“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Aerodromining signal-uzatish yoritgich moslamalarini parvoz orqali tekshirish xizmatlarini sotib olish bo'yicha ochiq tender

11 Jul 2019

“ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT XALQARO AEROPORTI” Davlat unitar korxonasi "Toshkent-Janubiy" aerodromining signal-uzatish yoritgich moslamalarini parvoz orqali  tekshirish xizmatlarini sotib olish bo'yicha  ochiq tender savdolari o'tkazilishini e'lon qiladi.

Shartlar: To'lov valyutasi - EVRO, AQSh dollari, Rossiya rubli

Ish bajarilishining maksimal muddati - oktyabr - noyabr 2019 yil.

Taklif qilingan narx qat’iy belgilangan  va shartnomaning to'liq muddati tugagunicha amal qilinishi shart.

Tanlov ishtirokchisiga qo'yiladigan talablar:

o'z mamlakatida yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o’tgan bo’lishi va xizmat ko'rsatishga haqli bo'lishi kerak;

- qayta tashkil etilanayotgan, tugatilanayotgan yoki bankrotlik jarayonida bo'lmasligi;

- ilgari tuzilgan shartnomalar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni noto'g'ri bajarilganligi bo'lmasligi;

- Tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan Tanlov takliflarini belgilangan muddatda taqdim etishlari kerak;

- kamida 2 (ikki) yil mobaynida tegishli xizmatlarni ko'rsatish tajribasiga ega bo'lishi kerak;

- tanlovga kamida bitta samolyotni (VS) avtomatlashtirilgan parvozlarni nazorat qilish tizimi (ASLC) bilan jihozlangan bo'lishi kerak;

Tanlov savdolarida ishtirok etishni istaganlar quyidagi manzilga arizangizni topshirishingiz mumkin:

E-mail: estop.tas@uzairways.com yoki faks orqali: (+99878) 140 -28-50.

Tanlov savdolarida qatnashish uchun arizalar qabul qilinadi:

O'zbekiston, 100167, Toshkent sh. Kumaryk, 13.

Telefon / faks (+99878) 1402850.

Arizani tashkilotning firma blankida, rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan va muhrlangan bo'lishi, chiquvchi raqamga ega bo'lishi kerak.

Tender takliflarini qabul qilish muddati 08.08.2019: Toshkent vaqti bilan soat 17.00 gacha

Ko'rsatilgan shartlar vaziyatga qarab o'zgartirilishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: (+99878) 140-28-50, murojatlarni qabul qiluvchi - Amanbaev Anvar Damirovich.