“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Tenderlar

03 Nov 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ДЭ-224, ДЭ-235 va АСВ-4000 aerodrom mashinalari uchun chutkalar sotib olish bo‘yicha tanlov muddatlarini uzaytiradi

Tanlov mazmuni: -aerodrom mashinalari uchun  diskli polipropilen chutkalar sotib olish- 15 komplekt -aerodrom mashinalari uchun  diskli metall chutkalar sotib olish- 20 komplekt                      -O‘lchami 254х900 мм; Shartnoma shartlari: To‘lov shartlari: 100 % - mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun ichida, yoki 15% oldindan haq to‘lash, 85% - mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun ichida. Mahsulot yetkazib berish shartlari: «CPT», «DAP», O‘zbekiston, Toshkent sh. “Toshkent-tovarnaya” stansiyasi, stansiya kodi 722400. Mahsulot yetkazib berish muddatlari: shartnoma imzolanib, O‘zR vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng  30 kalendar kuni ichida yoki 15% oldindan haq to‘langandan so‘ng 30 kun ichida yetkazib berilishi kerak. Tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlrni ishlab chiqaruvchi zavodlar va ular  bilan sotish va yetkazib berish yuzasidan amal qiluvchi dilerlik  shartnomalarga ega xorijiy, shuningdek mamlakatimizdagi firma va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: 100167, O‘zbekiston, Toshkent sh., “Toshkent” aeroporti, “O‘zaviatexta’minot” MTTM direktori R.D.Alimxodjayevga Telefon: (99871) 254-26-87, faks /+998 71/ 255-35-24. Е-mail: Shuhrat.Bahramov@uzairways.com Tanlovda qatnashish uchun tijorat takliflari qabul qilishning oxirgi muddati: 10.11.2014-yil  soat 17-00 Takliflar pochta orqali, faks va elektron pochta bo‘yicha qabul qilinadi. Takliflarni firmaning xos ish qo‘g‘ozida, muhr va imzo qo‘yilgan holda yuborishingizni so‘raymiz. Narxlarning amal qilish muddati  kamida 3 oy bo‘lishi kerak. Mahsulot kelib chiqish sertifikati  CT-1 taqdim etilishi shart. Ma’lumotlar rus tilida bo‘lishi yoki rus tilidagi tarjimasiga ega bo‘lishi kerak.
21 Oct 2014

«Toshkent Xalqaro Aeroporti» Davlat unitar korxonasi ISUZI bagaj avtomashinalari uchun avtoshinalar sotib olish yuzasidan tanlov e’lon qiladi

Tanlov mazmuni:  № Mahsulot noli O‘lcho birl soni narxi   Avtoshina 7,5R16 dona 30 Shartnomaviy Shartnoma SHARTLARI: To‘lov sharti: 15 % oldindan haq to‘lanadi, qolgan 85% –tovar yetkazib berilgandan so‘ng. To‘lov valyutasi: o‘zbek so‘mi. Mahsulot yetkazib berish shartlari: xaridorning transportida Mahsulot yetkzaib berish muddati: 15% lik avans to‘lovi o‘tkazilgandan so‘ng 10 kun ichida. Tijorat taklifiga mahsulot qanday standartlar bo‘yicha tayyorlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (sotuvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi) va bojxona deklaratsiyasi nusxasi ilova qilinishi kerak. Tanlovda ishlab chiqaruvchi yoki ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega mamlakatimizdagi va xorijiy firma va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmalar quyidagi manzilda  qabul qilinadi:       O‘zbekiston, GSP 100167, Toshkent sh.,  FA aeroporti       “Toshkent” aeroporti direktori o‘rinbosari A.M.Alimovga       Tel.: (99871)140-29-54 Faks: (99871) 140-28-48 Е-mail: sst.tas@uzairways.com Tanlov takliflari pochta, faks, elektron pochta orqali 30.10.2014-yilgacha qabul qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar skanirdan chiqarilgan holda elektron pochta orqali qabul qilinadi.f
10 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bagajga ishlov berish va bagajni nazoratdan o‘tkazish tizimi loyihasini ishlab chiqish, yetkazib berish, yig‘ish va foydalanishga topshirish bo‘yicha eng yaxshi taklif tanlovini o‘tkazadi

Tanlov mazmuni: Bagajga  ishlov berish tizimi Bagajni  nazoratdan o‘tkazish asbob-uskunalari, O‘zbekiston, Toshkent sh, Toshkent aeroporti, Toshkent-2 yo‘lovchi aerovokzal majmuasi Loyihani ishlab chiqish uchun texnik talablarni olish uchun tel./faks/Е-mail: (998-71) 140-45-72, faks: (998-71) 140-45-62, e-mail: oab@uzairways.com ga murojaat qiling To‘lov sharti: 30% -oldindan haq to‘lash shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 30 kun ichida; 60%-mahsulot yetkazib berilib, Im-40” rejimida bojxonada rasmiylashtirib  bo‘lingandan so‘ng 30 ish kuni ichida, 10%  barcha ishga tushirish ishlari va dasturiy-apparat komplekslari ishga tushirilgandan so‘ng. Mahsulot yetkazib berish sharti va muddati: «DAP Toshkent aeroporti»(INCOTERMS 2010), 30% oldindan haq to‘langandan so‘ng 220 kun ichida.   Talabgorlarning dastlabki tanlovidan o‘tish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati  - Tanlov ishtirokchisi rahbari tomonidan imzolangan taklifda qatnashish uchun buyurtma; - Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumotlar va oxirgi 5 yil ichida standart paketlash vositalari yetkazib berish bo‘yicha referent-varag‘i – Tanlov ishtirokchisining tashkiliy shakli (Ustavning yoki boshqa ta’sis hujjatining notarial tasdiqlangan nusxasi, taklif ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan va muhr qo‘yilgan bol‘ishi kerak). Tashkiliy shakl rus tilidagi tarjimasiga ega bo‘lishi kerak. - Tanlov qatnashchisiga (diler, agent, distribyutor) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan uning mahsulotini O‘zR hududiag yetkazib berish huquqini beruvchi hujjat (bevosita ishlab chiqaruvchi taklifda  ishtirok etgan holler bundan mustasno)        Tanlov da qatnashish uchun cheklovlar: qaytadan tuzish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida turgan tashkilotlar va firmalar, belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan, ilgari imzolangan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan,  tanlov e’lon qilingan vaqtda tashkil etilganiga 6 oydan kam vaqt o‘tgan, buyurtmachilar bilan ishi sud yoki arbitraj muhokamasida ko‘rilayotgan holatda bo‘lgan tashkilot va firmalar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.       Eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha komissiya manzili: O‘zbekiston, GSP 100060, Toshkent sh., Amir Temur shohko‘chasi, 41 “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi, Takliflar 2014-yilning 15-noyabri soat 16:00 gacha qabul qilinadi.
10 Oct 2014

«TOSHKENT XALQARO AEROPORTI» DUK “Toshkent” aeroporti obyektlari bo‘yicha ta’mirlash ishlari o‘tkazish uchun ochiq tanlov o‘tkazadi

Tanlov mazmuni: “Toshkent” a/p YMM ombori devorlarini bo‘yash, № 8422 Shartnoma shartlari: To‘lov shartlari: 15% oldindan haq to‘lash, 85% - ish tugagandan so‘ng 10 kun ichida. Sifat bo‘yicha talablar: tashqi tomondan rangi aynimaydigan moybo‘yoq bilan bo‘yash. Oldindan haq to‘langandan so‘ng 30 kun ichida Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: O‘zbekiston, 100167, Toshkent sh., “Toshkent” aeroporti Aeroport direktori B.I.Xakimovga (YIFX uchun) Ma’lumotlar uchun telefonlar: + (998 71) 140-29-17. E-mail: oens.tas@uzairways.com Tijorat takliflari xat bilan birgalikda 17.10.2014-yilgacha qabul qilinadi.
09 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi «D-500Ah-48V» modeldagi akkumulyator batareyalari sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Tanlov mazmuni: «D-500Ah-48V» modeldagi  akkumulyator batareyalari sotib olish - 5 komplekt  Gabarit o‘lchami 960×430×760 mm Shartnoma shartlari: To‘lov shartlari: 100 % - mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun ichida, yoki 15% oldindan haq to‘lash, 85% - mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun ichida. Mahsulot yetkazib berish shartlari: «CPT», «DAP», O‘zbekiston, Toshkent sh. yoki FCA jo‘natish aroporti. Mahsulot yetkazib berish muddatlari: shartnoma imzolanib, O‘zR vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng  30 kalendar kuni ichida yoki 15% oldindan haq to‘langandan so‘ng 30 kun ichida yetkazib berilishi kerak. Tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlrni ishlab chiqaruvchi zavodlar va ular  bilan sotish va yetkazib berish yuzasidan amal qiluvchi dilerlik  shartnomalarga ega xorijiy, shuningdek mamlakatimizdagi firma va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Takliflarni firmaning xos ish qo‘g‘ozida, muhr va imzo qo‘yilgan holda yuborishingizni so‘raymiz. Narxlarning amal qilish muddati  kamida 3 oy bo‘lishi kerak. Mahsulot kelib chiqish sertifikati  CT-1 taqdim etilishi shart. Ma’lumotlar rus tilida bo‘lishi yoki rus tilidagi tarjimasiga ega bo‘lishi kerak. Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: 100167, O‘zbekiston, Toshkent sh., “Toshkent” aeroporti, “O‘zaviatexta’minot” MTTM direktori R.D.Alimxodjayevga Telefon: (99871) 254-26-87, faks /+998 71/ 255-35-24. Е-mail: Shuhrat.Bahramov@uzairways.com Tanlovda qatnashish uchun tijorat takliflari qabul qilishning oxirgi muddati: 30.10.2014-yil  soat 17-00
09 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yong‘in o‘chirish tarkibi 12000 litrlik Aerodrom yong‘in o‘chirish avtomobillarini sotib olish bo‘yicha ochiq tender e’lon qiladi

TENDER MAZMUNI: aerodrom yong‘in o‘chirish tarkibi 12000 litrlik yong‘in o‘chirish avtomobili sotib olish- 2 dona  SHARTNOMA SHARTLARI: To‘lov sharti: 30% -oldindan haq to‘lash shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 30 kun ichida; 70%-mahsulot yetkazib berilib, bojxonada IM-40 rejimida rasmiylashtirib bo‘lingandan so‘ng 30 kun ichida Mahsulot yetkazib berish sharti: «DAP Nukus aeroporti». Mahsulot yetkazib berish muddatlari: imkoni boricha qisqa muddatda, lekin 30% avans to‘lovi o‘tkazilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 120 kun ichida.         TENDERDA OG‘IR TIPDAGI AERODROM YONG‘IN O‘CHIRISH AVTOMOBILLARI ISHLAB CHIQARISH VA YETKAZIB BERISHGA IXTISOSLASHGAN KOMPANIYALAR VA TASHKILOTLAR ISHTIROK ETISHLARI MUMKIN.  TENDERDA ISHTIROK ETISH UCHUN BUYURTMALAR QUYIDAGI MANZILDA QABUL QILINADI:   O‘ZBEKISTON, GSP 100060, Toshkent sh. Amir Temur shohko‘chasi, 41.   Tender komissiyasiga.   Tel/faxs: ( 998-71) 140-45-65; 140-47-35. E-mail: spasop@uzairways.com TENDERDA QATNASHISH UCHUN BUYURTMALAR 2014-YIL 20-OKTABR SOAT 17.00 GACHA QABUL QILINADI Tender qatnashchisining yo‘riqnomasi faqatgina yozma ravishda berilgan buyurtmaga muvofiq beriladi Tenderda ishtirok etishni istaganlar har bir da’vogarga to‘lov asosida beriladigan tender hujjatlarini olishlari mumkin. Tender hujjatlari narxi 500 AQSH dollariga teng. Ko‘rsatilgan summadagi pul mablag‘i o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi taqdim etilgach tender hujjatlarini olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ko‘rsatilgan summani milliy valyuta “so‘m”da to‘lov kunidagi kurs bo‘yicha kiritadilar. AQSH dollaridagi hisob raqami: 20210840400596077035. O‘zR sumdagi hisob raqami: 20210000500596077004. O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy Bankining MAB, MFO (bank kodi) 00882, STIR 201 051 778, SWIFT: NBFAUZ2X.
08 Oct 2014

Havo aloqalari bosh agentligi DUK aviakassa ma’muriy binosini avtonom elektr ta’minoti, dizel-generator bilan jihozlash ishlarini bajarish bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlash yuzasidan tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi

Tanlov mazmuni: HABA DUK ma’muriy binosini avtonom elektr ta’minoti , dizel-generator bilan jihozlash ishlarini bajarish. Tanlov shartlari: To‘lov sharti:  30 % - shartnoma imzolangandan so‘ng  5 bank kuni ichida oldindan haq to‘lanadi, 65% – bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolanib bajarilgan ishlar nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgandan so‘ng 5 bank kuni ichida 5% - kafolat majburiyatlari muddati tugagandan so‘ng 5 bank kuni ichida. Tanlov shartlari: Tanlovga qatnashish uchun da’vogarlar shunga o‘xshash ishlarni bajarish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishlari Tanlov g‘olibi u g‘olib deb e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy mobaynida shartnoma narxi o‘zgarmay turishini ta’minlashi kerak. Tanlovga ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan va tanlov talablariga javob bermaydigan tashkilotlar qo‘yilmaydilar. Tanlovda qatnashish uchun takliflar rahbar imzosi va kompaniyaning rasmiy muhri bilan tasdiqlangan xos ish blanklarida taqdim etilishi va quyidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirishi kerak: ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;  ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaning notarial tasdiqlangan nusxasi. Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: O‘zbekiston, GSP 100060, Toshkent sh, Amir Temur shohko‘chasi, 51 Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun :          Telefon: (99871) 140-48-22          Faks: (99871) 140-48-18 E-mail: gavs@uzairways.com Tanlov qatnashchilari uchun lokal-resurs qaydnomani  (99871) 140-48-22 telefonlari orqali  HABA DUK BFB da olish mumkin. Tanlovda  qatnashish uchun takliflar 2014- yil 14-oktabr kuni soat 17.00 gacha qabul qilinadi.
07 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi standart paketlash vositalari sotib olish bo‘yicha tender o‘tkazadi

Tanlov mazmuni: standart paketlash vositalari sotib olish -390 dona To‘lov sharti: 30% -oldindan haq to‘lash shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 30 kun ichida; 70%-mahsulot yetkazib berilib bo‘lingandan so‘ng 30 ish kuni ichida. To‘lovning alternativ variantlari ko‘rib chiqilmaydi. Mahsulot yetkazib berish sharti va muddati: «CIP Toshkent aeroporti»(INCOTERMS 2010), 30% oldindan haq to‘langandan so‘ng 60 kun ichida. Tenderda ishtirok etish uchun talabgorlarning dastlabki tanlovi 2014-yilning 17-oktabrida soat 17.00ga qadar o‘tkaziladi Tender hujjatlari narxi: 500 AQSH dollari.   Tender takliflari 2014-yil 26-oktabr soat 17.00 gacha qabul qilinadi.   Talabgorlarning dastlabki tanlovidan o‘tish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati  - tender ishtirokchisi rahbari tomonidan imzolangan tenderda qatnashish uchun buyurtma; - tender ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumotlar va oxirgi 5 yil ichida standart paketlash vositalari yetkazib berish bo‘yicha referent-varag‘i – tender ishtirokchisining tashkiliy shakli (Ustavning yoki boshqa ta’sis hujjatining notarial tasdiqlangan nusxasi, tender ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan va muhr qo‘yilgan bol‘ishi kerak). Tashkiliy shakl rus tilidagi tarjimasiga ega bo‘lishi kerak. -Tender qatnashchisiga (diler, agent, distribyutor) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan uning mahsulotini O‘zR hududiag yetkazib berish huquqini beruvchi hujjat (bevosita ishlab chiqaruvchi tenderda  ishtirok etgan holler bundan mustasno)         Tenderda qatnashish uchun cheklovlar: qaytadan tuzish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida turgan tashkilotlar va firmalar, belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan, ilgari imzolangan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan,  tanlov e’lon qilingan vaqtda tashkil etilganiga 6 oydan kam vaqt o‘tgan, buyurtmachilar bilan ishi sud yoki arbitraj muhokamasida ko‘rilayotgan holatda bo‘lgan tashkilot va firmalar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.       Tender hujjatlarini   quyidagi manzilda olish mumkin: O‘zbekiston, GSP 100060, Toshkent sh., Amir Temur shohko‘chasi, 41 “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi, tijorat departamenti Telefon/faks: e-mail: (71) 140-20-94, 140-20-92, cargo@uzairways.com
07 Oct 2014

«Toshkent Xalqaro Aeroporti» Davlat unitar korxonasi “Toshkent” aeroporti uchun qurilgan xavflilik darajasi 4 toifadagi obyektning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tanlov e’lon qiladi

Tanlov mazmuni: № Xizmat nomi Soni 1.  “Toshkent” aeroporti uchun qurilgan xavflilik darajasi 4 toifadagi obyektning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi 1 loyiha Alohida shartlar: Ishni bajarish uchun tegishli hujjatlarning mavjudligi Bajaruvchi loyihalarni ishlab chiqish va loyihani barcha nazorat qiluvchi organlar bilan kelishish, zaruriyat bo‘lganda barcha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Shartnoma SHARTLARI: To‘lov sharti: shartnoma imzolangandan so‘ng 15 ish kuni ichida shartnoma summasining kamida 15% miqdorida oldindan haq to‘lanadi, oxirgi hisob-kitob bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan so‘ng 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. To‘lov valyutasi: O‘zR so‘mi. Mahsulot yetkazib berish muddati: loyiha yuzasidan Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi 2015-yil 3-yanvarga qadar olinishi kerak. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmalar quyidagi manzilda  qabul qilinadi: O‘zbekiston, GSP 100167, Toshkent sh., Qumariq  k., FA aeroporti  “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori B.I.Xakimovga       Tel.: (99871)140-28-88 Faks: (99871) 140-28-00 Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun tanlov ishtirokchisi quyidagi rekvizitlar bo‘yicha murojaat qilishi mumkin:Tel.: (99871) 140-29-08. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmalar  va tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 13.10.2014-yil soat 16.00 Barcha takliflar rus tilida bo’lishi yoki rus tilidagi tarjimasiga ega bo’lishi kerak. Tanlovda qatnashish uchun cheklovlar: Qaytadan tuzish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida turgan tashkilotlar va firmalar, belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan, buyurtmachilar bilan ishi sud yoki arbitraj muhokamasida ko‘rilayotgan holatda bo‘lgan, tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra tanlov komissiyasi talablariga javob bermaydigan, ishni bajarish bo’yicha dasturga ega bo‘lmagan tashkilot va firmalar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.

Pages