Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Yangiliklar

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi aviatashuvlar yangi modeli bo‘yicha parvozlar boshlanganini e‘lon qiladi

2021 27 Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi 5100-sonli Qaroriga muvofiq, “Uzbekistan Airways” aviatashuvlarning gibrid modeliga o‘tmoqda. "Uzbekistan Express" deb nomlangan yangi formatdagi aviatashuvlar aviakompaniyaning amaldagi  liniyalari doirasida  amalga oshiriladi. Bu haqda aviakompaniya Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uzbekistan Express mahalliy va mintaqalararo aviatashuvlarga alohida e’tibor qaratadi hamda 2021-yil 30-avgustdan boshlab Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida yangidan "to‘liq ekonom" tarzida komponovka qilingan Airbus A320 havo kemasida birinchi aviaqatnovni amalga oshirishni boshlaydi. Kelgusidagi yo‘nalishlar tarmog‘i Moskva, Novosibirsk, Qozon, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Mineralnye Vody, Yekaterinburg va Aqtau, Aqtobe kabi muhim shaharlarni ham o‘z ichiga oladi.

Aviatashuvlarning gibrid biznes modeli – bu mono-klass komponovkasidagi to‘liq ekonom klassga o‘zgartirilgan avialaynerlarning biznes-klass va ekonom-klassli an’anaviy havo kemalarida sayohat qilish imkoniyatidir. Aynan biznes-klass ommabop bo‘lmagan bir qancha yo‘nalishlar uchun modifikatsiya qilingan havo kemalari jalb etiladi. Ta’kidlash joizki, yangilangan samolyotlarning sig‘imi ortishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” modifikatsiya qilingan avialaynerlar parvozlarni amalga oshiruvchi alohida tanlab olingan yo‘nalishlarga tariflarni 20 foizga pasaytiradi.

Hozirda "Uzbekistan Airways" aviaparkida ikkita qayta jihozlangan samolyot mavjud bo‘lib, tez orada yana ikkita samolyotning konfiguratsiyasini o‘zgartirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda "Uzbekistan Airways"  aksariyat hollarda, oziq-ovqat va bepul bagaj tashish xizmatlarini, aviabiletni parvozdan oldin va keyin qaytarib berish imkoniyatini taqdim etmaydigan an’anaviy Lowcost tashuvchilaridan farqli o‘laroq, birmuncha qulay bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratdi. Gibrid modeli bo‘yicha aviatashuvlar faoliyatini boshlashdan avval yuqorida  ko‘rsatib o‘tilgan liniyalar uchun quyidagi qoidalar joriy qilinmoqda:

Yuklarni tashish va aviabiletlarni qaytarish shartlarini ko‘zda tutuvchi tariflar uchun bagaj tashish me’yori quyidagicha belgilanadi:

• 15 kg dan ko‘p bo‘lmagan hamda uch o‘lcham yig'indisi 158 sm.dan oshmaydigan 1 ta yuk;

• 2 yoshgacha bo‘lgan va samolyot sahnida joy egallamaydigan bolalar uchun 5 kg dan ko‘p bo‘lmagan hamda uch o‘lcham yig‘indisi 115 sm gacha bo`lgan 1 ta yuk.

Qayta bron qilish / qayta rasmiylashtirish / aviabiletni qaytarish holatlarida tarif qoidalariga muvofiq belgilangan yig‘im undiriladi.

Yuklarni tashish va aviabiletlarni qaytarish nazarda tutilmagan tariflar uchun:

• Bepul yuk tashish me‘yori – ko‘zda tutilmagan

Avibiletni qaytarish:

• aviaqatnovdan oildin YQ (yoqilg‘i uchun qo‘shimcha yig`im) va foydalanilmagan tashuvlar uchastkalarida  e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytariladi.

• Aviaqatnovdan so'ng, faqat foydalanilmagan tashuvlar uchastkalarida e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytariladi;

Qayta bronlash / qayta rasmiylashtirish:

• aviaqatnovdan oldin - belgilangan yig‘im undirilishi bilan ruxsat beriladi;

• aviaqatnovdan keyin - taqiqlangan.

Barcha tariflar uchun qo‘l yuki me’yori kiritilgan:

• 1 ta (5 kg gacha va uch o'lchov yig'indisi bo‘yicha 115 sm gacha)

Uzbekistan Express aviabiletlarini allaqachon www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Eslatib o'tamiz, yo‘lovchilar +998981400200 (butun sutka davomida, kunu-tun) telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Uzbekistan Express aviaqatnovlari bo‘yicha maslahat olishlari mumkin.

Aviabiletlarni qulay narxlarda xarid qilib oling va modifikatsiya qilingan Uzbekistan Express havo kemalarida biz bilan birga sayohat qiling.