Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi – O‘zbekiston Havo floti kuni

2023 20 Avgust
404
Ulashing

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 21-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kunini belgilash to‘g‘risida”gi PQ-1206-sonli Farmoniga asosan avgust oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasi Havo floti kuni” sifatida nishonlanadi. 

Mamlakatimiz aviatsiya tarixi o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida qudratli “taraqqiyot dvigateli” bo‘lib, aviatsiya sanoatining ilg‘or yutuqlarini, beqiyos vatanparvarlikni, ko‘plab aviatorlar avlodlarining ulkan mehnati va jasoratini o‘zida mujassam etgan. Bugungi kunda ushbu muhim bayram havo kemalarini osmonga ko‘targan va ularning yerdagi parvozlarini ta’minlovchi barchani birlashtiradi.

Foto1

Oʻzbekiston aviatsiya tarixi 1924-yilda, 12-may kuni Junkers R-13 samolyotida Toshkent – Pishpek – Olma-Ota yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi amalga oshirilganidan boshlangan. O‘sha paytlarda havo liniyalarini tashkil etish dolzarb masala edi: Toshkentdan Olmaotaga otda yetib borish uchun 15 kun, Toshkent va Buxorodan Xivagacha bo‘lgan karvon yo‘llari bo‘ylab borishga bir oydan ko‘proq vaqt ketar, sayohat xavfsiz emas edi. 1924-yil oxiriga kelib Kogon-Termiz-Dushanbe, Kogon-Toshauz-Xiva yoʻnalishi boʻyicha havo aloqasi allaqachon yoʻlga qoʻyildi. Yigirmanchi yillarning oxirida Moskva va Qobulga birinchi aviaqatnovlar amalga oshirildi.

1932-yil. O‘rta Osiyo fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tuzildi, u ko‘p yillar davomida SSSR Aeroflot tizimidagi eng yaxshilaridan biriga aylandi. Xuddi shu yili Toshkent aeroporti qurilishi boshlandi.

1941-yilning kuzida Moskva viloyatidan Toshkentga aviatsiya zavodi evakuatsiya qilindi. Ikki oydan keyin harbiy aviatsiya uchun modernizatsiya qilingan Li-2 samolyotlarini ishlab chiqarish tiklandi.

Foto2

1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi frontlarida O‘zbekistondan 2500 nafar aviator qatnashdi. 1945-yil 9-mayda o‘zbekistonlik uchuvchi Abdusamad Taymetov Li-2 samolyoti (komandiri — A.I. Semenkov) ekipaji tarkibida mag‘lubiyatga uchragan Berlindan Moskvaga fashistlar Germaniyasining so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni, shtandartlar, G‘alaba bayrog‘i va nishonini yetkazdi.

O‘tgan asrning elliginchi yilidan boshlab aviatsiyaning jadal yuksalishi boshlandi. MI-4 vertolyotining birinchi parvozi amalga oshirildi, Tu-104 reaktiv samolyoti Moskva-Toshkent-Moskva yoʻnalishida ishlay boshladi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi parki Il-18, An-24 samolyotlarini qabul qildi. 1967-yilda Yak-40, Tu-134 samolyotlari o‘zlashtirildi. 1973-yil 5-mayida Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya korxonasi birlashmasi oʻsha davr uchun rekord darajadagi yuk koʻtarish quvvati 40 tonnadan ortiq boʻlgan birinchi Il-76 superlaynerini ishlab chiqardi.

1977-yilda O‘zbekistonda birinchi Tu-154 samolyoti Kuybishevdan Toshkentga uchdi. Tu-154 2010-yil 31-dekabrda Toshkent-Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining so‘nggi va xayrlashuv parvozini amalga oshirdi.

Foto3

1992-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi va o‘sha yili HY (“Havo yo‘llari”) kodi ostida Milliy aviakompaniya Il-62 samolyotida Londonga birinchi xalqaro aviaqatnovini amalga oshirdi.

Foto4

Uzbekistan Airways uzoq va mashaqqatli rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bugungi kunda bu mamlakatning eng yirik aviatashuvchisi bo‘lib, kompaniya parki asosan jahondagi yirik samolyot ishlab chiqaruvchilari - Boeing va Airbus kompaniyalarining avialaynerlaridan iborat. Aviapark Airbus A320CEO/320NEO/321NEO, Boeing 767 va Boeing 787 Dreamliner, Pilatus PC-24 va LET L-410, shuningdek, vertolyotlarni o‘z ichiga oladi. Uzbekistan Airways dunyoning 50 dan ortiq shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning oltin fondini uchuvchilar, bortkuzatuvchilar, muhandis-texnik xodimlar, yer usti va ketring xizmati mutaxassislari, o‘qituvchilar va instruktorlar kabi mutaxassislar tashkil etadi.

Foto5

Yangi zamonaviy avialaynerlarni o'zlashtirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, fuqaro aviatsiyasi uchun yosh kadrlar tayyorlash Uzbekistan Airways’ning muhim va asosiy vazifasi hisoblanadi.

Aviatsiya sohasining barcha xodimlari va faxriylarini, shuningdek, tegishli tuzilmalar va O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari vakillarini bayram bilan tabriklaymiz.

 

PDF-ni yuklab oling