot o‘z blankasida, korxona rahbarining imzosi va korxona muhri bilan tasdiqlangan yozma buyurtma va belgilangan shakldagi ishonchnoma taqdim etishi kerak.
  • Korporativ  dastur ishtirokchisi bo‘lgan tashkilot oxirgi parvoz ballari qo‘shilgandan so‘ng 12 oy ichida parvozlarni amalga oshirmasa, uning korporativ hisobi bekor qilinadi.
  • Tashkilot xodimlari- korporativ dastur ishtirokchilari, shu jumladan menejerning parvoz uchun to‘plagan ballari tashkilotning «UzAirPlus» dasturidagi korporativ hisobiga qo‘shib boriladi. Yig‘ilgan sovrinli ballar parvozlar bajarilgan sanadan boshlab 24 oy mobaynida haqiqiydir. Agar korporativ ishtirokchi sovrinli ballardan ularning amal qilish muddati mobaynida foydalanmasa, 24 oy ilgari bajarilgan parvozlar uchun qo‘shilgan ballar bekor qilinadi.
  • Sovrinli aviachipta tashkilotning ro‘yxatida ko‘rsatilgan istalgan xodimi nomiga rasmiylashtirilishi mumkin.

Kartalarni olish uchun qancha ball kerak

0 ball to'plandi

Premium kartani olishdan oldin

5000 ballarni kiritish kerak

0605000
Imtiyozlarni olish uchun ko'proq ball to'plang

CIP zalida imtiyozli xizmatlar ko‘rsatilishi MCO orqali rasmiylashtiriladi, bepul bagaj olib ketish me’yorlarini oshirish pullik bagaj kvitansiyasi to‘lg‘azish orqali rasmiylashtiriladi..

Ishtirokchining hisobidagi sovrinli ballarni to‘plashda ishtirok etadigan faol ballari soni saqlanadi..

Aviakompaniya “SILVER” va “GOLD” kartalari egalari uchun imtiyozlarni o‘zgartirish huquqiga ega..