Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways tashkil topganining 31-yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qiladi

2023 27 Yanvar
2144
Ulashing

Uzbekistan Airways tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan 2023-yilning faqat 28-yanvar kuni sotiladigan barcha aviachiptalariga 30% chegirma e’lon qiladi.

Aksiya qoida va shartlari:

  • 30% chegirmali aviachiptani 2023-yilning 28-yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (Toshkent vaqti bilan) gacha xarid qilish mumkin;
  • Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  • Aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);
  • Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi;
  • Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qoʻllash taqiqlanadi;
  • Chegirma Code Share reyslarida va savdo bitimlari doirasida e’lon qilingan tariflar uchun qoʻllanilmaydi;
  • Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
  • Chegirma bilan chiqarilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak;
  • Ilgari sotib olingan aviachiptalar 2023-yil 28-yanvarda qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, chegirma qo‘llanilmaydi;
  • 30% chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob joriy chegirmani hisobga olgan holda chipta chiqarilgan sanada amalga oshiriladi.
  • Ushbu aksiya doirasida sotib olingan aviachiptalarni qaytarish va boshqa sanaga rasmiylashtirish shartlari bilan rasmiy saytimizda tanishishingiz mumkin www.uzairways.com;

Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “UzAirways” mobil ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlari, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling