Aviakompaniyaning xizmatlar ro‘yxati

MAK direksiyasi:

Yo‘lovchi, pochta, yuk va charter tashuvlarini tashkil qilish

MAK aeroportlari

  • HK turish joylarida xizmat ko‘rsatish  
  • HK ga servis xizmati ko‘rsatish
  • HK ga muzlashga qarshi ishlov berish .
  • Dezinseksion ishlov berish.
  • Yo‘lovchilarga, bagajga, pochtaga, yukka xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish

Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi (“MAI” AK)

  • Qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun An-2 samolyotlari bilan xizmat ko‘rsatish
  • Don mahsulotlarini qo‘shimcha oziqlantirish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va chigirtkaga qarshi kurashish, shuningdek go‘zani defoliatsiya qilish bo‘yicha aviakimyo ishlarini o‘tkazish.
  • Turli vazirliklar va idoralarning buyurtmalari bo‘yicha eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda aerosuratga tushirish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish

«Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi («UAT»AK)

  • Samolyotlar, dvigatellar va butlovchi qismlariga TX va T sohasida xizmatlar ko‘rsatish.
  • Boeing, Airbus, BAE SYSTEMS kompaniyalarining: B-757 (RB211 RR, PW2000), B-767 (PW4000, GE CF6), А300-600 (PW4000), A310 (PW4000), A-318/319/320/321 (CFM56), Il-76TD, Il-114 samolyotlariga xizmat ko‘rsatish, modifikatsiya qilish
  • Il-76TD samolyotlari, АИ-25 dvigatellari, ТА-6, ТА-6А, ТА-8 yordamchi kuch qurilmalarini ta’mirlash
  • Havo kemalarini bo‘yash

“Uchuvchilar majmuasi” DUK

Ichki va xalqaro havo yo‘llarida yo‘lovchilar, bagaj, yuk, pochtani rejali va charter aviatashuvlar orqali tashishni ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish

HABA DUK

O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlar sotish bo‘yicha agentlik tarmog‘ini tashkil etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish hamda  aviatashuvlarni oldindan bron qilish va sotish.

O‘quv-mashq markazi

Aviamutaxassislarni ICАО va  IATA standartlari va tavsiyalariga to‘liq muvofiq holda tayyorlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish, xususan:

  • Dastlabki tayyorlash:
  • HK uchuvchi-yo‘riqchi tarkibi  va komandirlarini;
  • uchuvchilar tarkibini.

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi

O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab havo sathidan foydalanish va havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek aeronavigatsiya sohasida sifatli xizmatlarni ko‘rsatish.