Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan airways” AJ Londonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turistik yarmarkada ishtirok etmoqda

2019 5 Noyabr
62
Ulashing

1

"Uzbekistan airways" 4-6-noyabr kunlari Buyuk Britaniya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan World Travel Market (WTM London 2019) jahon sayyohlik bozori xalqaro turistik ko‘rgazmasida yana bir bor "O‘zbekiston" milliy stendida o‘zining aviatsiya imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmaning 40 yilligi ko‘plab mutaxassislar va ijodiy g‘oyalarni jamlagan eng muvaffaqiyatli tadbir bo‘lishi kutilmoqda! Tantanada ishtirok etish uchun 180 dan ortiq mamlakatdan 50 mingdan ortiq turizm sohasidagi mutaxassis, 9000 ta bayer, 5000 eksponent va 3000 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan.

Ko‘rgazmaning  uch kunlik ishi davomida "Uzbekistan airways" Buyuk Britaniya davlatlaridan sayyohlarini O‘zbekistonga jalb qilish, mazkur mintaqada mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida yo‘lovchi tashish sohasidagi o‘z xizmatlarini, shuningdek, ushbu sohadagi to‘liq xizmatlarni namoyish etadi.

"O‘zbekiston" yagona stendida milliy aviatashuvchisi  bilan bir qatorda, beshta sayyohlik kompaniyalarimiz va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi vakillari o‘z xizmatlari va respublikamizning sayyohlik salohiyatini namoyish etadilar.

23

Ushbu sayyohlik maydon, shubhasiz, Buyuk Britaniya Qirolligi va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish uchun ijobiy platformaga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Uzbekistan airways" haftasiga ikki marta seshanba va juma kunlari Londonga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshiradi.

PDF-ni yuklab oling