Aviatsiya kerosinini xarid qilish

27 Aug 2018

“O‘ZBEKISTON HAVO YO‘LLARI” МАК AVIATSIYA KEROSININI XARID QILISH YUZASIDAN TANLOV E’LON QILADI

1. Tanlov komissiyasi ishchi organining nomi: “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi direksiyasi, YMM ta’minoti bo‘limi, Toshkent sh., GSP-100060, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41.

Tel/faks/e-mail: (99871) 140-46-24, 140-47-31, kazim.ahmedov@uzairways.com

2. Tanlov mavzusi: fuqaro aviatsiyasi havo kemalari reaktiv dvigatellari uchun 50000 tonna miqdorida aviatsiya kerosinini xarid qilish.

3. To‘lov shartlari: shartnoma kuchga kirgan kundan e’tiboran 10 bank kuni davomida yetkazib berish oylik normasining 15% dan 50% gacha oldindan to‘lov, qolgan summa tovar yetkazib berilgandan so‘ng 30 bank kuni davomida. Muqobil to‘lov shakli (100% oldindan to‘lov, akkredetiv va h.k.) qabul qilinmaydi.

4. Yetkazib berish shartlari va muddati: DAP O‘zbekiston chegarasi (INKOTERMS-2010) oldindan to‘lov vaqtidan uzog‘i bilan 30 kalendar kuni davomida.

5. Maksimal qiymati: 45,0 mln. AQSh dollari

6. Yuriqnoma: Tanlov komissiyasi ishchi organidan yozma so‘rovnoma bo‘yicha beg‘araz asosda olish mumkin.

7. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 2018 - yil 28 - sentabr 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).

8. Tenderni o‘tkazish sanasi: 2018 - yil 04-05 - oktabr.