«Nukus» xalqaro aeroporti yuqori qulaylikka ega zali

«Nukus» xalqaro aeroportining aerovokzal majmuasida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali (RDXKZ) mavjud. VIP va CIP zallari yo‘q. Rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zalida “O‘zR aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zallari to‘g‘risidagi Nizomga”  binoan O‘zR Vazirlar Mahkamasi va QR Vazirlar Kengashining 1-chi  va 2-chi sonli ro‘yxatida belgilangan yo‘lovchilarga bepul va o‘rnatilgan tarif va stavkalar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatiladi.

RDXKZ ga kirishga xizmat ko‘rsatilayotgan yo‘lovchilar bilan birga kuzatuvchi va kutib oluvchi shaxslarga ham (bojxona nazorati zonasigacha) yo‘l qo‘yiladi.

RDXKZ da uchib ketuvchi yo‘lovchilarga taqdim qilinadigan xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Aviachiptalarni ro‘yxatdan o ‘tkazish va yukni rasmiylashtirish;
  • Qulay yumshoq mebel va televizor bilan jihozlangan zalda qisqa vaqt davomida kutish;
  • Bojxona nazorati (MDX  qatnovlari);
  • Pasport nazorati  (MDX  qatnovlari);
  • Aviatsiya xavfsizligi nazorati;
  • HK ga alohida avtotransportda chiqarib qo‘yish;
  • Qo‘l yukini eltib berish bo‘yicha yuk tashuvchilar xizmati.

RDXKZ ga uchib keluvchi yo‘lovchilarga taqdim qilinadigan xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Alohida ajratilgan avtotransportda yo‘lovchilarni kutib olish va HK da RDXKZ ga eltib qo‘yish;
  • Qo‘l yukini eltib berish bo ‘yicha yuk tashuvchilar xizmati;
  • Pasport nazoratidan o ‘tkazish  (MDX  qatnovlari);
  • Qulay yumshoq mebel va televizor bilan jihozlangan zalda qisqa vaqt davomida kutish;
  • bagajni berish;
  • Bojxona nazorati (MDX  qatnovlari);
  • Shaharga chiqish vaqtida yuk va qo‘l yukini eltib berish bo‘yicha yuk tashuvchi xizmati.

RDXKZ da yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish HK parvozlarining sutkalik rejasi asosida amalga oshiriladi.

RDXKZ da yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bahosi to‘lov kunidagi O‘zR MB ning kursi bo‘yicha  8 AQSH dollarini tashkil etadi.

Aeroportdan shahar markazigacha quyidagi jamoat transportida yetib olish mumkin:

  • 52,30,8,60 - chi (Damas, Gazel) marshrutli taksilari.
  • Taksi.
  • Yo‘l haqi:

 *yo‘nalishli taksi – 600 so‘m

*taksi – 4000 so‘m.