Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

07 Nov 2018

Tailandga “Oʻzbekiston havo yo‘llari” bilan parvoz qiling

Tailand Qirolligi ikki oylik muddatga Oʻzbekistonlik sayyohlar uchun viza toʻlovini bekor qildi. 2018-yilning 1-dekabridan 2019-yilning 31-yanvarigacha Tailandga 15 kun muddatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun 2000 bat (60 dollar)lik viza yigʻimi toʻxtatib turiladi. Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Bangkok-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha Boeing 767 samolyotlarida haftaning birinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi kunlari, haftasiga besh marta muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Shuningdek,“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2019-yilning 5-yanvaridan 2-fevraliga qadar Pxuket oroliga (Tailand) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘yаdi. Qatnovlar haftasiga bir marta, qulay va zamonaviy Boeing-767 havo kemasida quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (MAHALLIY VAQT): Shanba: HY-535 Toshkent 21:00 – Pxuket 05:30 (yakshanba) Yakshanba: HY-536 Pxuket 07:05 – Toshkent 11:45
09 Nov 2018

Yuksak maʼnaviy salohiyatli aviaxodim

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻquv-mashq markazida “Yuksak maʼnaviy salohiyatli aviaxodim” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining yetti xodimi ishtirok etdi. Yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosati Davlat dasturi doirasida tashkillashtirilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar uch bosqichdan iborat boʻlgan bellashuvda oʻzlarining bor intellektual, kasbiy va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar. Dastlabki bosqichda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi Davlat dasturi haqida batafsil maʼlumot berdilar. Ikkinchi shartda qatnashchilar “Yoshlar bizning kelajagimiz”, “Qonunlarga hurmat – huquqiy davlatning asosi” va “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” mavzularidan biriga sahna koʻrinishi va slaydlarni tomoshabinlar eʼtiboriga havola etdilar. Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan ikkinchi bosqich ham ishtirokchilar tomonidan qoyilmaqom qilib bajarildi. Tadbirdagi qizgʻin kayfiyat uchinchi bosqichga borib avj oldi. Sababi, bellashuv ishtirokchilari bor qobiliyatlarini aynan shu bosqichda namoyon etdilar. Ular nafaqat oʻzining kasbiy mahorati, balki sanʼatning musiqa, raqs, sheʼriyat va boshqa yoʻnalishlardagi isteʼdodi bilan ham tomoshabinlarni hayratga soldilar. Bellashuv yakunida hakamlar xayʼati aʼzolari toʻplangan ballarni hisoblab, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti xodimlari oʻrtasida quyidagicha taqsimlashdi. Xalqaro tashuvlarni tashkil etish xizmati agenti Nargiza Kattakulovani birinchi oʻringa munosib deb topildi. Ikkinchi oʻrin Pochta va yuklarni tashishni tashkil etish xizmati katta agenti Javoxir Saidovga, uchinchi oʻrin Buxgalterlik hisobi va moliya boʻlimi bosh hisobchisi oʻrinbosari Tatyana Juravlyovaga nasib etdi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti Xalqaro tashuvlarni tashkil etish xizmati agenti Nargiza Kattakulova: - Bu kabi tanlovlardan koʻzlangan asosiy maqsad biz, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash, ularda tanlagan kasbga nisbatan hurmat va faxr tuygʻusini shakllantirish, iqtidorli yosh aviaxodimlarning kasb bilim darajasi va maʼnaviy salohiyatini oshirish, oʻzaro sogʻlom raqobat muhitini yaratishdan iborat. Yutuqni qoʻlga kiritishimizda sohada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritgan, katta tajribaga ega, biz, yosh xodimlarga, sohada oʻz oʻrnimizni topishimizga madadkor boʻlib kelayotgan ustozlarimizning hissasi kattadir. Fursatdan foydalanib, yoshlarni qoʻllab, oʻz iqtidorimizni namoyon eta olishimiz uchun bunday ragʻbatlantiruvchi tadbirlarni tashkillashtirishga imkoniyat va sharoitlar yaratib berayotgan aeroportimiz hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tadbir soʻngida gʻolib va sovrindorlarga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti Kasaba uyushmasi qoʻmitasining esdalik sovgʻalari hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan diplom, maqtov yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.  
06 Nov 2018

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi World Travel Market 2018 xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

5-noyabr kuni Londonda jahon sayyohlik bozori maydonidagi eng ahamiyatli hodisalardan biri - World Travel Market Xalqaro Turizm ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi  o‘z xizmatlarini mamlakatimizning boy  sayyohlik salohiyati rang-barang videoroliklar va axborot materiallari orqali namoyish etilayotgan O‘zbekistonning yagona stendida taqdim etmoqda.  Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar va mehmonlar  uch kun davomida milliy aviakompaniyaning yo‘lovchi va yuk tashuvlari bo‘yicha, shuningdek, respublikamizning sayyohlik yo‘nalishlari,  sayyohlar uchun taqdim etilayotgan turlar va turistik xizmatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin. WTM 2018 doirasida  “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutaxassislari xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish va aviakompaniya qatnovlariga yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish kabi masalalar yuzasidan bir qator muzokara va ishchi uchrashuvlar o‘tkazadilar. Bu yilgi 187 davlat ishtirok etayotgan ko‘rgazmaga dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, sayyohlik tashkilotlari vakillari, mehmonlar va eksponentlar bilan birgalikda 80 mingdan ziyod kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.
02 Nov 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Mumbayga birinchi parvozni amalga oshirdi

Bugun, 2018-yil 2-noyabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Mumbay yo‘nalishida birinchi HY427 qatnovini amalga oshirgan havo kemasi Mumbay shahrining “Chhatrapati Shivaji” aeroportiga qo‘ndi. Toshkentdan kelgan birinchi yo‘lovchilarni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Hindistondagi Bosh vakili Abzal Akramov, uning yordamchisi Eldor Ortiqboyev, MAKning Hindistondagi bosh agentligi vakillari va Mumbay aeroportining rahbariyati tantanali kutib oldilar. Shuningdek, Mumbay-Toshkent yo‘nalishidagi HY-428 birinchi qatnoviga yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri ham bayramona kayfiyatda o‘tdi. Har bir yo‘lovchiga gullar va hind shirinliklari ulashildi. Toshkent-Mumbay to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovi haftasiga uch marta, seshanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida bajariladi. Parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: Toshkent - Mumbay HY-427 00:05 04:45 Seshanba, juma 08:40 13:25 Chorshanba Mumbay – Toshkent HY-428 07:45 11:20 Seshanba, juma 14:55 18:30 Chorshanba Parvoz davomiyligi 3 soatu 40 daqiqani, chipta qiymati har ikki yo‘nalishda 395 AQSh dollarni tashkil etadi.
01 Nov 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qishki jadvalga o‘tdi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" qishki parvozlar jadvaliga o‘tmoqda. Ushbu davr mobaynida aviakompaniya O‘zbekistondan dunyoning 24ta mamlakatiga 64ta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Mahalliy qatnovlarga 8ta yo‘nalish kiritiladi. Avvalgi mavsumga nisbatan xalqaro qatnovlar soni sezilarli darajada oshdi, xususan, eng ommabop Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni haftasiga 27 qatnovga ko‘paytirildi. Moskvaga Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Namangan va Farg'ona orqali bajariladigan qatnovlarini hisobga olganda reyslar haftasiga 49 marotaba amalga oshiriladi. Shuningdek, qishki jadvalga Samarqanddan Sankt-Peterburgga bajariladigan qo‘shimcha qatnov ham kiritildi. Milliy aviakompaniya samolyotlari Toshkentdan Rossiyaning shimoliy poytaxtiga haftada 5 marotaba parvoz qilmoqda. MDH davlatlari orasida Toshkentdan Dushanbe va Rostovga pavozlar haftasiga 2 marta bajarilmoqda. Yo‘lovchilar Toshkentdan Bishkek va Minsk shaharlariga haftada uch marta parvoz qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Uzoq xorij davlatlarining shaharlari borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, o'zbekistonliklar orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biri bu Turkiyadir. Qish mavsumida Toshkentdan Istanbulga 10ta qatnov, Samarqanddan 2ta qatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan Seulga esa haftada 7 marotaba qatnovlar bajarilishi nazarda tutilgan. Qishki navigatsiya boshlanishi bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bir qator shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bular Jiddaga haftasiga uch marta (avval charter qatnovlari amalga oshirilgan), haftada uch marta Mumbay va Vladivostok shahriga haftasiga bir marta shanba kunlari bajariluvchi muntazam qatnovlardir. Turkish Airlines, Alitalia, S7 Airlines, Korean Air, Malaysia Airlines, Belavia, Air Baltic, Ural Airlines bilan kod-sher kelishuvlari amalda. Bundan tashqari, dunyoning 37 ta aviakompaniyasi bilan yo‘lovchilar elektron "Interline" kelishuvlari mavjud bo‘lib, ular "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yo‘nalish tarmoq tizimini sezilarli darajada kengaytirish va yo‘lovchilarga hamkor aviakompaniyalarning qatnovlarini hisobga olgan holda sayyohlik yo‘nalishlarini ro‘yxatga olish imkonini beradi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga qulay va maroqli parvoz tilaydi! Qishki jadvalga
01 Nov 2018

Xorazmga sayohat - "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining qulay tutashuv qatnovlari

Xorazm viloyati poytaxtdan eng uzoq joylashgan, biroq ayni paytda sayyohlar orasida eng mashhur mintaqadir. Ko‘plab mahalliy va xorijiy sayyohlar hayotida bir marta bo‘lsa ham, Xivaga tashrif buyurishga intilishadi. Mintaqadagi mahalliy aholi, masofa uzoqligi tufayli poytaxtga havo transporti orqali boradi. Shu bois "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi mahalliy qatnovlarining ko‘p qismi Toshkentdan mintaqa markazi Urganch shahriga bajariladi. Qishki jadvalda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 14ta qatnovni amalga oshiradi. Bundan tashqari, Urganchdan Moskva va Sankt-Peterburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qilish mumkin. Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar jadvalini shakllantirishda chet ellik sayyohlarning qulay harakatlarnishi uchun ko‘plab ommabop qatnovlarning qulay tutashuv vaqti inobatga olindi. Masalan, dushanba kunlari Toshkentdan Urganchga 00:25 da ketadigan HY-057 qatnovi Toshkentga Ostona, Mineralnye Vody, Kaliningrad va Sankt-Peterburgdan keluvchi kechki parvozlar bilan mos tushadi. Urganchdan Toshkentga soat 05:20da keluvchi HY-058 qatnovi esa, uzoq kutishlarsiz Farg'ona, Dubay, Moskva, Tel-Aviv, Istanbul va Minsk qatnovlariga o‘tish imkonini beradi. Quyidagi jadvalda qatnovlar o‘rtasida kutish vaqti bo‘yicha eng qulay tutashuv va ma’lumotlar keltirilgan: Urganch tutashuv qatnovlari Parvoz Toshkentdagi parvozlar bilan tutashuv qatnovi Parvozlar oralig‘idagi vaqt Dushanba kunlari parvoz tutashuvlari HY-057 Toshkent (00:25) -Urgench (01:55) Ostona - Toshkent (20:00) 3s 25 min Mineralniye Vodi - Toshkent (21:55) 2s 30min Кaliningrad – Toshkent (23:15) 1s 10min Sankt-Peterburg - Toshkent (20:05) 4s 20min HY-058 Urganch (04:00) – Тoshkent (05:20) Тoshkent (9:40) – Farg‘ona 4s 20min Тoshkent (08:00) – Dubay 3s 40min Тoshkent (07:30) – Moskva 2s 10 min Тoshkent (08:05) – Tel-Аviv 2s 45 min Тoshkent (07:55) – Istambul 2s 25 min   Тoshkent (08:30) – Мinsk 3s 10 min Chorshanba kungi qatnovlar tutashuvi HY-057 Тoshkent (00:25) –Urganch (01:55) Мoskva – Тoshkent (22:35) 1s 50 min Oqzon – Тoshkent (23:15) 1s 10 min Krasnodar – Тoshkent (22:10) 2s 15 min HY-058 Urganch (04:00) – Тoshkent (05:20) Тoshkent (07:55) – Аmritsar 2s 35 min Тoshkent (09:30) – Seul 4s 10 min Тoshkent (09:20) – Bankok 4s Тoshkent (07:45) – Kuala-Lumpur 2s 25 min Toshkent (07:55) – Dehli 2s 35 min Toshkent (08:40) – Mumbay 3s 20 min Тoshkent (08:00) – Dubay 2s 40 min Тoshkent (08:25) – Almati 3s 5 min Тoshkent (07:30) – Moskva 2s 10 min Тoshkent (09:35) – Farg‘ona 4s 15 min Payshanba kungi qatnovlar tutashuvi HY-057 Toshkent (00:25) –Urganch (01:55) Kaliningrad – Тoshkent (23:15) 1s 10 min Ufa – Тoshkent (21:50) 2s 35 min Мoskva – Тoshkent (22:35) 1s 50 min Farg‘ona – Тoshkent (22:10) 2s 15 min HY-058 Urganch (04:00) – Тoshkent (05:20) Тoshkent (08:30) – Мinsk 3s 10 min Тoshkent (07:00) – Bishkek 1s 40 min Тoshkent (09:20) – Novosibirsk 4 s (NMA orqali) Тoshkent (08:00) – Krasnoyarsk 2s 40min Тoshkent (06:50) – Milan 1s 10 min Тoshkent (07:35) – Tel-Аviv 2s 15 min Тoshkent (08:35) – Sankt-Peterburg 3s 15 min Тoshkent (08:10) – Nyu-York 2s 50 min Тoshkent (07:30) – Мoskva 2s 10 min Toshkent (08:10) – Istambul 2s 50 min Toshkent (08:00) – Dubay 2s 40 min Juma kungi qatnovlar tutashuvi HY-057 Toshkent (00:25) –Urganch (01:55) Minsk – Toshkent (20:00) 4s 25 min Qozon – Toshkent (21:30) 2s 55 min Novosibirsk – Toshkent (23:15) 3s 50 min (NMA orqali) Sankt-Peterburg – Toshkent (20:05) 4s 20 min Moskva – Toshkent (22:35) 1s 50 min Baku– Toshkent (21:10) 3s 15 min Frankfurt – Toshkent (21:20) 3s 5 min Тel-Аviv – Toshkent (20:25) 4s Milan – Toshkent (21:40) 2s 45 min HY-058 Urganch (04:00) – Toshkent (05:20) Toshkent (08:00) – Dubay 2s 40 min Toshkent (07:30) – Moskva 2s 10 min Toshkent (07:45) – Namangan 2s 25 min
30 Oct 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Honeywell": hamkorlik rivojlanmoqda

30 oktyabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Direksiyasida "Honeywell" korporatsiyasining jadal o‘suvchi hududlar bo‘yicha prezidenti Sheynon Tejarati boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv bo‘yicha kelishuvga 23 oktyabr kuni Toshkentda har yili bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi doirasida erishilgan edi. Uchrashuvda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi rahbariyati va Amerika korporatsiyasi vakillari hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, havo transporti xizmatlari (ATS), MAK samolyotlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, shuningdek, aviakompaniyadagi havo kemalariga o‘rnatilgan “Honeywell” komponentlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomon manfaatdorligini qayd etib, joriy yilning noyabr oyi oxirida Toshkentda aviatsiya texnikasi va texnik xodimlar uchun seminar tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar. Malumot uchun: Honeywell ko‘ptarmoqli korporatsiya bo‘lib dunyo bo‘ylab iste’molchilar uchun sanoat texnologiyalari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi hamda aerokosmik uskunalar (texnika), maxsus materiallar, shuningdek, sanoat korxonalari va binolari uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish kabi xizmatlarni taklif etadi. Aerokosmik yo‘nalishga fuqaro va harbiy aviatsiya uchun sun’iy yo’ldosh aloqa vositalari, ekipaj kabinasi jihozlari, shu jumladan samolyot dvigatellari, uskuna va tizimlari kiradi. Amerika korporatsiyasi O‘zbekistonda 20 yil oldin aviatsiya, sanoat avtomatizatsiyasi, neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha yechimlar, boshqaruv tizimlari kabi sohalarida o‘z faoliyatini boshlagan.
30 Oct 2018

"Sharl-de-Goll" aeroportidagi (Parij) terminal o`zgardi

2018-yil 30-oktabrdan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslari 2C terminalidan “Sharl de Goll” (Parij)  aeroportining 2A terminaliga o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 5-oktyabrdan boshlab O‘zbekiston hududida Fransiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgan. Sizni "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining qatnovlarida ko‘rishdan mamnunmiz!
30 Oct 2018

Parijga parvozlar soni oshirildi

Qadrli yo'lovchilar! "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2018-yil 30-oktabrdan qishki parvozlar jadvalida Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar sonini haftasiga ikki marta ko‘paytiradi. Parvozlar  Boeing 757/767 samolyotlarida seshanba va juma kunlari quyidagi parvoz jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi (Mahalliy vaqt): HY-251: Toshkent uchish soat 14:30 da - Parijga qo‘nish soat 17:40 da HY-252: Parijdan uchish soat 19:10 da – Toshkentga qo‘nish soat 06:00 da Har ikki yo‘nalishi bo‘yicha bilet narxi 508,50 yevrodan boshlanadi.
27 Oct 2018

Britaniyalik OAV delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

27 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning "Maximum Exposure" kompaniyasining sayohatchilari guruhi "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnivida Londondan Toshkentga uchib keldi. Mehmonlar Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining Biznes Longue zalida "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va OAV vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Buyuk Britaniya jurnalistlariga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun Toshkent-Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi taklif etildi. Bir haftalik info-tur davomida ular Buyuk Ipak yo‘li o'tgan shaharlarimizning diqqatga sazovor maskanlari, o'zbek xalqining urf-odatlari, respublikamizda sayyohlar uchun yaratilgan xizmat va qulayliklar hamda jahonga mashhur o‘zbek milliy taomlari bilan tanishadilar. Ushbu sayohat mehmonlarga milliy sayyohlik mahsulotimizning barcha xususiyatlarini namoyish etish uchun yaxshi imkoniyatdir. O'z navbatida, ular o'z nashlarida respublikamiz shaharlari, tarixiy yodgorlik va ziyoratgohlari, mehmonxona tarmoqlari, yashash sharoitlari, dam olish va boshqa turistik yo‘nalishlar haqida potentsial sayyohlarga batafsil ma'lumot beradilar. Shubhasiz, bularning barchasi xorijda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ilgari surish, chet el sayyohlik industriyasi vakillari bilan hamkorlikni kengaytirish va bizning mamlakatimizga Britaniya sayyohlarini jalb qilish imkonini beradi.

Pages