“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

«Ketring» Davlat Unitar korxonasi quyidagi tovarlarni sotib olishga konkurs o‘tkazadi

05 Sep 2019

- Dasturxon. Naqshsiz oq zig'ir. Hajmi 175x120 sm, soni - 6 dona.

- Dasturxon. Naqshsiz oq zig'ir. Hajmi 240x140 sm, soni - 4 dona.

- Salfetka Naqshsiz oq zig'ir. Hajmi 52x50 sm, miqdori - 60 dona.

To‘lov shartlari: Avans to‘lovi: 15% miqdorida; Avans to‘lovining muddati: 10 kalendar kuni davomida; Qolgan 85% – Tovar Sotib oluvchining omboriga kelgandan keyin 10 kalendar kuni davomida.

To‘lov valutasi: milliy valuta – so‘m.

Yetkazib berish muddati: Sotuvchining hisob raqamiga oldindan to‘lov o‘tkazilganidan keyin 7 kalendar kunidan oshmagan xolda.

Bajarilishi shart bo‘lgan shartlar:

  • Faoliyati litsenziyalangan bo‘lishi shart. (Agar faoliyatga litsenziya talab qilinsa);
  • Tomonlarning javobgarligi 1998-yil 29 avgustdagi 670-I-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Tovarni qabul qilish-topshirish vaqtida tovarni past sortda (sifatda) bo‘lishi yoki nuqsoni aniqlangan vaqtida, tovar qabul qilinmaydi;
  • Muvofiqlik sertifikatini mavjud bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi shart va ilgari ishlatilmagan bo‘lishi kerak;
  • «Yetkazib beruvchi» Kontraktda ko‘rsatilgan, yuridik manzil bo‘yicha ofisga ega bo‘lishi kerak;
  • Nuqsoni bor tovar, «Yetkazib beruvchi» tomonidan 3 (uch) kunlik muddatda almashtirilishi shart.
  • Tovar e’londa ko‘rsatilgan talablar va texnik parametr (o‘lchamlarga) muvofiq bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berish «Buyurtmachining» joylashgan joyigacha.

Alohida shartlar:

  • Tijorat taklifiga tovar qanday standart (TK) bo‘yicha tayyorlanganligini tasdiqlovchi, hujjat nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (nusxasi sotuvchi tomonidan tasdiqlangan) Guvohnomasi, Litsenziyasi ilova qilinsin.
  • Yetkazib beruvchi O‘zbekiston bozorida ishlashi shart va ro‘yxatdan o‘tgan ofis bilan shahar telefoniga ega bo‘lishi kerak.
  • Konkursda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi-zavodlar, chet el va mamlakatimizning firmalari va tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Konkursda ishtirok etish uchun cheklovlar:

Konkurs tanlovida quyidagilarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

Qayta tashkil etish holatida bo‘lgan, faoliyati tugatilgan yoki bankrot holatdagi, barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim eta olmagan tashkilotlar va firmalar;

Sudlov yoki arbitraj tekshiruvlari holatida bo‘lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishlicha bajarmagan buyurtmachilar bilan;

Tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha konkurs komissiyasi talablariga javob bermaydiganlar.

Konkurs takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, 100028, Toshkent shahri, I.A.Karimov nomidagi «Toshkent» Xalqaro aeroporti

«Ketring» DUKning direktor o‘rinbosari B.T. Azimovga

Ma’lumot uchun telefon: 215-61-34, tel/faks: 255-25-68

E-mail: dogovoratashkent@mail.ru

Tijorat takliflarining qabul qilinish muddati: 2019-yil 12 - sentabrgacha

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Elektron pochta orqali ilova qilinadigan hujjatlar muxr va boshliq imzosi bilan skaner qilingan bo‘lishi lozim.