Sahndagi ko‘ngilochar dasturlar

Qachonlardir aviasayohat ortiqcha dabdaba-yu hashamat hisoblangan bo‘lishi mumkin, biroq bugungi kunda bu oddiy –tez va xavfsiz transport turiga aylangan. Samolyot bu restoran yoki kinoteatr emas albatta, biroq parvoz – bu majburiy dam olish vaqti, u ba’zilarda ikki-uch soat davom etsa, boshqa birovga 8 soat, ba’zan esa undan ham ko‘p vaqtini samoyotda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi  o‘z yo‘lovchilariga parvoz vaqtida  sevimli musiqasini tinglash, filmlar tomosha qilish, yangi gazeta-jurnallarni varaqlash, bolalar uchun qiziqarli mashg‘ulotlar topish, O‘zbekiston haqida barcha zarur ma’lumotlarni olish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi   haqidagi axborotlar bilan tanishish, mamlakatimiz shaharlari bo‘ylab virtual sayohat qilish,     Sky Shop da zarur xaridlarni qilish, mazali ovqatlanishni taklif qiladi.

 Agar Siz biznes-klassda uchayotgan bo‘lsangiz, unda  iPad planshetidan bepul foydalaning yoki elektron asboblaringiz- telefoningiz, portativ kompyuteringiz yoki  iPod  ni  har bir o‘rindiqda joylashgan, ishlash, dam olish va ko‘ngil ochish uchun zarur barcha narsalar bilan jihozlangan 110 VAC parametrli individual energiya manbaiga ulang.  

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining  Boeing-767-300ER rusumidagi yangi samolyotlari yo‘lovchilarning parvoz paytida zerikmasliklari uchun eng zamonaviy  eX2  tizimi bilan jihozlangan.

Distansion boshqaruv pulti va individual 15-dyumli,  raqamli ekran sizga ko‘ngilochar dasturlarni qo‘yish, to‘xtatish va qaytadan qo‘yish imkonini beradi. Siz vaqtingizni qanday o‘tkazmoqchiligingiz: musiqa tinglash, filmlarni yoki o‘zingizning flesh-kartangizdagi sevimli fotosuratlarni tomosha qilish, videoo‘yinlarni o‘ynashni istashingizga qarab multimedia tizimining turli kanallari sizning xizmatingizda bo‘ladi.

Siz kompyuter bilan yoki qaysi salonda o‘tirganiga qaramasdan istalgan yo‘lovchi bilan musobaqalashishingiz mumkin. Buning uchun o‘yinni tanlab, raqibingizni kurashga chorlash yetarli.

On-layn rejimida ishlaydigan VOYAGER zamonaviy parvoz axborotlari tizimi yordamida siz parvoz tezligi, samolyotdan tashqaridagi havo harorati, boradigan manzilingizgacha qolgan vaqt, aniq yetib borish vaqti, shuningdek parvoz bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Shuningdek parvoz xaritasi bo‘yicha on-layn rejimida samolyotingiz yo‘nalishini kuzatib borishingiz mumkin.

 

«O‘tgan kunlar»

Film Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani bo‘yicha suratga olingan. Voqealar XIX asr boshlarida bo‘lib o‘tadi. Filmda har biri hokimiyatga intiladigan feodallar o‘rtasidagi shafqatsiz to‘qnashuv muhiti, inson erkinligiga xavf soluvchi zo‘ravonlik, Kumush va Otabekning sevgisini qurbon qilgan oilaviy an’analarning mohiyati ochib beriladi.

Rejissor: Yuldosh A’zamov

 Bosh rollarda: O‘lmas Alixo‘jayev, Gulchexra Jamilova, Abbos Bakirov, Habib Narimonov, Rahim Pirmuxamedov, Nabi Raximov, Hamza Umarov, Javlon Hamrayev, Razzoq Hamrayev .

 Ekranga chiqqan yili: 1969-yil.

 

«Sevishganlar»

Yoshlar, ularning ilk azobli sevgi kechinmalari to‘g‘risida hikoya qiluvchi lirik film. Filmda uchta qahramon bor. Rodion – mehribon va to‘g‘ri so‘zli yigit, u sevadigan, lekin uni sevmaydigan qizi bilan ajralish unga og‘ir ta’sir qiladi.

Rustamning hayoti boshqacharoq. U iqtidorli va sevimli. Asli kelib chiqishi grek bo‘lgan uchinchi qahramon esa vataniga, onasi va opasining oldiga qaytadi.  

Rejissor:  Elyor Ishmuxamedov

Bosh rollarda: Rodion Naxapetov, Anastasiya Vertinskaya, Rustam Sa’dullayev, Go‘zal Apanayeva, Karen Xachaturyan, Sergey Gurzo, Ulug‘bek Salaxutdinov, Hamza Umarov, Nelya Anatullayeva, Rustam Zokirov  

Ekranga chiqqan yili: 1969-yil.

«Suyunchi»

Film bosh qahramoni kichik bir qishloqda istiqomat qiluvchi Anzirat xola. U o‘g‘lining oilasi bilan birga turadi. Anziratning qatiqqo‘lligi va qishloqdagi obro‘-e’tibori ba’zilarning g‘ashiga tegadi. Umri nihoyasiga yetayotganligini his qilgan Anzirat xola hamma ishlarini oxiriga yetkazishga harakat qiladi. Anzirat xolaning o‘g‘li esa xotini unga yana bitta o‘g‘il tug‘ib berishini  xohlaydi, chunki u oilaviy futbol komandasi tuzishni rejalashtirgan.

Rejissor:  Melis Abzalov

Bosh rollarda: Zaynab Sadriyeva, G‘ani A’zamov, Ikroma Boltayeva, Husan Sharipov

Ekranga chiqqan yili: 1982-yil.

«Shum bola»

G‘afur G‘ulomning shu nomli povesti bo‘yicha suratga olingan badiiy film. Eng yaxshi o‘zbek filmlaridan biri hisoblanadi. Filmda turli odamlar va hayotiy vaziyatlarga duch kelgan hozirjavob bolaning sarguzashtlari  haqida hikoya qilinadi.  

Rejissor:  Damir Salimov

Bosh rollarda: Abduraim Abduvaxabov,  Hamza Umarov, Voxid Qodirov, Abdulxayr Qosimov, Baxtiyor Ixtiyorov, Ergash Karimov, Sa’di Tabibullayev

Ekranga chiqqan yili: 1977-yil.

«Abdullajon»

«Kommunizm» kolxozida o‘zga planetadan kelgan kema halokatga uchraydi, uning bortida o‘zga planetalik bola ham bor edi. Ilg‘or kolxozchi Bozorboy Normatov yaralangan va holdan toygan bu bolani tasodifan topib oladi va unga yordam bermoqchi bo‘lib uyiga olib keladi. U bolaga Abdullajon deb nom beradi. Bozorboy qishloqdagilarga bolaning o‘zga planetadan kelganligini aytmaydi va hamma bolani uning nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘li deb qabul qiladi. «Abdullajon yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi» - o‘zga planetalik bolaning o‘zbek qishlog‘idagi  ajoyib sarguzashtlari haqidagi fantastik komediyadir.

Rejissor: Zulfiqor Musoqov

Bosh rollarda: Rajab Adashev, To‘ti Yusupova, Shuhrat Qayumov, Vladimir Menshov, Vladimir Svetov, Mirhosil Oripov, Javlon Hamrayev, Sergey Donsov, Hojiakbar Nurmatov, Jamol Hoshimov, Abror Tursunov, Zokir Mo‘minov, O‘lmas Yusupov.

Ekranga chiqqan yili: 1991-yil.

«Telba»

Yigit kambag‘al, qiz esa badavlat oiladan. Yigit ko‘chada savdo qiladi, jamoat transportida yuradi. Qiz esa universitetda o‘qiydi, o‘z mashinasida yuradi. Umuman olganda sevgi haqidagi klassik syujetga o‘xshaydi, biroq uni har kim har xil talqin qiladi.

Rejissor:  Ayob Shaxobiddinov

Bosh rollarda: Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubayeva.

Ekranga chiqqan yili: 2008-yil.