Fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash

26 Jun 2018

«Islom Karimov nomidagi “Toshkent” Xalqaro aeroporti»uch turdagi xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz berganida boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligiga va/yoki mulkiga zarar yetkazilganligi uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish bo‘yicha sug‘urta kompaniyalar tanlovini o‘tkazadi:

1. YMM ombori

2.1.Avtoyoqilg‘i qo‘yish stansiyasi

2.2. Gaz ta’minoti tizimiga ega qozonxona

3. Aerovokzal majmuasi

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va axborotlar.

Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • Sug‘urta kompaniyasi haqida umumiy ma’lumotlar;
  • Majburiy sug‘urtalash sohasida yirik davlat tashkilotlari bilan ishlash tajribasi haqida ma’lumotlar (sanab o‘tish zarur);
  • O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida filiallar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
  • Agentlik kelishuvi bo‘yicha komission mukofot foizining taklif etilayotgan miqdori to‘g‘risida ma’lumot;
  • Vakolatli reyting agentligi tomonidan berilgan sertifikat
  • Shuningdek Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz berganida boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligiga va/yoki mulkiga zarar yetkazilganligi uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash huquqini beruvchi litsenziya nusxasi ilova qilinishi kerak.

Tijorat takliflarini qabul qilish 2018-yilning 02-iyuli soat 18.00 ga qadar.

Telefon: (99871) 140-28-11,

Faks (99871) 140-28-10