Iqtisod klassi

          Bizning aviakompaniyamiz havo kemalarining iqtisod klassi salonlari zamonaviy o‘rindiqlar turlari bilan jihozlangan.

          - A320 samolyotlarida – 138 ta joy;

          - B-767 – 157 tadan 246 tagacha;

          - B-757 – 157 tadan 246 tagacha.

         O ‘rindiqlar bloklari orasidagi o ‘tish joylari quyidagicha :

Boing samolyotlarida (turlariga qarab 6-7 o ‘rindiq ).

         B-767 (UK67001, UK67002) samolyotlarida: 

          - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 78 sm.dan 82 sm.gacha;

          - O ‘rindiq suyanchiqlari 13 – 15 sm.ga tushiriladi;

          - Tirsakqo ‘ygichlar orasidagi  o‘rindiqlar kengligi 45 sm.

B-757 samolyotlarida:

          - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 76 sm.dan 81 sm.gacha;

          - O ‘rindiq suyanchiqlari 10,6 – 15,2 sm.ga tushiriladi;

          - Tirsakqo ‘ygichlar orasidagi  o‘rindiqlar kengligi 43 sm.

B-767 (UK67003, UK67004, UK67005, UK67006) samolyotlarida:

          - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 78 sm.;

          - O‘rindiq suyanchiqlari 106,6 sm.ga tushiriladi (23-24 chi qatorlar);

          - Yo ‘lovchi o ‘rindig ‘ining yotadigan joyga aylantirilishi;

          - Tirsakqo‘ygichlar orasidagi  o‘rindiqlar kengligi 54 sm.

          - Shaxsiy videotizim.

A-320 samolyotlarida:

          - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 81 sm.;

          - O ‘rindiq suyanchiqlari 15,2 sm.ga tushiriladi;

          - Yo ‘lovchi o ‘rindig ‘ining (4,10,11 – chi qatorlar bemor yo ‘lovchilar uchun) yotadigan joyga aylantirilishi.

Il -114-100 samolyotlarida:

         - O‘rindiqlar orasidagi masofa  83,8 sm;

         - O‘rindiqlar suyanchig‘i  boshlang‘ich holatiga nisbatan 18 dan 23 sm gacha egiladi

         - O‘rindiqlar kengligi -  45 sm

          Iqtisod klassi salonlari o ‘qish uchun shaxsiy lampalar, shaxsiy chiqariladigan stolchalar bilan ta’minlangan, shuningdek bu erda katta hajmli tokchalar, 12 tadan kam bo ‘lmagan audiokanallar, “Boing’ samolyotlarida samolyotning joylashgan nuqtasini ko ‘rsatuvchi tizim va – “air-show” parvoz axboroti tizimlari mavjud.

          Bundan tashqari, iqtisod klassi yo‘lovchilariga parvoz davomiyligidan qat’iy nazar issiq yopinchiqlar va yostiqchalar taklif etiladi.

          Iqtisod klassi yo ‘lovchilariga xizmat ko ‘rsatish uchun “Issiq ovqat” ratsioni taxminiy menyusi quyidagilardan iborat:

 - Sovuq gazak (go ‘sht mahsulotlari va pishloqdan iborat);

 - Sabzavotli gazak (faslli sabzavotlardan iborat);

 - Desert (pirojenoe (xamirli pishiriq), mevali salat, quruq mevalar);

 - Undan tayyorlangan mahsulotlar;

 - Ziravorlar va zarchavalar;

 - Issiq ovqat (go ‘shtli yoki tovuqli);

 - Qaynoq ichimliklar (qora va ko  ‘k choy, kofe, sutli kofe);

 - Yaxna ichimliklar (gazli (mineral) suv,gazsiz suv, gazli ichimliklar, sharbatlar);

 - Spirtli ichimliklar (vino) – yo ‘nalishga qarab beriladi.

Parvoz davomiyligi 6 soatdan ortiq bo ‘lgan qatnovlarda (London, Frankfurt, Bangkok, Kuala-Lumpur, Parij, Tokio, Rim, Milan, Jeneva, Madrid) yo ‘lovchilarga “Engil nonushta” ikkinchi oziqa ratsioni taklif etiladi.