“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

«Ketring» Davlat Unitar korxonasi plastmassa yashigi sotib olishga tanlov e‘lon qiladi

15 Apr 2019

Tanlov predmeti:

  • Plastmassa yashigi (lotogi). Oziq-ovqat mahsulotlari uchun. O‘lchamlari taxminan 40*55*20 mm. Soni - 50 dona.
  • Xamirni bo‘laklaydigan – yumaloq qiladigan. Funksiyalari: presslash, kesish, yumaloqlash. Avtomatik. Ishchi oziqlanishi – 220/380 volt. Gabaritlari taxminan 600*500*1500 mm. Massasi taxminan 200-250 kg. Yuklanishi – vazni 20 dan 90 gramm gacha bo‘lgan 30 dan 50 gacha mahsulot ishlab chiqarish. Soni – 1 dona.

To‘lov shartlari:

Avans to‘lovining summasi: 15% miqdorida;

Avans to‘lovining muddati: 10 kalendar kuni davomida;

Qolgan 85% pul vositalarini o‘tkazilish muddati –

Sotib oluvchining omboriga kelgandan keyin 10 kalendar kuni davomida.

To‘lov valutasi – milliy valuta – so‘m.

Yetkazib berish muddati:

Sotuvchining hisob raqamiga oldindan to‘lov o‘tkazilganidan keyin 7 kalendar kunidan oshmagan holda.

Bajarilishi shart bo‘lgan shartlar:

  • Faoliyati litsenziyalangan bo‘lishi shart. (Agar faoliyatga litsenziya talab qilinsa);
  • Tomonlarning javobgarligi 1998-yil 29 avgustdagi 670-I-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Tovarni qabul qilish-topshirish vaqtida tovarni past sortda (sifatda) bo‘lishi yoki nuqsoni aniqlangan vaqtida, tovar qabul qilinmaydi;
  • Muvofiqlik sertifikatini mavjud bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi shart va ilgari ishlatilmagan bo‘lishi kerak;
  • «Yetkazib beruvchi» Kontraktda ko‘rsatilgan, yuridik manzil bo‘yicha ofisga ega bo‘lishi kerak;
  • Nuqsoni bor tovar, «Yetkazib beruvchi» tomonidan 3 (uch) kunlik muddatda almashtirilishi shart.
  • Tovar e’londa ko‘rsatilgan talablar va texnik parametr (o‘lchamlarga) muvofiq bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berish «Buyurtmachining» joylashgan joyigacha.

Alohida shartlar:

Tijorat taklifiga tovar qanday standart (TK) bo‘yicha tayyorlanganligini tasdiqlovchi, hujjat nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (nusxasi sotuvchi tomonidan tasdiqlangan) Guvohnomasi, Litsenziyasi ilova qilinsin.

Yetkazib beruvchi O‘zbekiston bozorida ishlashi shart va ro‘yxatdan o‘tgan ofis bilan shahar telefoniga ega bo‘lishi kerak.

Konkursda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi-zavodlar, chet el va mamlakatimizning firmalari va tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Konkursda ishtirok etish uchun cheklovlar:

Konkurs tanlovida quyidagilarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

- Qayta tashkil etish holatida bo‘lgan, faoliyati tugatilgan yoki bankrot holatdagi, barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim eta olmagan tashkilotlar va firmalar;

- Sudlov yoki arbitraj tekshiruvlari holatida bo‘lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishlicha bajarmagan buyurtmachilar bilan;

- Tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha konkurs komissiyasi talablariga javob bermaydiganlar bilan.

Konkurs takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Qayerga: O‘zbekiston, 100028, Toshkent sh.

I.Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti

Kimga: Ketring» Davlat Unitar korxonasi director o‘rinbosari B.T.Azimovga

Ma’lumot uchun telefon: 215-61-34, tel/faks: 255-25-68

E-mail: dogovoratashkent@mail.ru

Konkursda ishtirok etish tijorat takliflarining qabul qilinish muddati

2019-yil 18-aprelgacha.

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochta orqali.

Ilova qilinadigan hujjatlar skaner qilingan holda elektron pochta orqali yuborilishi kerak.