Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

23 Jan 2019

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Madriddagi sayyohlik ko‘rgazmasida o‘z xizmatlarini taqdim etdi

23-yanvar kuni "FITUR-2019" Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi Ispaniya poytaxti Madrid shaxrining IFEMA ko‘rgazma markazi hududida o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmani rasmiy ravishda Ispaniya Qiroli Filipp VI ochdi. FITUR-2019da O‘zbekiston yagona milliy stend bilan ishtirok etmoqda, unda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari o‘z xizmatlari va mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda. Ushbu forum iste‘molchilar talabining o‘zgarishi va, odatda, turizm biznesini targ‘ib qilishni hisobga olgan holda, turizm sohasidagi kelajak strategiyalarini ishlab chiqish uchun global kommunikatsion platforma bo‘lib xizmat qiladi.                   Mazkur yarmarka Lotin Amerikasi bozoriga kirishning eng muhim yo‘li hisoblanadi. Har yili unda dunyoning 165 dan ortiq mamlakatidan 10 000 dan ortiq eksponent kompaniyalari ishtirok etmoqda, uning mehmonlari soni 250 mingdan oshadi, ulardan 60 foizi turizm sohasi mutaxassislari, 40 foizi esa, aholining keng qatlamlaridan iborat. Tadbirni dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 7500 nafar muhbirlar yoritib boradi. Shuningdek, 23-yanvar kuni FITUR-2019 ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan Ispaniya Qirolligi 2019-yil 1-fevraldan boshlab, 30 kun muddatga vizasiz rejim tuzilgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgani, o‘z navbatida Ispaniyadan mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishga turtki bo‘ldi. 2018-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan ispaniyalik sayyohlar soni 7 mingdan oshdi.
23 Jan 2019

Uzbekistan Airways – “OTM MUMBAY 2019” ishtirokchisi

23-yanvar kuni Hindistonning Mumbay shahrida OTM MUMBAI 2019 Xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi ochildi. O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi ushbu forumda rangbarang stend bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning birinchi kunida ko‘plab sayyohlar, turli turistik tashkilotlarning vakillari, kompaniyalar, mahalliy aholi va turli mamlakatlarning mehmonlari ishtirok etdi. Shuningdek, Mumbaydagi Milliy aviakompaniya vakillari va aviatashuvlarini sotish bo‘yicha bosh agentlik vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlarga respublikamizning sayyohlik salohiyati, aviakompaniya imkoniyatlari, jumladan parvozlar geografiyasi, parvoz jadvallari, aviaparki va boshqalar haqida ma‘lumot berildi.               Hindistonning sayyohlik tashkilotlari hind guruhlari uchun mamlakatimizga turli xil sayyohlik safarlarini tashkil etishdan manfaatdor. O‘zbekistonga Mumbaydan yo‘lovchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek, mamlakatimiz orqali Almati, Boku, Tel-Aviv va boshqa Yevropa shaharlariga safar qilayotgan yo‘lovchilar katta qiziqish bilan qaraydi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yetakchi sayyohlik ko'rgazmalaridan biri “OTM 2019”da dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan 1000 dan ziyod ishtirokchilar o‘z xizmatlarini namoyish etmoqda.
24 Jan 2019

Uzbekistan Airways punktuallik reytingida yana bir bor yetakchi bo‘ldi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Yekaterinburgga/dan parvozlarni amalga oshiradigan xalqaro tashuvchilar guruhida "2018- yilda Koltsovo aeroportining eng punktual aviakompaniyalari" reytingida yetakchilik qildi. Reyting mobaynida barcha tashuvchilar uch guruhga bo‘lindi: parvozlarni har kuni yoki kuniga bir necha marta bajaruvchi Rossiya aviakompaniyalari, boshqa rus aviakompaniyalari va xorijiy aviatashuvchilar. Ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan og‘ishlarni hisobga olmagan holda, jadvaldan 15 daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tishi parvozlar kechikishi deb hisoblandi. Ta‘kidlash joizki, "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Yekaterinburgga haftada bir marta muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.
10 Jan 2019

Yangi kartochka bepul parvoz qilish imkonini beradi

Poytaxtimizda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “NAK-NBU” kobrend plastik kartochkasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi hamda “Visa” xalqaro toʻlov tizimi bilan hamkorlikda muomalaga chiqarilgan mazkur kartochka yurtimiz uchun yangilik hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, ushbu plastik karta orqali kundalik sarf-xarajatlar toʻlanganda, karta egasiga bepul ballar taqdim etiladi. Maʼlum miqdordagi ballar toʻplanganidan soʻng ushbu ballar orqali milliy aviakompaniyamizning istalgan yoʻnalishi boʻyicha bepul chipta olish yoki “ekonom-klass” bahosida “biznes-klass”da uchish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin. “NAK-NBU” kobrend kartochkasi bank tomonidan mijozning xohishiga qarab, AQSH dollarida yoki milliy valyutada ochiladi. Xususan, “Visa Gold” kartochkasini ochish bahosi 150 ming soʻm boʻlsa, “Visa Platinum” uchun 250 ming soʻm. Kartochkalar boʻyicha eng kam mablagʻ esa 50-100 AQSH dollari hamda 400-800 ming soʻmni tashkil qiladi. Ballar esa uning turidan kelib chiqib hisoblanadi. Shuningdek, kartochkani ochish vaqtida qoʻshimcha bonus ham taqdim etiladi. “Welcome” bonusi 1000 mil masofagacha uchish, mijozni sugʻurtalash, “konsyerj-servis” — dunyo boʻylab mehmonxonadan joy band qilish, chiptalarni rezervga olish, xarid qilishda yordam berish, kutish va kuzatib qoʻyish xizmatari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, bu kabi plastik kartochkalar sohibi “Visa” xalqaro toʻlov tizimi sheriklarining mahsulot va xizmatlari boʻyicha 5 foizdan 20 foizgacha chegirmani qoʻlga kiritadi. Bu turdagi karta 2019-yilning 1-fevralidan amalga kiradi.
29 Dec 2018

"O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi sizni Yangi yil bayrami bilan tabriklaydi!

Yilning eng sehrli va uzoq kutilgan bayrami - Yangi yilning kirib kelishiga ham oz vaqt qoldi. Bosib o‘tilgan yo‘lga nazar solib, biz ketayotgan yil bizga bergan barcha yaxshi narsalarni minnatdorchilik bilan eslaymiz va har birimiz oldimizda hali ko'plab muvaffaqiyatlar borligiga ishonamiz. "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi jamoasi Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin dildan muborakbod etadi! Bu yil Sizlarga eng yorqin va yoqimli daqiqalarni hadya etsin. Sizga unutilmas safarlar uchun yangi imkoniyatlar va sabablar tilaymiz. Siz yashayotgan dunyo hech qanday chegara bilmasin! Cheksiz mehr va eng yaxshi tilaklar bilan, "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi jamoasi!
21 Dec 2018

Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

“Ozbekiston havo yollari” MAK Direksiyasi hamda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi ma’ruzasining mazmun mohiyatini o‘rganish, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash, xodimlarni huquqiy ongini oshirish, ma’rifiy olamini boyitish va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish va ogohlikka chaqirish maqsadida tadbirlar tashkil etildi. MAK Direksiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Q.Karimbekov ma’ruzasi tinglandi. Poytaxt aeroportida o‘tkazilgan tadbirda esa, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi IIV “Toshkent” xalqaro aeroportida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi vakillari ishtirokida suhbat bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishlarda ma’ruzachilar Konstitutsiyalarning yaratilish tarixi va eng qadimgi qonunlar haqida ma‘lumot berib, ulkan o‘zgarishlar zamonida xalqimiz siyosiy-huquqiy hayotining asosi boʻlgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, va uning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari asosiy Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar xalqaro inson huquqlari mezonlari asosida amalga oshirilayotgani, qolaversa, jazo muddatlarini o‘tayotgan, bilib-bilmay jinoyat yo‘liga kirib qolgan yoshlar, ayollar va adashganlarni avf etilayotgani xalqimizni bag‘rikengligidan dalolat ekanini ta‘kidlashdi. Shuningdek, har bir fuqaro mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash hamda ogoh bo‘lishga mas’ul ekanligi eslatib o‘tildi. Ma’ruzalarda yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash oilalarning asosiy burchi ekanligi va har bir fuqaro vatanparvarlik hissi bilan yonib yashishi zarurligiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, yurtimizda xalq uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish hamda yurt kelajagi va ravnaqi yo‘lida halol xizmat qilish barchaning maqsadi bo‘lmog‘i shartligi ta’kidlandi. Tadbirlar davomida jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish va unga nisbatan bildirilayotgan munosabat borasida ham fikr yuritildi. Yurtimizda korrupsiyaga barham berishni istagan, har bir fuqaro masʼuliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan oʻz munosabatini bildirishi darkorligi ta’kidlandi. Boisi, bu illat – jamiyat kushandasi. Shu munosabat bilan, endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etilishi va mazkur komissiya qanday vazifalarni bajarishi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
20 Dec 2018

Almatiga uchib ketishni istagan yo‘lovchilarning diqqatiga!

"O‘zbekiston havo yo‘llari" yangi yil bayrami arafasida Toshkent va Olmaоta shaharlari o‘rtasidagi qatnovlarga bo‘lgan talab oshganligi sababli 2018- yil 30-dekabrkuni Toshkent-Almati-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY761 / 762 qatnovlarini keng fuzelyajli Boeing 767 havo kemasida amalga oshiradi. Chiptalar MAK veb-sayti yoki "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining biletlari sotiladigan barcha avikassalardan sotib olishga shoshiling, joylar soni cheklangan.
18 Dec 2018

Yoshlar - ertangi kunning hal qiluvchi kuchidir

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Direksiyasida davlatimiz rahbarining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida MAK Bosh direktori birinchi o‘runbosari vazifasini bajaruvchi Umid Xusanov aviakompaniya yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda MAK Uchuv majmuasi direktor birinchi o‘rinbosarining A.Akbarov ham ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmoni mohiyatini tushuntirish yig‘ilishning asosiy mavzusi bo‘ldi. U. Xusanov uchrashuv ishtirokchilarini qutlagan holda MAK yoshlari aviakompaniyaning rivojlanishida eng muhim strategik manba ekanligini ta‘kidladi. Shu sababli, yoshlarimiz o‘z kuchlarini safarbar qilishlari va mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi tizimini isloh qilish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirishlari kerak. Yosh mutaxassislarimiz o‘z g‘oyalari va takliflari bilan sohadagi sezilarli o‘zgarishlarga hissalarini qo‘shishlari mumkinligini tushunib yetishlari lozim. Yig'ilish ishtirokchilariga mazkur hujjatning har bir moddasi bo‘yicha tushuntirish berildi. Yosh mutaxassislar Milliy aviakompaniya negizida "Uzbekistan Airways" va "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aviakompaniya tarkibidagi davlat unitar korxonalarini mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘tkazish "Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi" Davlat unitar korxonasi negizida "O'zbekiston Helicopters" mas'uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish, shuningdek, «Uzaeronovigatsiya» markazini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o'tkazish borasida qiziqtirgan barcha savollariga javob olish imkoniga ega bo'ldilar. Bundan tashqari, yoshlarni MAK O‘uv-mashq markazida tashkil etilgan uchuvchilarni dastlabki tayyorlash kurslari, "Uzbekistan Airways Technics " aviakorxonasi xodimlarini sharqiy flotdan g‘arbiy flotga qayta tayyorlash, uchuv ekipajlarini qatnovlarga rejalashtirish tizimini avtomatlashtirish, MAK O‘MMda mutaxassislarning ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini oshirish, yoshlarning madaniy hordig‘ini tashkillashtirish bo'yicha kasaba uyushma qo'mitalarining olib borilayotgan ishlariga oid masalalar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aviakompaniya yosh mutaxassislari mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida hukumatimiz tomonidan respublika fuqaro aviatsiyasini isloh qilishdagi vazifalarini amalga oshirishda yoshlarning faol ishtiroki vuhim ahamiyat kasb etishi yana bir bor ta‘kidlandi.
17 Dec 2018

Uzbekistan Airways yo‘lovchini tashuvlari sonini 3 millionga yetkazdi

Uzbekistan Airways yo‘lovchini tashuvlari sonini 3 millionga yetkazdi 17-dekabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2018- yil boshidan buyon uch millioninchi yo'lovchini ro'yxatdan o‘tkazdi. Aviakompaniya uchun bu muhim voqea bo‘ldi, chunki uch millionlik korsatkichga 26 yil davomida aviatashuvchi ilk bora erishdi. Aviakompaniyaning bu raqam ostidagi yo‘lovchisi HY 334 Dubay-Toshkent qatnoviga ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Iskandar Fozilov bo‘ldi. I.Fozilovga uning maxsus yo‘lovchi ekanligi Dubay shahri aeroportida ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtida ma’lum qilinib, Boeing 787 samolyot bortida ham ekipaj a’zolari nomidan alohida tabriklar e’lon qilindi. I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimini o‘tkazish uchun aviakompaniya va Ommaviy axborot vositalari vakillari yig‘ilishdi.  “Kun qahramoni”ga tabrik so‘zlari, esdalik sovg‘alari,  jumladan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotining maxsus maketi va istalgan yo‘nalishga aviabilet sertifikati taqdim etildi. Aviakompaniya maxsus yo‘lovchini bir kunda tashilgan yo‘lovchilar o‘rtacha miqdorini aniqlash tizimi asosida avvaldan belgiladi. Qatnov va yo‘lovchi, ya‘ni "kun qahramoni" ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng aniqlandi. Uzbekistan Airways quvvatidan samarali foydalanish joriy yilda yo'lovchi tashuvlari bo‘yicha bunday yuqori natijaga erishish imkonini berdi. Aviakompaniya tomonidan yo‘lovchi oqimini uch millionli ko‘rsatgichdan oshirish borasidagi harakatlar davom etmoqda. Uzbekistan Airways parvozlar geografiyasini kengaytirish, yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar sonini ko‘paytirish, samolyotlar parkini yangilash va kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash kabi maqsadli ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
07 Dec 2018

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuni bilan!

Aziz vatandoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati blan samimiy tabriklarimizni qabul qilin! Uzbekistan Airway barchangizga sog‘liq, tinchlik-hotirjamlik va osmnimiz musaffo bo‘lishini tilaydi. Har bir oilada baxt va farovonlik hukmronlik sursin, Vatanimiz ravnaqi yo'lida yangi g'alabalarga intilishimiz bizni katta muvaffaqiyatga olib kelsin!

Pages