Plastik derazalarni tayyorlash va o‘rnatish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchini aniqlash

27 Sep 2017

“Havo aloqalari bosh agentligi” davlat unitar korxonasi plastik derazalarni (shisha paketlari bilan birga) tayyorlash va o‘rnatish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchini aniqlash yuzasidan tanlov e’lon qiladi.

Tanlov mazmuni:

HABA DUK ma’muriy binosidagi 10 dona mavjud plastik deraza romlarni demontaj qilish, yangisini o‘rnatish uchun o‘lchov olish, tayyorlash va o‘rnatish. Har bir blok bittadan ochilish qismiga ega. Da’vogar o‘lchov olish uchun obyekt bilan tanishishi kerak.

Tolov shartlari:

Shartnoma imzolangandan song 5 bank kuni ichida 15% miqdorida oldindan haq tolanadi.

Xizmatlar ko‘rsatilib bo‘linganidan so‘ng 5 bank kuni ichida qolgan 85% miqdorida haq to‘lanadi.

To‘lov valyutasi- O‘zbekiston so‘mi.

Tovarni yetkazib berish muddati:

Oldindan haq to‘langandan song 14 kalendar kunidan ko‘p bolmagan muddatda.

Tijorat taklifida eshik barcha texnik xarakteristikalar (profil o‘lchamlari va turi, oynalar, furnitura va h.k.lar ko‘rsatilishi kerak. Tijorat taklifiga muvofiqlik sertifikati (sotuvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi) ilova qilinishi kerak.

Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100060, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Timur shohko‘chasi, 51, yoki  е-mail gavs@uzairways.com, Elnara.Aliyeva@uzairways.com

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun telefon: 140-48-22, faks 140-48-33.

Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat takliflarini berish muddati:– 09.10.2017-yil 18.00 gacha.

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Ilova qilinadigan hujjatlar skanirlangan bo‘lishi lozim.