O'zbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi

Qirg‘iziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2018-yilning 10-fevralidan 7 ta davlat – Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday kategoriyadagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushabu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

2018-yil 10-fevraldan dunyoning 39 davlati (davlatlar ro‘yxati quyida keltirlgan) fuqarolari uchun hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida turistik vizani rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi va sayyohlik ruxsati (turvaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslarning murojaat qilishi bekor qilindi.

Ilgari Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveysariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun ham vizalar rasmiylashtirishnig yengillashtyirilgan tartibi joriy etilgan edi.

Mazkur davlatlar sayyohlariga 1 oy muddatga ko‘p marotabalik, biznes vakillari uchun esa 1 yil muddatga ko‘p marotabalik vizalar beriladi. Bunda sayyohlik ruxsati (tur-vaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Vizalar hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida rasmiylashtirib beriladi.

2018-yil 10-fevraldan boshlab turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya Respublikasi

2. Amerika Qo‘shma Shtatlari

3. Andorra

4. Avstraliya

5. Birlashgan Arab Amirliklari

6. Bolgariya Respublikasi

7. Bosniya va Gersogovina

8. Chernogoriya

9. Daniya Qirolligi

10. Estoniya Respublikasi

11. Finlandiya Respublikasi

12. Gretsiya Respublikasi

13. Hindiston Respublikasi

14. Irlandiya

15. Islandiya

16. Kanada

17. Litva Respublikasi

18. Lixtenshteyn

19. Luksemburg Buyuk Gertsogligi

20. Makedoniya Respublikasi

21. Malta Respublikasi

22. Monako

23. Niderlandiya Qirolligi

24. Norvegiya Qirolligi

25. O‘mon Sultonligi

26. Portugaliya Respublikasi

27. Quvayt davlati

28. Ruminiya

29. San-Marino Respublikasi

30. Saudiya Arabistoni Podshohligi

31. Serbiya Respublikasi

32. Shvetsiya Qirolligi

33. Slovakiya Respublikasi

34. Sloveniya Respublikasi

35. Vatikan

36. Vengriya

37. Xitoy Xalq Respublikasi (Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi bilan birga)

38. Xorvatiya Respublikasi

39. Yangi Zelandiya

Batafsilroq: https://mfa.uz/uz/consular/visa/