Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

«Uzbekistan Airways Technics» - 95 yil!

2019 12 Noyabr
1163
Ulashing

95

Bugun, 2019-yil 12-noyabr kuni “Uzbekistan Airways Technics” (“UAT” AK) tashkil topganining 95 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan “UAT” AK Madaniyat markazida “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati, sexlar, bo’limlar rahbarlari va aviakorxona xodimlari hamda OAV vakillari ishtirokida bayram tadbiri tashkillashtirildi. Ushbu bayramni nishonlash uchun taklif qilingan faxriylarni aviakorxonaning yosh xodimlari gullar bilan kutib olishdi.

Jamoani tabriklar ekan, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ direktori Ulug’bek Kiyasov aviakorxonada uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriylarning mehnatlarini alohida qayd etdi, barcha xodimlarga fidokorona mehnat uchun tashakkur bildirib, ularga osoyishtalik va xizmatda zafarlar tiladi.

23

Shuningdek “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining Birinchi o’rinbosari Umid Xusanov va Boshqaruv raisining o’rinbosari – “Uzbekistan Airways” AJ Texnik direktori Gennadiy Xarlaplar ham aviakorxona jamoasiga o’z tabriklarini yo’llab, ularga yurtimiz fuqarolik aviatsiyasining rivojiga qo’shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

45

Bayram tadbiri ishtirokchilari aviata’mirlash korxonasi tashkil etilgan yillarni eslab, “Uzbekistan Airways Technics”ning havo kemalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda nomi chiqishiga sabab bo‘lgan aviatsiya texnikalariga va samolyotlarga xizmat ko’rsatadigan malakali texnik xodimlarni tayyorlash an’analarini qayd etishdi.

67

Bayram shukuhi aviakorxonaning yosh mutaxassislari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan boyitildi. Milliy an’analarga xos chiqishlar, mashhur qo’shiqlar ijrosi tadbir tomoshabinlariga a’lo kayfiyat ulashdi.

89

“Uzbekistan Airways Technics”ning barcha xodim va faxriylarini yubiley bilan tabriklaymiz! Aviakorxona jamoasiga muvaffaqiyatlar hamda “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasining shonli tarixining boyitadigan yangi marralarni zabt etishni tilab qolamiz!

PDF-ni yuklab oling