“Uzbekistan airways” AJ

RBV-25 turdagi mastikani sotib olish uchun ochiq tanlov

14 Oct 2019

«Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MCHJ RBV-25 turdagi mastika sotib olish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Tanlov predmeti: Aerodrom hududida yoriqlar va choklarni to‘ldirish (quyish) uchun RBV-25 turdagi mastikani yetqazib berish.

Shartnoma shartlari: 15% oldindan to‘lov, to‘liq to‘lov - barcha tovar yetkazib berilgandan so‘ng. To‘lov turi: milliy valyutada (so’m).

Yetkazib berish shartlari: O‘zi tomonidan.

Ishlab chiqaruvchidan maxsulotga tegishli sertifikatlarning mavjudligi, ushbu faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikatlar mavjudligi. O’zR bozorida ushbu faoliyat turi bilan shug’ullanish vaqti 3 yildan kam bo’lmagan.

Yetqazib beruvchining shirkati Toshkent shaxrida bo’lishi lozim.

Tanlovda O‘zR bozorida faoliyat yurituvchi mahalliy korxonalar, shuningdek turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalar quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, GSP 100167, Toshkent shahri, Qumariq ko‘chasi 13-uy,

«Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MCHJ.

Direktor Tulyaganov R.G. nomiga – Aerodrom xizmati uchun.

Ma’sul xodim: Mirzaev M.M.

Telefon/faks: 78140-29-99, 78140-28-65

E-mail: Abdurahim.Alimov@uzairways.com.

Tijorat takliflari pochta, elektron pochta, faks yoki korxonaga yetkazib berish asosida 2019-yil 18.10. gacha qabul qilinadi.

Elektron pochta orqali yuborilgan hujjatlar rahbar imzosi va muhri bilan skaner qilingan bo‘lishi shart.