Bir martalik yostiq jildlari sotib olish

15 Aug 2017

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bir martalik yostiq jildlari sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

1. Bir martalik yostiq jildlari -14 500 dona.

Texnik xarakteristikalari: yostiq jildining matosi- notoʻqima mato (flizelin). Rangi-oq,  mato zichligi 150 gr/m2. Yostiq jildi qaytarmasiz tikilgan boʻlishi kerak, oʻlchamlari 31х43sm. Biriktirilsihi: bitta chok orqali.

Oʻzbekiston respublikasi Tovar xom ashyo birjasi savdolarida talab etilayotgan mahsulotga buyurtma joylashtirish uchun boshlangʻich narxlarni aniqlash maqsadida  mahsulot birligi narxini koʻrsatgan holda tijorat taklifi berishingizni va taklif etilayotgan mahsulotdan namuna taqdim etishingizni soʻraymiz.        

Yetkazib berish shartlari: 15% –oldindan haq toʻlanadi, qolgan 85% mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng

Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100167, O‘zbekiston, Toshkent sh.,

“Toshkent” aeroporti, MAK “O‘zaviatexta’minot”

Tel/faks /+998 71/ 255-50-18, 255-35-24

Е-mail: tnp.kmts@uzairways.com  SITA: TASJJHY

Kimga: “O‘zaviatexta’minot” MTTM direktori R.D.Alimxodjayevga

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi rekvizitlar bo‘yicha olish mumkin:

 /+998 71/ 255-50-18 e-mail: tnp.kmts@uzairways.com yoki www.uzairways.com

Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 21.08.2017-yil soat 16.00 gacha.

Tanlovda qatnashish uchun cheklovlar: Qaytadan tuzish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida turgan tashkilotlar va firmalar, belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan, ilgari imzolangan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan, Tanlov e’lon qilingan vaqtda tashkil etilganiga 6 oydan kam vaqt o‘tgan, buyurtmachilar bilan ishi sud yoki arbitraj muhokamasida ko‘rilayotgan holatda bo‘lgan, tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra tanlov komissiyasi talablariga javob bermaydigan tashkilot va firmalar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.

Tanlov takliflari pochta orqali, faks va elektron pochta bo‘yicha qabul qilinadi.