“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Sanoat mollarini sotib olish uchun tanlov

10 May 2019

«Ketring» Davlat Unitar korxonasi quyidagi mahsulotlarni sotib olishga konkursni o‘tkazadi:

  • Rux bilan qoplangan list. Miqdori 3 kvadrat metr.
  • Plastmassa konteyneri. O‘lchamlari 40x30x15 sm. soni 3 dona.
  • Kir yuvish mashinasi uchun shlang. Uzunligi – 1 metr. Diametri – 20 mm. Soni 3 dona.
  • Qog‘oz sochiqlar uchun taglik (podstavka). O‘lchami – 26 sm. Nerjaveyka. Soni 1 dona.
  • Qog‘oz sochiqlar uchun taglik (podstavka). O‘lchami – 22x25 sm. Plastik. Soni 1 dona.
  • Qog‘oz sochiq. Zeva 1/13.5 sm. Mitqdori 200 rulon.
  • Qog‘oz sochiq. Dispenser 1/200. O‘lchami 21x21 sm. Soni 15 pachka.
  • Teflon qoplamli tova. Soni 5 dona.
  • Emal bo‘yog‘i. RELIFE 1/2.5 Soni 12 banka.
  • Bo‘yash uchun cho‘tka. Soni 10 dona.
  • Metall zanjir. Nerjaveyka. Miqdori 2 metr.

To‘lov shartlari:

Avans to‘lovining 15% 10 kalendar kuni davomida, qolgan 85% to‘lov – mhsulot Sotib oluvchining omboriga kelgandan keyin 10 kalendar kuni davomida.

To‘lov valutasi: milliy valuta – so‘m.

Yetkazib berish sharti:

Yetkazib berish muddati: Sotuvchining hisob raqamiga oldindan to‘lov o‘tkazilganidan keyin 7 kalendar kunidan oshmagan xolda.

Bajarilishi shart bo‘lgan shartlar:

  • Faoliyati litsenziyalangan bo‘lishi shart. (Agar faoliyatga litsenziya talab qilinsa);
  • Tomonlarning javobgarligi 1998-yil 29 avgustdagi 670-I-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Tovarni qabul qilish-topshirish vaqtida tovarni past sortda (sifatda) bo‘lishi yoki nuqsoni aniqlangan vaqtida, tovar qabul qilinmaydi;
  • Muvofiqlik sertifikatini mavjud bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi shart va ilgari ishlatilmagan bo‘lishi kerak;
  • «Yetkazib beruvchi» Kontraktda ko‘rsatilgan, yuridik manzil bo‘yicha ofisga ega bo‘lishi kerak;
  • Nuqsoni bor tovar, «Yetkazib beruvchi» tomonidan 3 (uch) kunlik muddatda almashtirilishi shart.
  • Tovar e’londa ko‘rsatilgan talablar va texnik parametr (o‘lchamlarga) muvofiq bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berish «Buyurtmachining» joylashgan joyigacha.

Alohida shartlar:

  • Tijorat taklifiga tovar qanday standart (TK) bo‘yicha tayyorlanganligini tasdiqlovchi, hujjat nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (nusxasi sotuvchi tomonidan tasdiqlangan) Guvohnomasi, Litsenziyasi ilova qilinsin.
  • Yetkazib beruvchi O‘zbekiston bozorida ishlashi shart va ro‘yxatdan o‘tgan ofis bilan shahar telefoniga ega bo‘lishi kerak.
  • Konkursda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi-zavodlar, chet el va mamlakatimizning firmalari va tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Konkursda ishtirok etish uchun cheklovlar:

Konkurs tanlovida quyidagilarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

  • Qayta tashkil etish holatida bo‘lgan, faoliyati tugatilgan yoki bankrot holatdagi, barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim eta olmagan tashkilotlar va firmalar;
  • Sudlov yoki arbitraj tekshiruvlari holatida bo‘lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishlicha bajarmagan buyurtmachilar bilan;
  • Tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha konkurs komissiyasi talablariga javob bermaydiganlar bilan.

Konkurs takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, 100028, Toshkent sh., Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti

“Ketring” DUK direktori o‘rinbosari B.T. Azimovga

Ma’lumot uchun: 215-61-34, tel/faks: 255-25-68

E-mail: dogovoratashkent@mail.ru

Konkursda ishtirok etish tijorat takliflarining qabul qilinish muddati:

2019-yil 17-maygacha

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochtasi orqali.

Ilova qilinadigan hujjatlar skaner qilingan elektron pochta orqali