O‘z gastronomik ehtiyojlari, dini yoki tibbiy sabablarga ko‘ra yo‘lovchi aviabiletni bron qilish yoki sotib olayotganda (36 soat ichida) maxsus taomni bepul buyurtma qilishi mumkin. Biz quyidagi maxsus taomlarning turlarini taklif qilamiz:
TARIF - Tashuvchi tomonidan vazn birligi (bu yerda 1 kg uchun)ni tashish uchun olinadigan summa. Yukni tashishga qabul qilishda yuk xatini to‘ldirish vaqtida amaldagi tarif qo‘llanadi (AWB).
YUK TASHISH NARXI - Tashuvchi tomonidan yukni transportda tashish uchun olinadigan summa. Ushbu summa yukning vazni/hajmi/xarakteriga bog‘liq.
MINIMAL YIG‘IM (MIN) - har qanday holatda yuk tashish narxi ushbu yig‘imdan past bo‘lmasligi lozim.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz zamonaviy xizmat turi- onlayn rejimida yukning holatini kuzatib borish imkoniyatini taklif qilamiz.
«Cargo tracking» xizmati Sizga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda yukning qayerdaligi va holatini aniqlashga imkon beradi.
Bu xizmat turidan foydalanish uchun "Kiritish" tugmasini bosing va ochilgan oynadagi AWB# katakchalariga avia yuk xatidagi oxirgi sakkizta raqamni kiriting, so‘ngra «Track» tugmasini bosing.
O‘zbеkistonning jahon bozoriga kirishi kommunikasiya tarmoqlarini, jumladan aviasiyaning ham jadal rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Markaziy Osiyodagi eng yirik bo‘lgan «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi mamlakatning Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi yo‘llar kеsishmasidagi qulay gеosiyosiy joylashuvidan to‘la foydalanishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda aviakompaniya dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan. Ikkita yirik «Toshkеnt» va «Navoiy» aeroportlari «Uzbekistan airways» AJning xab aeroportlari hisoblanadi.
Qachonlardir aviasayohat ortiqcha dabdaba-yu hashamat hisoblangan bo‘lishi mumkin, biroq bugungi kunda bu oddiy –tez va xavfsiz transport turiga aylangan. Samolyot bu restoran yoki kinoteatr emas albatta, biroq parvoz – bu majburiy dam olish vaqti, u ba’zilarda ikki-uch soat davom etsa, boshqa birovga 8 soat, ba’zan esa undan ham ko‘p vaqtini samoyotda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.