MSQ uchun tibbiy jihozlar yetkazib beruvchini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

27 Sep 2017

«Islom Karimov Nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» Davlat unitar korxonasi tibbiy uskunalar yetkazib beruvchini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tibbiy uskunalar royxati:

  • bir martalik shpatellar
  • bir martalik burun oynalari

Shartnoma shartlari: 15 % oldindan haq to‘lash, 85 % tovar olingandan so‘ng 3 kun ichida. Toʻlov valyutasi – oʻzbek soʻmi.

Alohida shartlar. Yetkazib beriladigan mahsulotning yaroqlilik muddati va sifati davlat standartlariga muvofiq boʻlishi kerak.

Mahsulotni yetkazib berish muddatlari: shartnoma tuzilgandan soʻng 30 kun ichida.

Tijorat taklifiga mahsulotni sotish uchun zarur hujjatlar ilova qilinishi kerak (guvohnoma, litsenziya, sertifikat va h.k.).

Tanlovda mamlakatimizdagi va xorijdagi ushbu turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan firmalar va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin

Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

«Toshkent Xalqaro Aeroporti» DUK, Toshkent sh, 100167, Qumariq, 13.

Ma’lumotlarni ADO‘ Alimov A.M. nomiga yuborish zarur.

Ma’lumotlar olish uchun telefonlar:+(99871)140-28-93, 140-29-54, faks: 140-28-93.

E-mail: mss_tas@uzairways.com.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: 140-28-93.

Tijorat takliflari 02.10.2017-yilgacha qabul qilinadi.

Tijorat takliflari pochta, faks, electron pochta orqali qabul qilinadi.

Elektron pochta orqali yuboriladigan hujjatlar skanirdan chiqarilgan boʻlishi kerak.