Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways xorijiy vakolatxonalari

2023 27 Mart
527
Ulashing

Bugungi kunda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi dunyoning Nyu-York, London, Frankfurt, Moskva, Dubay, Seul, Istanbul, Dehli, Pekin, Kuala-Lumpur, Olmaota, Ostona, Dushanbe, Minsk, Riga, Sharja, Tbilisi kabi 30 dan ortiq shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Ushbu shaharlarga yetib borgan yo‘lovchilarga aviakompaniya bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha yordam berish maqsadida aviatashuvchi o‘zining xorijdagi vakolatxonalarini tashkil etgan.

Aviakompaniya xorijiy vakolatxonalari ko‘plab vazifalarni bajaradi va ularning asosiysi quyidagilardan iborat:

  • aviakompaniya nomidan aeroport xizmatlari, chegara va bojxona tuzilmalari bilan muzokaralarda ishtirok etish;
  • havo kemalari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish masalalarini nazorat qilish;
  • ko‘plab ma’muriy va tashkiliy masalalarni hal qiladi;
  • aviachiptalarni sotib olish, qayta rasmiylashtirish, bron qilish, aviachipta pulini qaytarish va boshqalar.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining hozirgi kunda 20 tadan oshiq xorijiy vakolatxonalari mavjud. Quyidagi havola orqali ularning manzili va aloqa ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin:

https://www.uzairways.com/uz/xorijdagi-vakolatxonalar

PDF-ni yuklab oling