«Samarqand» xalqaro aeroporti yuqori qulaylikka ega zali

«Samarqand» xalqaro aeroportining aerovokzal majmuasida CIP va RDXKZ zallari mavjud.

CIP zalida birinchi va biznes klassi yo‘lovchilari va shuningdek, tegishli to‘lov amalga oshirilgan taqdirda iqtisod klassi yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatiladi.

CIP zalida 1 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish bahosi O‘zR MB ning parvoz kunidagi kursi bo‘yicha  20 AQSH dollarini tashkil etadi. To‘lov aeroport g‘aznasida amalga oshiriladi.

RDXKZ da rasmiy delegatsiyalar va O‘zR Vazirlar Mahkamasining  1-chi  va 2-chi sonli ro‘yxatida belgilangan shaxslarga va pullik asnoda xizmat ko‘rsatiladi.

Aeroportdan shahar markazigacha oraliq 5 - 6 kilometrni tashkil etadi.

Aeroportdan shahar markazigacha quyidagi jamoat transportida yetib olish mumkin:

  • 31,10, 60, 18, 37 – chi yo‘nalish avtobuslari.
  • taksi.