Kuzatib boruvchisiz bolalarni tashish qoidalari

16 yoshga yetmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududidagi yo’nalishlarda yurish qoidalari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi uchun ko’zdan kechirish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorining 2-ilovasiga muvofiq 16 yoshga yetmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududidagi yo’nalishlarda yurishi uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lib “Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma” hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmagan fuqarolarining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Aviakompaniya qatnovlarida bolalar katta yoshli yo‘lovchilar hamrohligida, shuningdek hamrohlarsiz ham tashilishi mumkin.

Bolaning yoshi aviachiptada ko‘rsatilgan dastlabki jo‘nash punktida tashuv boshlangan kundan e’tiboran aniqlanadi.

Tashuv boshlangandan keyin 12 ga to‘lgan bolalar va 2 yoshga to‘lgan yosh bolalar o‘z sayohatlarini tashuv boshlangan paytda ular uchun haqiqiy bo‘lgan tariflar bo‘yicha davom ettiradilar.

Katta yoshli yo‘lovchi hamrohligidagi 2 yoshgacha bo‘lgan bitta bolani tashish uchun katta yoshdagi yo‘lovchilar tarifining 10 foizi miqdorida haq olinadi, bunda bolaga alohida joy ajratilmaydi va bepul bagaj olib ketish me’yori belgilanmaydi. 2 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ko‘p bolalarni katta yoshli yo‘lovchi hamrohligida tashilganda, shuningdek ota-onasining iltimosiga ko‘ra 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga samolyot sahnida alohida joy ajratgan holda tashilganda, katta yoshli yo‘lovchi uchun belgilangan normal tarifning 50 foizi yoki ekskursion yoxud maxsus tarifning 67 foizi miqdorida haq olinadi, bunda bolaga alohida joy ajratiladi va bepul bagaj olib ketish me’yori belgilanadi.

Katta yoshli yo‘lovchi hamrohligidagi 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bitta bolani tashish uchun katta yoshli yo‘lovchi uchun belgilangan normal tarifning 50 foizi yoki ekskursion yoxud maxsus tarifning 67 foizi miqdorida haq olinadi, bunda bolaga alohida joy ajratiladi va bepul bagaj olib ketish me’yori belgilanadi.

5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamrohlarsiz tashish uchun qabul qilinadi. Hamrohlari bo‘lmagan bolalarni tashish parvoz boshlanayotgan, qo‘nish yoki hududidan uchib o‘tish mo‘ljallangan mamlakatlarning davlat organlari qonunlari, qoidalari va ko‘rsatmalariga muvofiq bajariladi.

O‘zR dan bolalar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2011-yil 07-iyuldagi 200-sonli Qarori orqali tartibga solinadi. Ushbu hujjatga ko‘ra - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni hamrohlarsiz tashilishiga ruxsat etilmaydi. http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=1833180&twolang=true

Hamrohlarsiz bolalarni tashish uchun haq to‘lashda, ularning yoshidan qat’i nazar xaridor hamrohlarsiz tashiladigan bola uchun aviachipta xarid qilish uchun murojaat qilgan paytda mavjud bo‘lgan istalgan tarifning 100% qo‘llaniladi.

Hamrohlarsiz tashiladigan bola uchun aviachipta sotish va rasmiylashtirishda bunday toifadagi yo‘lovchiga tashuvlarni bajarish paytida ko‘rsatiladigan maxsus xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari uchun 20 yevro miqdorida yig‘im undiriladi. 15 yoshgacha bo‘lgan hamrohlarsiz tashiladigan bitta bolaga xalqaro tashuvlarga, uni tashish uchun talab etiladigan yo‘nalish turidan qat’i nazar (OW, RT, OJ va b.), aviachiptada koʻrsatilgan yoʻnalishdagi har bir hudud uchun yig‘im undiriladi. Respublika ichidagi qatnovlarda hamrohlarsiz bolalarga tashuvlar sotilganda yig‘im olinmaydi.

Hamrohsiz bola uchun rasmiylashtirilgan aviachipta ixtiyoriy ravishda yoki majburiy qaytarilganda bu yig‘im to‘liq qaytarib berilishi kerak.

Hamrohsiz bola tashuv uchun qabul qilinganda tashuvlarni sotish bo‘yicha agentlikda, MAK vakolatxonasida yoki O‘zR aeroportida borish yo‘nalishida ham, shuningdek qaytish yo‘nalishida ham “Hamrohsiz bolani tashish uchun talabnoma” blankasi rasmiylashtiriladi. Ota-onalarining yoki vasiylarining kuzatib borish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslari bo‘yicha va yuqorida ko‘rsatilgan yig‘imni to‘laganlarida, 15 dan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ham shunday blank rasmiylashtirilishi va safar davomida bolani kuzatib borish xizmati ko‘rsatilishi mumkin.

Tashish paytida hamrohsiz bolani kuzatib borish bilan bog‘liq ko‘zda tutilmagan barcha xarajatlarni “Hamrohsiz bolani tashish uchun talabnoma” blankasiga kiritilgan “Ota-onalar yoki vasiylar deklaratsiyasi”ga muvofiq bolaning ota-onasi yoki vasiylari, yoxud ular tomonidan bolani aeroportdan jo‘natish yoki stop-over aeroportida kutib olish uchun tayinlangan shaxslar tomonidan to‘lanadi.

Bolani uchib ketish aeroportiga olib kelgan ota-onasi yoki “Ota-onalar yoki vasiylar deklaratsiyasi”da ko‘rsatilgan shaxs uchib ketish punktida “Hamrohsiz bolani tashish uchun talabnoma” blankasiga imzo qo‘ygan holda bolani MAK vakiliga yoki aviakompaniya tomonidan MAK qatnovlariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vakolati berilgan shaxsga topshiradi. Bolaning ota-onasi yoki vasiylari tomonidan imzolangan “Hamrohsiz bolani tashish uchun talabnoma” bo‘lmaganda, bunday hujjat bolani qatnovga ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin bolani kuzatib kelgan ota-onasi yoki boshqa shaxslarning murojaatiga muvofiq MAK vakili yoki aviakompaniya tomonidan MAK qatnovlariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vakolati berilgan shaxs tomonidan rasmiylashtiriladi.

Bolani havo kemasi bortigacha kuzatib borish uchun qabul qilib olgan shaxs tomonidan imzolangan “Hamrohsiz bolani tashish uchun talabnoma”ning birinchi nusxasi bolaning ota-onasi yoki vasiylariga topshiriladi. Bolaning hujjatlari maxsus suv o‘tmaydigan, hamrohsiz bolaning hujjatlari solinadigan konvertga joylashtiriladi.

Qo‘nish aeroportida bolani kutib oladigan shaxslar qatnov yetib kelguniga qadar aeroportga yetib kelgan bo‘lishlari kerak.

 

Yo‘nalish bo‘yicha qo‘nib o‘tish punktida (agar hamrohsiz bola ketayotgan yo‘nalishda shunday punkt bo‘lsa) MAK vakili yoki aviakompaniya tomonidan MAK qatnovlariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vakolati berilgan shaxs transfer punktida hamrohsiz bolaning kutib olinishi, hujjatlarini tekshirish tartib-taomllarini o‘tashiga yordam berilishi va qo‘nib o‘tish punktidan bajariladigan qatnovga ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi va bolani bunday qatnovning bortkuzatuvchilariga topshiradi.

Qo‘nish punktida MAK vakili yoki aviakompaniya tomonidan MAK qatnovlariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vakolati berilgan shaxs hamrohsiz bolani bortkuzatuvchilardan qabul qilib, o‘z javobgarligiga oladi, davlat nazorat rasmiyatchiliklaridan o‘tishiga, bagajini olishiga yordam ko‘rsatadi va uni kutib oladigan shaxs oldiga yetib borgunicha yonida bo‘ladi.

Hamrohsiz bolani kutib oluvchi shaxsga topshirish kutib oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni tekshirib, undagi ma’lumotlar “Hamrohsiz bolani tashish uchun talabnoma”da ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rib ishonch hosil qilingandan keyingina amalga oshiriladi.

Agar qo‘nish punktida bolani hech kim kutib olmasa, MAK vakili yoki vakolatli agent “Ota-onalar yoki vasiylar deklaratsiyasi”ga muvofiq bolaning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qarorni, shu jumladan bolani dastlabki jo‘natish aeroportiga qaytarib yuborish yoki bolani yetib borilgan mamlakatning tegishli organlari javobgarligiga topshirish to‘g‘risida qabul qilishi kerak.

Agar majburan dastlabki jo‘natish aeroportiga qaytarib yuborilgan hamrohsiz bolada ortga qaytish uchun aviachipta bo‘lmasa, “Ota-onalar yoki vasiylar deklaratsiyasi”ga muvofiq bolaning ota-onasi yoki vasiylari aviakompaniya tomonidan qilingan barcha xarajatlarni, shu jumladan majburiy ortga qaytish va hamrohsiz bolani kuzatib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplashlari kerak.

Majburiy uzilib qolish vaziyatlarida MAK vakili yoki aviakompaniya tomonidan MAK qatnovlariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vakolati berilgan agent hamrohsiz bolaning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalarida ko‘zda tutilgan barcha tartob-taomillarni o‘tashi vaqtida kuzatib borilishi va uni birinch navbatda jo‘natilishini ta’minlaydi.