«Buxoro» xalqaro aeroporti yuqori qulaylikka ega zali

«Buxoro» xalqaro aeroportining aerovokzal majmuasida CIP va VIP zallari mavjud.

CIP zalida biznes klass yo‘lovchilari va tasdiqlangan ro‘yxatga asosan yo‘lovchilar toifalariga xizmat ko‘rsatiladi.

CIP zali xizmatidan (Uchib kelish va uchib ketish uchun) har bir yo‘lovchi foydalanishi mumkin.

CIP zali xizmatlarining bahosi O‘zR MB ning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha  20 AQSH dollarini tashkil etadi.

VIP zalida xizmat ko‘rsatish uchun oldindan buyurtma bergan rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatiladi. VIP zali xizmatlarining bahosi O‘zR MB ning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 40 yevroni tashkil etadi.

CIP va VIP zallari xizmatlaridan foydalanish uchun 8-365-225-03-75, 8-365-225-07-07 telefonlari bo‘yicha, yoki yuqorida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga (faks orqali) yozma talabnoma yo‘llash yo‘li bilan buyurtma berish mumkin.

Shuningdek, talabnomani sop.bhk@uzairways.com elektron pochtasiga yuborish mumkin.

Aeroportdan shahar markazigacha oraliq 4 kilometrdan 5 kilometrgacha masofani tashkil etadi. Aeroportdan shaharning zamonaviy va tarixiy markazigacha quyidagi jamoat transportlarida yetib olish mumkin:

  • 100-chi avtobus.
  • 100-chi yo‘nalishli taksi.
  • Taksi.
  • Yo‘l haqi:

*avtobus – 600 so‘m

*yo‘nalishli taksi – 600 so‘m

*taksi – 3000 so‘mdan 4000 so‘mgacha