Biznes klassi

Bizning aviakompaniyamiz havo kemalarining biznes klassi salonlari teri qoplamali keng o‘rindiqlar va oyoq uchun sozlanuvchi tagliklar bilan jihozlangan.

         - A320 samolyotlarida – 12 ta joy

         - B-767 – 15 tadan 40 tagacha

         - B-757 – 15 tadan 40 tagacha

B-767 HK ning qo ‘shaloq blokli o ‘rindiqlari orasida 55 sm.lik keng yo ‘laklar mavjud.

B-767 (UK67001, UK67002) samolyotlarida:

         - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 1 metr atrofida;

         - O ‘rindiq suyanchiqlari 12 – 15 sm.ga tushiriladi;

         - Tirsakqo ‘ygichlar orasidagi  o‘rindiqlar kengligi 51 – 53 sm.

B-757 samolyotlarida:

         - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 1 metr atrofida;

         - O ‘rindiq suyanchiqlari 19 – 20 sm.ga tushiriladi;

         - Tirsakqo ‘ygichlar orasidagi  o‘rindiqlar kengligi 45 dan 48 sm.gacha.

B-767 (UK67003, UK67004, UK67005, UK67006) samolyotlarida:

         - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 1,5 metr atrofida;

         - O ‘rindiq suyanchig ‘Ining tik holat bo ‘yicha tushirilish diapazoni  10 dan – 80 gradusgacha;

         - Yo ‘lovchi o ‘rindig ‘ining yotadigan joyga aylantirilishi;

         - Tirsakqo‘ygichlar orasidagi  o‘rindiqlar kengligi 51 – 53 sm.

         - Shaxsiy videotizim.

A-320 samolyotlarida:

         - O ‘rindiqlar orasidagi masofa 1 metr atrofida;

         - O ‘rindiq suyanchiqlari 17,8 sm.ga tushiriladi.

Biznes klassi salonlari o ‘qish uchun shaxsiy lampalar, shaxsiy chiqariladigan stolchalar bilan ta’minlangan, shuningdek bu erda katta hajmli tokchalar, 12 ta audiokanal, “Boing’ samolyotlarida samolyotning joylashgan nuqtasini ko ‘rsatuvchi tizim va – “air-show” parvoz axboroti tizimlari mavjud.

Yo ‘lovchilarga shaxsiy ko ‘ngilochar vositalar – iPAD planchet moslamalari taqdim etiladi.

Bundan tashqari, biznes klassi yo‘lovchilariga parvoz davomiyligidan qat’iy nazar safar to‘plamlari, issiq yopinchiqlar va yostiqchalar taklif etiladi.

Biznes klassi yo ‘lovchilariga xizmat ko ‘rsatish uchun “Issiq ovqat” ratsioni taxminiy menyusi quyidagilardan iborat:

  • Go ‘shtli  gazak (uch turdagi go ‘sht mahsulotlaridan iborat);
  • Pishloqli assorti (ikki turdagi pishloqlardan iborat);
  • Baliqli gazak (limon va zaytun bilan bezatilgan syomga yoki osetrina (bakra balig ‘i)dan iborat);
  • Gastronomic mahsulotli kanape – ovqatdan oldin eyish uchun gazak;
  • Sabzavotli gazak (faslli salat);
  • Desert (pirojenoe (xamirli pishiriq), yangi mevalar, quruq mevalar);
  • Undan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Ziravorlar va zarchavalar;
  • Issiq ovqat (go ‘shtli, tovuqli yoki baliqli);
  • Qaynoq ichimliklar (qora va ko  ‘k choy, kofe, sutli kofe);
  • Sharbatlar to ‘plami va yaxna ichimliklar;
  • Spirtli ichimliklar (konyak, aroq, shampan vinosi, oq va qizil vinolar, pivo).