Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “EMITT Istanbul 2023” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2023 13 Aprel
257
Ulashing

2023-yilning 12-15-aprel kunlari “Uzbekistan Airways” AJ Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “EMITT Istanbul 2023” xalqaro Sharqiy O‘rta yer dengizi turizm va sayohat ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.    

Unda dunyoning 110 ta davlatidan 400 ga yaqin qatnashchilar yangi tendensiyalarni aniqlash, yaqin aloqalarni o‘rnatish, hamkorlik shartnomalari tuzish, o‘zaro tajriba almashish va jahon turizmidagi so‘nggi yangiliklardan ma’lumot olish maqsadida ishtirok etmoqda.

Xalqaro Sharqiy O‘rtayer dengizi turizm va sayohat ko‘rgazmasi EMITT Istanbul dunyodagi eng yaxshi beshta sayyohlik ko‘rgazmasidan biri sifatida tan olingan. Mintaqadagi yetakchi sayyohlik ko‘rgazmasi so‘nggi 24 yil ichida turizm sohasiga yangi ishbilarmonlik va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etib, sohaning o‘sishiga turtki bo‘ldi.

To‘rt kun davom etadigan ko‘rgazmada Uzbekistan Airways keng ko‘lamli xizmatlari, havo kemalari parki, muntazam yo‘lovchi va yuk tashuvchi aviaqatnovlari, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika, Yevropa, MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlariga bo‘lgan yangi yo‘nalishlar va parvozlar haqida ma’lumotlarni taqdim etadi.

Uzbekistan Airways Istanbul shahriga Toshkentdan har kuni, Samarqanddan dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari, Buxorodan payshanba va yakshanba kunlari, Urganchdan seshanba va juma kunlari, Farg‘onadan esa dushanba, chorshanba, shanba kunlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

PDF-ni yuklab oling