“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Ta‘riflar

Asosiy ta‘riflar

TARIF - Tashuvchi tomonidan vazn birligi (bu yerda 1 kg uchun)ni tashish uchun olinadigan summa. Yukni tashishga qabul qilishda yuk xatini to‘ldirish vaqtida amaldagi tarif qo‘llanadi (AWB).

YUK TASHISH NARXI - Tashuvchi tomonidan yukni transportda tashish uchun olinadigan summa. Ushbu summa yukning vazni/hajmi/xarakteriga bog‘liq.

MINIMAL YIG‘IM (MIN) - har qanday holatda yuk tashish narxi ushbu yig‘imdan past bo‘lmasligi lozim.

NORMAL YUK TARIFI (NORM) - vazni 45kg gacha va undan ortiq bo‘lmagan yuk uchun tashish narxini hisoblashda qo‘llaniladigan tarif.

MIQDORIY YUK TARIFI:

45 - vazni 45 kg dan 99 kg gacha va undan ortiq bo‘lmagan yuk uchun tashish narxini hisoblashda qo‘llaniladigan tarif;

100 - vazni 100 kg dan 499 kg gacha va undan ortiq bo‘lmagan yuk uchun tashish narxini hisoblashda qo‘llaniladigan tarif;

500 - vazni 500 kg dan 999 kg gacha va undan ortiq bo‘lmagan yuk uchun tashish narxini hisoblashda qo‘llaniladigan tarif;

1000 - vazni 1000 kg va undan ortiq bo‘lgan yuk uchun tashish narxini hisoblashda qo‘llaniladigan tarif.

Hajmli vaznni hisoblash qoidalari

Hajmi 1 kg bruttoga 0,006 m3 (6000 sm3)ga teng yoki undan katta bo‘lgan yuk hajmli (yoki yengil vaznli) hisoblanadi.

Hajmli yukni tashishda tashuv narxi yukning hajmiga qarab belgilanadi. Hajmni aniqlashda, har bir upakovka to‘g‘ri to‘rtburchakli prizma shaklida qabul qilinadi va yuk hajmi har bir upakovkaning maksimal uzunligi, kengligi va bo‘yidan kelib chiqqan holda  hisoblanadi, agar bir necha upakovka birga bog‘langan bo‘lsa, shu  bog‘lamning uzunligi, kengligi va bo‘yi asosida hisoblanadi. Bunda 5mm va undan ortiq bo‘lgan o‘lchov yaxlitlanadi, 5mm gacha esa hisobga olinmaydi.

MASALAN: Yuk jo‘natmasining o‘lchamlari: 162,2 sm х 155,6 sm x 141, 4 sm. Ushbu o‘lchamlarni butun qilib yaxlitlaymiz: 162 sm x 156 sm x 141 sm= 3 563 352 sm3. To‘lov uchun mo‘ljallangan vazn yukning sm dagi kub hajmini 6000 ga bo‘lish yo‘li bilan belgilanadi. Natija -593,892 kg, uni yaxlitlaganda, to‘lanishi lozim bo‘lgan 594 kg vazn hosil bo‘ladi.

ESLATMA: Hajmli vazn haqiqiy(brutto)dan oshganda, jo‘natish tarifi hajmli vaznga asosan belgilanadi.

«Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK aeroportlaridan respublika ichidagi yoʻnalishlarda oddiy yuklarni tashish tariflari

«Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK viloyat aeroportlaridan xalqaro yoʻnalishlarga oddiy yuklarni tashish tariflari

«Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK xalqaro yoʻnalishlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashish boʻyicha maxsus tariflar

«Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK xalqaro yoʻnalishlarida oddiy yuklarni tashish tariflari

Xalqaro yoʻnalishlarida toʻqimachilik mahsulotlarini tashish boʻyicha maxsus tariflar