Sifatni boshqarish tizimini sertifikatlashni o`tkazish huquqi

13 Jul 2017

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi MAK bo‘linmalarida joriy qilingan ISO 9001:2015 xalqaro standartlariga muvofiq keladigan, sifatni boshqarish tizimini sertifikatlashni o‘tkazish huquqiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sifat tizimini sertifikatlovchi organlar o‘rtasida konkurs e’lon qiladi.

Konkursda transport korxonalarini ISO 9001:2015 muvofiqligiga sertifikatlash bo‘yicha katta ijobiy ish tajribasiga ega bo‘lgan, sertifikatlovchi kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.

Konkursga arizalar quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, GSP 100060, Toshkent sh. Amir Temur shohko‘chasi, 41, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Parvozlar xavfsizligi nozirligi Bosh inspektoriga.

Telefon: (998-71) 140-46-30, 140-46-35

Faks: (998-71) 120-47-20

E-mail: quality@uzairways.com; umid.khusanov@uzairways.com

Konkursga arizalar qabul qilish muddati – 2017-yil 28-iyul soat 17-00 gacha.