«Urganch»xalqaro aeroporti yuqori qulaylikka ega zali

“Urganch” xalqaro aeroporti DUKka uchib keladigan va uchib ketadigan yo‘lovchilar uchun  yuqori qulaylikka ega CIP zallari ko‘zda tutilgan. Ularda  yo‘lovchilar iqtisodiy klass yo‘lovchilaridan alohida holda qatnovga ro‘yxatdan o‘tishadi, bojxona va pasport nazoratidan o‘tkaziladi.

Xizmat narxi quyidagicha:
- uchib ketadigan yo‘lovchilar uchun  - 30 AQSH dollari, O‘zR MВning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha;
- uchib keladigan yo‘lovchilar uchun - 15 AQSH dollari, O‘zR MВning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha.
To‘lov aeroport kassalarida amalga oshiriladi.
Yuqori  qulaylikka ega  zallar qulay yumshoq mebellar, bar, televizor bilan jihozlangan.

Yo‘lovchilarga yengil yeguliklar (buterbrodlar, kanape), mevalar, sharbatlar, salqin ichimliklar, kofe, choy taklif qilinadi.

Qatnov uchishini kutish paytida yo‘lovchilar WI-FI vositasida Internetdan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, CIP zaliga tashrif buyuruvchilarga  yetakchi xalqaro nashrlar va O‘zbekiston Respublikasi gazeta va jurnallarining keng tanlovi  taklif etiladi

Muloqot uchun telefonlar:
- Tashuvlarni tashkil etish xizmati boshlig‘ining telefoni -  0(362) 2245972;
- CIP zal telefoni  0(362) 2245997.