Hajmi 3 tonnalik quyosh vakuum isitgichlari (kollektorlari) orqali issiq suv bilan ta’minlash tizimi

11 Aug 2017

«Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi “Hajmi 3 tonnalik quyosh vakuum isitgichlari (kollektorlari) orqali issiq suv bilan ta’minlash tizimini tayyorlash, oʻrnatish va ishga tushirish” bo‘yicha ishlarni o‘tkazish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.         

Tanlov mazmuni: yuqorida koʻrsatilgan ishlarni oʻtkazish yuzasidan shartnoma tuzish.

Pudratchiga qoʻyiladigan talablar:

  • koʻrsatiladigan xizmat turiga sertifikatning mavjudligi
  • faoliyat olib borish uchun litsenziyaning mavjudligi (agar bunday xizmat lisenziya boʻlishini talab qilsa);
  • malakali xodimlar va ta’mirlash bazasi boʻlishi (Toshkent sh. da boʻlishi maqsadga muvofiq)
  • yuqoridagi ishlarni oʻtkazib boʻlgandan soʻng kamida 12 oyga  kafolat berish;
  • 15% oldindan haq toʻlash shartlarida shartnoma imzolash imkoniyati.

Tanlovda ushbu turdagi ishlarni bajarish uchun  tegishli sertifikatlarga ega tashkilotlar qatnashishi mumkin.         

Takliflarni quyidagi manzilga yuboring:

El.pochta – Е-mail : common@airtech.uz

Faks: +99871 255-68-22 Muloqot olib boruvchi vakil: Nikolish S.P.

El.pochta – Е-mail uat_ogm81@mail.ru      

Telefon  +99871 254-83-11, uyali telefon (+ 998 90) 167-27-08.

Bosh mexanik uchun – Burlutskiy A.N.

Takliflar faks, elektron pochta boʻyicha 2017-yilning 21-avgustiga qadar qabul qilinadi.