«Toshkent» xalqaro aeroporti yuqori qulaylikka ega zali

Uchib ketuvchi va uchib keluvchi yo‘lovchilar uchun yuqori qulaylikka ega CIP zallari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda yo‘lovchilar iqtisod klassi yo‘lovchilaridan alohida holda  qatnovga ro‘yxatdan o‘tishlari, bojxona va pasport nazoratidan o‘tishlari mumkin.

Birinchi va biznes klasslarida xizmat ko‘rsatiladigan aviachiptaga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga ushbu xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Iqtisod klassi yo‘lovchilari Toshkent aeroporti va aviakompaniyaning xorijiy vakolatxonalarida ushbu xizmatni oldindan buyurtma qilishlari mumkin. Xizmat bahosi 200 AQSH dollarini tashkil qiladi.

Yuqori qulaylikka ega bo‘lgan zallar qulay yumshoq mebellar, barlar, dush kabinkalari bilan jihozlangan.

Yo‘lovchilarga yengil gazaklarning (buterbrod, kanape) bir qancha turlari, mevalar, sharbatlar, salqin ichimliklar, kofe, choy  taklif etiladi.

Qatnov uchishini kutish chog‘ida yo‘lovchilar WI-FI bog‘lanmasi orqali Internet tarmog‘iga bepul ulanish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, barcha tashrif buyuruvchilarga yetakchi xalqaro nashriyotlari va O‘zbekiston Respublikasining xilma-xil gazeta va jurnallari taklif etiladi.

Yuqori qulaylikka ega bo‘lgan zallarda yo‘lovchilar kerakli xaridlarni qilishlari uchun “Duty Free” bojsiz savdo do‘konlari joylashgan.

 

"Toshkent" aeroportining yuqori qulayliklarga ega CIP, VIP va RDXZ zallarida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatilishi uchun tariflar :

Zalning nomi Valyuta QQSni hisobga olgan holda qiymati
1. «Business Lounge «Uzbekistan airways» zali»    
1.1. Uchib ketish EUR 200
1.2. Uchib kelish EUR 200
1.3. Uchib kelish (qayta tiklanguncha) USD 150
2. «Business Lounge «CIP» zali»    
2.1. Uchib ketish USD 150
2.2. Uchib kelish USD 150
2.3. Tranzit USD 150
3. VIP zali    
3.1. Uchib ketish EUR 250
3.2. Uchib kelish EUR 250
4. VIP zali (O'zR VM ro'yxati bo'yicha)    
4.1. Uchib ketish USD 150
4.2. Uchib kelish USD 150
5. RDXZ    
5.1. Uchib ketish USD 65
5.2. Uchib kelish USD 30

Izohlar:

  1. Ko'rsatilgan zallarning xizmatlari uchun to'lov O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Ota-onalari bilan birga parvoz qilayotgan 7 yoshgacha bo'lgan bolalardan ko'rsatilgan zallarda xizmat ko'rsatilishi uchun to'lov undirilmaydi, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalardan esa belgilangan tarifning 50% miqdorida to'lov amalga oshiriladi.
  3. Shartnomalarni tuzishda QQS bo'yicha imtiyozlar O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga qo'llaniladi.