Yuk tashuvlari

 Aviatashuvlar, shubhasiz boshqa turdagi yuk tashuvlari oldida qator ustunliklarga ega. “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy Aviakompaniyasi qatnovlari bilan yuk tashish bu:

  • Yukni qisqa muddat ichida manzilga etkazish;
  • Fasldan qat’iy nazar aviatashuv tezligi va sifati;
  • Yuk butunligini himoya qilishning yuqori darajasi;
  • Tez buziluvchi va katta hajmdagi yuklarni uzoq masofalarga etkazishning eng ma’qul uslubi

Havo transporti orqali tashuvga o’ram xususiyati xavfsiz tashuvni amalga oshirishni imkon beruvchi har xil turdagi xalq ho’jaligi yuklari, texnika va fuqarolarning shaxsiy mol-mulklari qabul qilinishi mumkin.

Og’irligi 150 kilogrammgacha bo’lgan yuk tashuvga umumiy asosda qabul qilinishi mumkin. Massasi belgilangan og’irlik me’yoridan ortiq bo’lgan va hajmi yo’lovchi havo kemasining yuk ortish lyuklarining gabarit shakllari va yukxonasidan katta bo’lgan taqdirda  bunday yuk og’ir vaznli va katta hajmli hisoblanadi va u tashuvga og’ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.  

 Havo transportida tashish uchun alohida tashuv shartlarini talab qiluvchi shuningdek quyidagi ayrim turdagi yuklar ham qabul qilinadi (tez buziladigan, xavfli, radioaktiv, xayvonot).

 Yuk uning o’ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda shunday o’ralgan bo’lishi kerakki, unga oddiy yo’sinda ishlov berilgan holda aviatashuv jarayonida uning butunligi saqlanishi lozim, hamda uchinchi shaxslarga ziyon etishiga va aviakompaniyaning boshqa yuki yoki mulkiga talofat etishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.

Aviakompaniya har qanday yukning ichidagi narsalari va o’ramasini ko’zdan kechirish va har bir yuk uchun taqdim etilgan hujjat yoki axborotning to’g’riligi va etarliligini tekshirish huquqiga egadir.

Ayrim davlatlarda alohida turdagi yuklarni olib kirish uchun cheklovlar mavjud. Ko’plab davlatlar tomonidan olib kirish uchun taqiq qo’yilgan yuklar quyidagilardan iborat:

  • Davlat ijtimoiy tuzumi principlariga zid, nomunosib adabiyot va buyumlar;
  • O’simlik materiallari (xashak, pohol, o’t) ga o’ralgan buyumlar;
  • Qalbaki pullar,qimmatli qog’ozlar va ularni ishlab chiqaruvchi uskuna va shtamplar;
  • Narkotik va psihotrop moddalar.

Yuk jo’natuvchi yuk jo’natilayotgan, transfer qilinayotgan, yukni qabul qilayotgan davlatning milliy qonunchiligi talab etuvchi davlat eksport, import va transit bo’yicha rasmiyatchilikka rioya qilish, kerakli eksport licenziyalarini, sertifikatlar va boshqa hujjatlarni taqdim qilish uchun javobgardir.