Bagajga ishlov berish tizimiga ehtiyot qismlar yetkazib berish

21 Jun 2017

«Toshkent Xalqaro Aeroporti» Davlat unitar korxonasi Bagajga ishlov berish tizimiga ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha eng yaxshi taklifni tanlash yuzasidan tanlov muddatlarini uzaytiradi

Tanlovni oʻtkazish muddatlari – 2017 yil 21- iyundan 06-iyulgacha

Tanlov takliflari 2017 yil 06-iyul soat 17:00 gacha qabul qilinadi

Tanlovda istalgan mulk shaklidagi, bozorda kamida 3 yildan buyon faoliyat olib borayotgan mamlakatimizdagi va xorijiy kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. I

Ehtiyot qismlarning toʻliq roʻyxati, texnik talablar va qoʻshimcha ma’lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin:100167, Toshkent sh., Qumariq k.13. «Toshkent Xaiqaro Aeroporti» DUK, Aerovokzal majmuasi, tel: +99871-140-28-40, e-mail: terminals.tas@uzairways.com.

Tanlovda ishtirok etish boʻyicha cheklovlar

Qaytadan tuzish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida turgan tashkilotlar va firmalar, belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan, ilgari imzolangan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan, tender e’lon qilingan vaqtda tashkil etilganiga 6 oydan kam vaqt o‘tgan, buyurtmachilar bilan ishi sud yoki arbitraj muhokamasida ko‘rilayotgan holatda bo‘lgan, tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra tender komissiyasi talablariga javob bermaydigan tashkilot va firmalar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.

Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, GSP 100167, Toshkent sh., Qumariq k.13., FA aeroporti

«Toshkent Xalqaro Aeroporti» direktori birinchi oʻrinbosari Kim.C.S