DUK «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» aviatsiya kerosinini xarid qilish yuzasidan ochiq tender elon qiladi

24 Nov 2017

1. Tender komissiyasi ishchi organining nomi: DUK «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti», Yoqilg’i quyish majmuasi, Toshkent sh., Davlat Unitar Korxonasi «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti»., Toshkent sh., 100167, Sergeli tumani, Qumariq ko`ch 13. Tel./Faks/Е-mail: (998-71) 140-28-46, 140-47-31, gsm.tas@uzairways.com

2. Tender mavzusi: fuqaro aviatsiyasi havo kemalari reaktiv dvigatellari uchun 100 000 tonna miqdorida aviatsiya kerosinini xarid qilish.

3. To‘lov shartlari: shartnoma kuchga kirgan kundan e’tiboran 10 bank kuni davomida yetkazib berish oylik normasining 15% dan 50% gacha har bir ortib beriladigan mahsulot miqdori uchun oldindan to‘lov, qolgan summa tovar yetkazib berilgandan so‘ng 30 bank kuni davomida. Muqobil to‘lov shakli (100% oldindan to‘lov, akkredetiv va h.k.) qabul qilinmaydi.

4. Yetkazib berish shartlari va muddati: DAP O‘zbekiston chegarasi (INKOTERMS-2010) oldindan to‘lov vaqtidan e’tiboran uzog‘i bilan 30 kalendar kuni davomida.

5. Maksimal qiymati: 77,0 mln. AQSh dollari 

6. Tender ishtirokchisi uchun yo‘riqnomani Tender komissiyasi ishchi organidan yozma so‘rovnoma bo‘yicha bepul olish mumkin.

7. Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 2017 - yil 25 - dekabr 12:00 (Toshkent vaqti bilan).

8. Tenderni o‘tkazish sanasi: 2017 - yil 25-26 - dekabr.