Asphalt qoplamalari kovaklarini qoplash uchun massa
- 740 reads
«Islom Karimov nomidagiToshkent Xalqaro Aeroporti» DUK asfalt qoplamalari kovaklarini qoplash uchun ishlatishga tayyor massa sotib olish yuzasidan tanlov e’lon qiladi
Tanlov mazmuni: “Toshkent” aeroporti ehtiyojlari uchun asfalt qoplamalari kovaklarini qoplash uchun ishlatishga tayyor massa (sovuq mastika) (yoki tegishli xususiyatlarga ega ta/mirlash materiali) – 10 tonna
Materialning texnik xarakteristikasi va tanlov hujjatlari Е-mail:Abdurahim.Alimov@uzairways.com ga tanlovda ishtirok etishni bildirib yozilgan buyurtma taqdim etilgandan so‘ng beriladi.
Shartnoma SHARTLARI:
To‘lov sharti: shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 20-25 kun ichida 30 % oldindan haq to‘lanadu,
70% –tovar “Toshkent” aeroporti bojxona postiga yetkazib berib, Im-40 rejimida rasmiylashtirib bo‘lingandan so‘ng 15-20 kun ichida.
To‘lov valyutasi: AQSH dollari, yevro, rossiya rubli, o‘zbek so‘mi.
Mahsulot yetkazib berish shartlari: СIР, DAP yoki СРТ - Toshkent a/p
Mahsulot yetkzaib berish muddati: 30% lik avans to‘lovi o‘tkazilgandan so‘ng 60-80kun ichida
TANLOV SHARTLARI:
Tanlovda unda qatnashish uchun qo‘yiladigan talablarni bajaradigan, tanlov asosida sotib olinadigan mahsulotni tegishli hajmlarda yetkazib berish tajribasiga ega xorijiy firma va tashkilotlar, shuningdek respublikamizdagi ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) qatnashishi mumkin. Tender g‘olibi u g‘olib deb e’lon qilingan kundan boshlab 12 oy ichida shartnoma narxlarining o‘zgarmay turishini ta’minlashi shart.
Qaytadan tuzish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida turgan tashkilotlar va firmalar, belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmagan, ilgari imzolangan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan, tender e’lon qilingan vaqtda tashkil etilganiga 6 oydan kam vaqt o‘tgan, buyurtmachilar bilan ishi sud yoki arbitraj muhokamasida ko‘rilayotgan holatda bo‘lgan, tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra tender komissiyasi talablariga javob bermaydigan tashkilot va firmalar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.
Tanlov takliflari va tanlovda qatnashish uchun buyurtmalar quyidagi manzilda qabul qilinadi:
O‘zbekiston, GSP 100167, Toshkent sh., Qumariq k. 13
«Islom Karimov nomidagiToshkent Xalqaro Aeroporti» DUK direktori Tulaganov R.G. nomiga
Tel.: (99871)140-29-99
Faks: (99871) 120-73-18.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun tanlov ishtirokchisi quyidagi rekvizitlar bo‘yicha murojaat qilishi mumkin:Tel./faks: (99871) 140-29-99 Е-mail:Abdurahim.Alimov@uzairways.com
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati: 05.07.2018-yil soat 17.00