“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Dezinfeksuyalash va yuvish vositalarini sotib olish uchun konkurs

08 Jul 2019

«Ketring» Davlat Unitar korxonasi sotib olishga konkursni o‘tkazadi:

- YBOJni (Yechiladigan bufet-oshxona jihozlari) yuvish uchun yuvish vosita

Umumiy ovqatlanish korxonalarida ruxsat berilgan

Qattiq ko‘pirmaydigan, allergiya chaqirmaydigan, hidsiz, dezinfeksiya qiluvchi vosita

Miqdori – 600 l.

- Bort idishlarini yuvish uchun yuvish vositasi (Farfor (chinni), plastik, oyna, metall priborlari).

Avtomatik yuvish mashinalari uchun suyuq vosita tarkibi: Gidroksid natriyi – massa ulushi <10% alanin.

N.Nbis(Karboksimiken) trinatr tuzi - massa ulushi <15% aminomenol

Fosron kislotasi massa ulushi <2% qattiq ko‘pirmaydigan, hidsiz.

Umumiy ovqatlanish doiralarida ruxsat etilgan.

Miqdori -1200 l.

- Dezinfeksiyalovchi vosita. Gramijobiy va gramosalbiy bakteriyalar va o‘ta xavfli infeksiya viruslari, kondida turdagi zamburug‘, tuzsiz zamburug‘ dermatoritlariga nisbatan antimikrob xususiyatiga ega effektli yuvish vositasi.

Allergiya chaqirmaydigan, hidsiz, nafas yo‘llariga ta’sir qilmaydigan, umumiy ovqatlanish korxonalarida ruxsat etilgan.

Miqdori – 6000 l.

- YBOJni (Yechiladigan bufet-oshxona jihozlari), bort idishlarini qo‘l usuli bilan yuvish uchun yuvish vositasi 500ml va 1000ml. Hidsiz gelga o‘xshash yuvish vositasi.

Effektiv yog‘ni ketkazadi. Metall zanglatishini chaqirmaydi. Ishlangan yuza sathlaridan yaxshi yuviladi. Dog‘ va iz qoldirmaydi. Allergiya chaqirmaydi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ruxsat etilgan. Uzoq muddat bilan saqlanadi.

Soni – 1600 dona

- Tozalash vositasi 500gr. Hidsiz. Yuza sathi tirnamaydigan. Ifloslanishni ketkazadigan. Soni 1600 dona

To‘lov shartlari:

Avans to‘lovining summasi: 15% miqdorida; Avans to‘lovining muddati: 10 kalendar kuni davomida; Qolgan 85% pul vositalarini o‘tkazilish muddati –

Sotib oluvchining omboriga kelgandan keyin 10 kalendar kuni davomida.

To‘lov valutasi – milliy valuta – so‘m.

Yetkazib berish sharti

Yetkazib berish muddati: Sotuvchining hisob raqamiga oldindan to‘lov o‘tkazilganidan keyin 7 kalendar kunidan oshmagan xolda.

Bajarilishi shart bo‘lgan shartlar:

Faoliyati litsenziyalangan bo‘lishi shart. (Agar faoliyatga litsenziya talab qilinsa);

Tomonlarning javobgarligi 1998-yil 29 avgustdagi 670-I-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;

Tovarni qabul qilish-topshirish vaqtida tovarni past sortda (sifatda) bo‘lishi yoki nuqsoni aniqlangan vaqtida, tovar qabul qilinmaydi;

Muvofiqlik sertifikatini mavjud bo‘lishi shart;

Yetkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi shart va ilgari ishlatilmagan bo‘lishi kerak;

«Yetkazib beruvchi» Kontraktda ko‘rsatilgan, yuridik manzil bo‘yicha ofisga ega bo‘lishi kerak;

Nuqsoni bor tovar, «Yetkazib beruvchi» tomonidan 3 (uch) kunlik muddatda almashtirilishi shart.

Tovar e’londa ko‘rsatilgan talablar va texnik parametr (o‘lchamlarga) muvofiq bo‘lishi shart;

Yetkazib berish «Buyurtmachining» joylashgan joyigacha.

Alohida shartlar:

Tijorat taklifiga tovar qanday standart (TK) bo‘yicha tayyorlanganligini tasdiqlovchi, hujjat nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (nusxasi sotuvchi tomonidan tasdiqlangan) Guvohnomasi, Litsenziyasi ilova qilinsin.

Yetkazib beruvchi O‘zbekiston bozorida ishlashi shart va ro‘yxatdan o‘tgan ofis bilan shahar telefoniga ega bo‘lishi kerak.

Konkursda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi-zavodlar, chet el va mamlakatimizning firmalari va tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Konkursda ishtirok etish uchun cheklovlar:

Konkurs tanlovida quyidagilarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

Qayta tashkil etish holatida bo‘lgan, faoliyati tugatilgan yoki bankrot holatdagi, barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim eta olmagan tashkilotlar va firmalar;

Sudlov yoki arbitraj tekshiruvlari holatida bo‘lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishlicha bajarmagan buyurtmachilar bilan;

Tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha konkurs komissiyasi talablariga javob bermaydiganlar bilan.

Konkurs takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Qayerga: O‘zbekiston, 100028, Toshkent shahri, I.A.Karimov nomidagi «Toshkent» Xalqaro aeroporti

«Ketring» DUKning direktor o‘rinbosari B.T. Azimovga

Ma’lumot uchun telefon: 215-61-34, tel/faks: 255-25-68

E-mail: dogovoratashkent@mail.ru

Konkursda ishtirok etish tijorat takliflarining qabul qilinish muddati

2019-yil 15-iyulgacha

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochtasi orqali.

Ilova qilinadigan hujjatlar skaner qilingan elektron pochta orqali