“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Sifat sohasidagi siyosati

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi davlat, xo‘jalikhisobidagi tashkilot hisoblanib, aviatashuvlar jahon bozorida o‘z o‘rnini kengaytirish va mustahkamlashga hamda ichki bozorda aviatashuvlarga talabni to‘liq ta’minlashga intiladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning sifat sohasida asosiy siyosati, belgilangan qonun, me’yoriy, texnologik talablar va xalqaro standartlarga muvofiq boshqarishning ilg‘or usullarini qo‘llash bilan birgalikda iste’molchilar talabini bajarish yo‘li bilan parvozlar xavfsizligi va yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hisoblanadi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Kengashi aviakompaniyani rivojlanitirishning asosiy strategik yo‘nalishlarini belgiladi:

  • xalqaro talablarga javob beradigan parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini rivojlantirish va uni faoliyatning barcha sohalarida joriy qilish;
  • aviakompaniyaning aviatshuvchilar xalqaro alyansiga qo‘shilishi;
  • IATA ekspluatatsiya xavfsizligi bo‘yicha xalqaro talablariga muvofiqligi;
  • MAK havo kemalari parki va aeroportlar infrastrukturasini modernizatsiyalash, bo‘linmalarda zamonaviy texnlogiyalar, yangi aviatsion texnika va materiallar, uskuna va mexanizmlarni qo‘llash;
  • taqdim qilinayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun MAK xodimlarining professional darajasini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash;
  • MAK tarkibiy bo‘linmalarida xalqaro standartlar talabiga javob beradigan menedjment tizimini joriy qilish va doimiy yaxshilash;
  • aviatashuvlarning o‘sish sur’atini ta’minlash;
  • atrof-muhitni asrashga ko‘mak beradigan tadbirlarni joriy qilish.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Kengashi MAKga joriy qilingan sifat tizimi menedjmentini xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, tahlil qilish va doim uning samarasini oshirishni o‘z zimmasiga olgan.

“Sifat sohasida MAK siyosati” MAK xodimlari zimmasiga o‘z faoliyatida nizomlarga amal qilish, uni tushunish va MAK menedjment tizimiga barcha talablarni bajarish yuklanadi.