Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Moskvaga uchish va Oʻzbekistonga qaytib kelish bo’yicha aviachiptalarining qaytarilgani uchun jarima to’lanmaydi

2021 10 Iyun
1350
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Moskva shahridagi aeroportni “Vnukovo”dan “Domodedovo”ga oʻzgartirganligi munosabati bilan, yoʻlovchilarga aviachiptalarni qaytarish imkonini beradi. Oʻzbekistondan Moskva shahriga borish va qaytish sanalari 15-iyundan boshlanadigan aviachiptalarni qaytarishda yoʻlovchilar qoʻshimcha jarima toʻlamaydilar. Ushbu qoida aviachiptada “Vnukovo” aeroporti koʻrsatilgan va chiptaning to’liq amal qilish muddati uchun tadbiq etiladi. Aviachiptalarni xarid qilingan joyiga qaytarish mumkin. Onlayn xarid qilingan chiptalarni qaytarish aviachiptalar sotib olingan xizmat orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aeroport oʻzgarishi munosabati bilan noqulayliklar yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi bog'lanish raqamlari orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz:

  • Toshkent shahridagi Aloqa-markazi: +998 78 140 02 00
  • Moskva: +7 495 258 80 60
  • Onlayn murojaat uchun havola: https://www.uzairways.com/ru/contact/drugoe
  • Toshkent shahridagi Aloqa-markazi ish vaqti: 08:00 dan 20:00 gacha

“Uzbekistan Airways” AJ nomidan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

PDF-ni yuklab oling