Kirish guruhlarini almashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchini aniqlash

27 Sep 2017

“Havo aloqalari bosh agentligi” davlat unitar korxonasi kirish guruhlarini almashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchini aniqlash yuzasidan tanlov e’lon qiladi.

Tanlov mazmuni:

Agentlikning amaliyotlar zali va ma’muriy qismidagi mavjud kirish guruhlarini demontaj qilish, yangisini o‘rnatish uchun o‘lchov olish, tayyorlash va o‘rnatish. Har bir guruh har biri 7.7 m2 dan bo‘lgan ikkita vitraj blokidan iborat. Da’vogar obyekt bilan tanishishi, oz variantini (eskiz) taklif qilishi va uni “Buyurtmachi” bilan kelishishi kerak.

Tolov shartlari:

Shartnoma imzolangandan song 5 bank kuni ichida 15% miqdorida oldindan haq tolanadi.

Xizmatlar ko‘rsatilib bo‘linganidan so‘ng 5 bank kuni ichida qolgan 85% miqdorida haq to‘lanadi.

To‘lov valyutasi- O‘zbekiston so‘mi.

Tovarni yetkazib berish muddati:

Oldindan haq to‘langandan song 14 kalendar kunidan ko‘p bolmagan muddatda.

Tijorat taklifida eshik bloklari qanday materialdan tayyorlanishi, profil o‘lchamlari, oynalar, furnitura va h.k.lar ko‘rsatilishi kerak. Tijorat taklifiga muvofiqlik sertifikati (sotuvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi) ilova qilinishi kerak.

Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100060, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Timur shohko‘chasi, 51, yoki  е-mail gavs@uzairways.com, Elnara.Aliyeva@uzairways.com

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun telefon: 140-48-22, faks 140-48-33.

Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat takliflarini berish muddati:– 18.00 09.10.2017y. gacha.

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Ilova qilinadigan hujjatlar skanirlangan bo‘lishi lozim.