Cisco marshrutizatorlarini xarid qilish

27 Sep 2017

“O‘zaeronavigatsiya” markazi DK Cisco marshrutizatorlarini xarid qilish yuzasidan tanlov e’lon qiladi

  1. Savdo shakli – tanlov savdolari
  2. Buyurtmachi – “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “O‘zaeronavigatsiya” markazi DK
  3. Tanlov mazmuni: 4 komplekt Cisco ISR 4431 marshrutizatorlarini NIM-4E/M ovozli interfays moduli bilan komplekt holda yetkazib berish. Yetkazib beriladigan tovarga litsenziya va IPSec, L2TP bayonnomalari bo‘lishi kerak.
  4. Yetkazib beruvchiga qoyiladigan talablar: tanlovda – Tanlovga qoyiladigan talablarni bajaradigan, tanlov asosida xarid qilinayotgan mahsulotning tegishli hajmlari yetkazib berish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mamlakatimizdagi, shuningdek xorijiy firma va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Tijorat takliflari rus tilida, tashkilotning xos ish qog‘ozida, kompaniya rahbarining imzosi qo‘yilgan va tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak.

Tijorat taklifi e-mail: rts.tas@uzairways.com, uzbatc@gmail.com, yoki faks: (+998-71) 140-27-31 orqali yuborilishi kerak.

Tijorat taklifining asl nusxasi esa quyidagi manzilga yuborilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasi, 100167, Toshkent shahri, Lokomotiv ko‘chasi, 13.

Muloqot uchun – Axmedov Alijon Rustamovichga murojaat qiling, telefon: (+998-71) 140-27-48.

Tijorat takliflarini qabul qilish muddati:  tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun.