“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

15 Feb 2019

O‘zbekistonning shaharlaridan Ostonaga qulay tariflar!

Joriy yilning 15- fevralidan boshlab, O‘zbekiston hududiy aeroportlaridan Ostanaga uchadigan qatnovlarga kesishuv tariflari joriy etildi, bu esa Toshkent orqali Ostonaga aviabiletlarni yanada arzon narxda rasmiylashtirish imkonini beradi. Mazkur tariflar Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Termiz, Urganch va Nukus aeroportlaridan bajariladigan parvozlar uchun amal qiladi. Toshkent-Ostona reyslari haftasiga uch marta, dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Avianiletlarni aviakompaniyasining www.uzairways.com rasmiy sayti yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning barcha savdo ofislarida sotib olishingiz mumkin.  
15 Feb 2019

Voronej - Toshkent yo‘nalishida tariflar pasaytirildi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2019-yil 16-fevraldan 31-martga qadar Voronej-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan qatnonlarda ekonom klass tariflarini pasaytiradi. Hozirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Voronej - Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni haftada ikki marta seshanba va shanba kunlari  zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirmoqda. "O‘zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining aviabiletlarini www.uzairways.com rasmiy veb-saytida yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning barcha savdo offislarida sotib olish mumkin.  
15 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi o‘z xizmatlarini TITF-2019da namoyish etmoqda

13-17-fevral kunlari Bangkokda (Tailand) har yili o‘tkaziladigan Thai International Travel Fair (TITF-2019) xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Queen Sitikit ko‘rgazmalar zalida Yevropa, Osiyo va Okeaniya mamlakatlaridan tashrif buyurgan 1100 dan ziyod kompaniyalar, sayyohlik tashkilot va agentliklar, aviatashuvchilar, mehmonxona sohasidagi tashkilotlar o‘z stendlarini namoyish etishmoqda.   "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK TITF-2019da aviakompaniyaning yo‘lovchi tashuvlarini sotish bo‘yicha ishonchli agentlari - Thai Air Servise va Travellers Design Club  kompaniyalari bilan birgalikda ishtirok etmoqda.   O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining stendi milliy uslubda bezatilgan bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilar milliy aviatashuvchining imkoniyatlari, xizmatlari, tashuv tariflari va boshqalar haqida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin, shuningdek, stendda o‘zbek milliy liboslarida unutilmas suratlarga tushish ham taklif etilmoqda.  MAK stendida ilk bora mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini aks ettirgan, agentlar homiyligida Tailand tilida chop etilgan “O‘zbekistonga tashrif buyurishga 10 sabab”  kitobi taqdim etildi. Asosiy sahnada respublikamizning taniqli san’atkorlarining chiqishlari tashkil etildi.  Mehmonlar, ishtirokchilar va ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar tadbir davomida milliy raqslar jozibasi hamda o‘zbek folklorining rang-barangligi va go‘zalligini ko‘rishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, bu yil "O‘zbekiston havo yo‘llari" stendi Tayland sayyohlik sohasi vakillari va ko‘rgazma mehmonlari orasida mashhur bo‘lmoqda. Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq  300 dan ortiq yo‘lovchilar uchun O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi va Turkiya yo‘nalishlarida bir necha guruh turlari tashkil etildi. Shuningdek, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Bangkok-Toshkent-Bangkok yo‘nalishidagi qatnoviga uchta bepul aviabilet o‘ynalishi ham rejalashtirilgan.
12 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Isroildagi turistik ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 2019-yil 12-13-fevral kunlari Tel-Avivda bo‘lib o‘tadigan "IMTM" 25-Xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Isroildagi turizm sohasining mazkur professional tadbir har yili o‘z maydonida soha yetakchilarini yig‘ib, turindustriyaning ham mintaqaviy, ham global trendlarini taqdim etadi. Ko‘rgazmada o‘z xizmatlarini Isroil turizm bozorining vakillari bilan bir qatorda, boshqa mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar ham namoyish etmoqda. Jumladan, mehmonxonalar va avtomobillarni ijaraga berish kompaniyalar turoperatorlari, munitsipalitetlar, professional uyushmalar, aviatashuvlar texnologiyalarini yetkazib beruvchilar. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining stendida aviatashuvchining parvozlar geografiyasi, samolyotlar parki, parvozlar jadvali Toshkent orqali Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlariga uchuvchi tranzit yo‘lovchilar uchun qulay kesishuvlar va qiziqarli sayyohlik yo‘nalishlari haqida keng ma‘lumot berildi. Milliy aviakompaniya vakillari IMTM doirasida tashkil etilgan “workshop”, seminar va matbuot konferentsiyalarida ishtirok etadilar. Shuningdek, mahalliy va xorijiy turoperatorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi haftasiga to‘rt marta Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi qatnovlarini - haftaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va yettinchi kunlarida, zamonaviy Boeing va Airbus samolyotlarda amalga oshiradi.
12 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Boeing": hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi va "Boeing" kompaniyasining navbatdagi bitimi imzoladi. Unga ko‘ra amerika korporatsiyasi “Boeing” shassi almashtirish Dasturi (Boeing Landing Gear Exchange Program) bo‘yicha milliy aviakompaniyaga shassi tirgaklarini almashtirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Mazkur dastur samolyot shassi tirgaklarini tezkor kapital ta’mirlash uchun oddiy va arzon yechim taklif etib, texnik xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartiradi, bu esa, o‘z o‘rnida samolyotni ekspluatatsiyaga tez qaytarishga yordam berib, resurslarni asosiy faoliyatga yo‘naltirishga imkon yaratadi. Ushbu xizmat ta’mirtalab shassi tirgaklarini “Boeing” kompaniyasining zaxirasidagi sertifikatlangan jamlanmalar bilan almashtirilishini ta’minlaydi va ekspluatantlarni shartnoma va reja tuzish hamda kapital ta’mirlash jarayonini nazorat qilish zaruratidan ozod etadi. "Boeing" kompaniyasi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining samolyotlariga yanada samarali texnik xizmat ko‘rsatadi va Boeing787-8 Dreamliner aviaparkini yaroqliligini ta’minlaydi. “Biz mijozlarimiz faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan xizmatlarni taqdim etayotganimizdan faxrlanamiz. Shassi almashtirish dasturimiz ko‘magida buyurtmachilarimiz tezkor va samarali ta’mirlashning iqtisodiy jihatdan foydali va ishonchli usuliga ega bo‘lishmoqda,” - dedi “Boeing Global Services” tarkibiy bo‘linmasining tijoriy sektori bo‘yicha xizmat ko‘rsatish vitse-prezidenti Mayk Fleming (Mike Fleming). Ta’kidlash joizki, "O’zbekiston havo yo’llari" MAK va "Boeing" kompaniyasi zamonaviy yo‘lovchi samolyotlarini yetkazib berish, ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish borasida 20 yildan ortiq hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniyalar hamkorlikda "Uzbekistan Airways Technics" aviakorxonasidagi samolyotlarning kompozit qismlarini ta‘mirlash tsexini boshqarib kelmoqda . "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniyasining zamonaviy laynerlari Yevropa, Osiyo va Amerikaning 40dan ortiq yo‘nalishlarida parvoz qilib, Alyaskadan tortib, Yangi Zelandiyagacha charter qatnovlarini bajarmoqda. Bugungi kunda MAK uchta Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini ekspluatatsiya qilmoqda, 2019-2020 yillarda aviapark ushbu rusumdagi yana uchta samolyot bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. Yangi Dreamlinerning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi MDH davlatlari orasida Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarining yetakchi ekspluatantiga aylanadi.
11 Feb 2019

Huquqiy savodhonlik yuksalmoqda

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Davlatimiz rahbarining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy himoya yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida’’gi hamda “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonlarining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi IIB “Toshkent” aeroportida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi vakillai va aeroport xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Markaz vakillari jamiyatda huquqiy madaniyatni hamda yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish va qonun ustuvorligini ta’minlash va mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri ekanini alohida ta‘kidlashdi. Qabul qilingan Davlat dasturi loyihasi muhokanasi jarayonida jami 418ta taklif kelib tushgani, shundan 340dan ziyod fuqarolarning konseptual va dolzarb takliflaridan loyihani mazmunan takomillashtirishda foydalanilgani, 30ga yaqin takliflar asosida tegishli bandlarga taxririy o‘zgartirishlar kiritilganligi, qolaversa, kelgusida O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Abu-Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) bilan birgalikda O‘zbekiston-Amirliklar ivestitsiya kompaniyasiga asos solinishini ham aytib o‘tishdi. Shuningdek, yurtimizda Harakatlar strategiyasiga asoslangan Davlat dasturi asosida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tadbirlar, yoshlarning ta’lim olishiga yaratilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa yurt tinchligi va obodligi uchun bajarilayotgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tishdi. Yig‘ilishda aeroport xodimlari orasida mehnat intizomini mustahkamlash, lavozim vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish va ogohlik masalalari ham muhokama etildi.  
04 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasidan aksiya

Aviakompaniya joriy yilning 4-fevralidan 31-martiga qadar Moskva-Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha (O, S, U va L) klasslar uchun aviabiletlar narxlarini pasaytirdi. Moskva-Toshkent yo‘nalishida bir tomonga aviabiletlarning narxi  100 yevrodan va borish-qaytish uchun 200 EURdan boshlanadi. Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar kuniga uch marta amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun telefon: (78) 140-02-00. Uzbekistan Airways aviabiletlarini book.uzairways.com manzilida va MAKning barcha savdo offislarida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining rasmiy veb-saytida aviachiptalar uchun to‘lovni amalga oshirish, mavjud bo‘lgan bo‘sh joylarni tanlash va bron qilish imkoniyati mavjud.
01 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi EMITT-2019da o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda

31-yanvar kuni Istanbulda  miqyosi jihatidan dunyodagi beshinchi eng yirik, Sharqiy O‘rta Yer dengizi turizm va sayohat xalqaro ko‘rgazmasi EMITT Istambul 2019  o‘z ishini boshladi. Unda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Milliy stendi doirasida o‘z xizmatlarini namoyish etmoqda. Ta‘kidlash joizki, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish MAK imidjini mustahkamlaydi va jahon bozorida aviakompaniya xizmatlarini keng targ‘ib qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishida har kuni  (kuniga ikki marta), Samarqand-Istambul-Samarqand -  haftasiga ikki marotaba qatnovlarni amalga oshirmoqda. Ushbu hududlarda qatnovlarni ko‘paytirish tendentsiyasi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda  va mamlakatning sayyohlik salohiyatini, shu jumladan ziyorat turizmini  ommalashtirishga turtki bo‘lmoqda. Har yili o‘tkaziladigan 23- EMITT Istambul 2019 ko‘rgazmasi turizm sohasidagi eng yangi mahsulotlar, xizmatlar, rivojlanish tendentsiyalari, yangi g‘oyalar, shiningdek, loyihalarni milliy va global miqyosda to‘liq taqdim etish imkonini beradi. Tashkilotchilarning prognoziga ko‘ra, 4 kun mobaynida  ko‘rgazma 70 mamlakatdan jami 4500 nafar ishtirokchi va 128 mingdan ziyod mehmonlarni jalb etadi.
01 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Italiyadan birinchi “vizasiz” sayohni kutib oldi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Milan - Toshkent qatnovida poytaxtimizga  vizasiz tashrif buyurayotgan ilk sayyoh uchib keldi. Davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 2018-yil fevraldan boshlab Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiyalik fuqarolar uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi, ushbu ro‘yxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda - Fransiya kiritiladi. 2019-yil 1-fevraldan esa, mamlakat hududiga  kirgan kunidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim yana 45ta davlat fuqarolari uchun amalga kiritildi. Mazkur ro‘yxatda Italiya Respublikasi ham bor. I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida birinchi "vizasiz" sayyohni Milliy aviakompaniya va poytaxt aeroporti vakillari esdalik sovg‘alari hamda aviakompaniyaning reklama mahsulotlari bilan kutib olishdi. Mamlakatimizga ilk bor  tashrif buyurgan italiyalik mehmon Giglio Massimo bir haftalik safari davomida poytaxtning barcha diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, mintaqamizning boy tarixiga chuqurroq nazar tashlashni rejalashtirmoqda. U O‘zbekiston va uning qadimiy tarixi haqida ko‘p eshitganligi va vizasiz rejim joriy etilganligini bilganidan so‘ng, hammasini o‘z ko‘zi  bilan ko‘rishga qaror qilganini aytdi. Shuningdek, aviakompaniyaning Milandan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarining qulayliklari haqida ta’kidlab o‘tdi. Ekipaj a’zolariga parvoz davomidagi qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirgan holda, aviakompaniya faoliyatiga muvaffaqiyatlar va kelgusi ishlariga rivoj tiladi. Ta‘kidlash joizki, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolarining respublikamiz hududiga kirish va yashashining soddalashtirilishi  davlatlararo madaniy, ilmiy aloqalarni va ta‘lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, investitsiyalar, qo‘shma biznes loyihalari ijrosini va O‘zbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi haftada bir marta Italiyaning - Milan va Rim shaharlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda. Yozgi navigatsiya davomida ularning soni haftasiga 2 marotabaga ko‘payadi.
01 Feb 2019

Vladivostok - Toshkent yo‘nalishida tariflar pasaytirilishi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2019-yil 9-fevraldan 30-martga qadar amalga oshiriladigan Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tariflarni pasaytiradi. Xozirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni haftada bir marta shanba kunlari  quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiradi (MAHALLIY VAQT): Vladivostok (23:05) – Tashkent (01:50+1) Tashkent (09:10) – Vladivostok (21:05) "O‘zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining aviabiletlarini rasmiy veb-saytida yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari" ning barcha savdo offislarida sotib olishga shoshiling, o‘rindiqlar soni cheklangan.

Pages