“Uzbekistan airways” AJ

Kompaniya yangiliklari

27 Dec 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari”dan Yevropaga yangi yil chegirmalari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy  aviakompaniyasi Yevropa yo‘nalishida maxsus yangi yil tariflarini o‘rnatadi. 2014-yilning 27-noyabridan  2015-yilning  31-yanvarigacha bajariladigan qatnovlarga reklama doirasida iqtisodiy klassdagi maxsus pasaytirilgan tariflar bo‘yicha Toshkentdan Parijga, Londonga, Milanga, Rimga, Frankfurtga boradigan va qaytadigan qatnovlariga aviachiptalar xarid qilish mumkin. Maxsus tarif bo‘yicha joylar soni cheklangan.
20 Nov 2014

«Uzbekistan airways technics» aviakorxonasida Milliy aviakompaniyaning ushbu bo‘linmasi tashkil topganligining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Milliy aviakompaniya Bosh direktori V.N.Tyan so‘zga chiqib «Uzbekistan airways technics» rahbariyati va xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Xususan u oxirgi o‘n yillikda erishilgan yutuqlar mamlakat fuqaro aviatsiyasining rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatayotganligini ta’kidladi. Nisbatan qisqa muddatlarda aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatish va yangi rusumdagi samolyotlar uchun malakali texnik xodimlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro standartlarga va ilg‘or texnologiyalarga mos keladigan baza yaratildi.  «Uzbekistan airways tecnics» bugungi kunda respublikadagi eng ilg‘or tuzilmalardan biri hisoblanadi, u MDH davlatlari va xorij mamlakatlari o‘rtasida ishonchli hamkor-aviata’mirlovchi sifatida obr‘o qozongan. MAK Bosh direktorining buyrug‘i bilan «UAT» ning 18 xodimi Faxriy yorliqlar, pul mukofotlari bilan taqdirlandilar va bo‘linmaning 90 yillik yubileyi sharafiga ularga minnatdorchilik e’lon qilinib, esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmalari respublika  kengashi raisi Sh.Mingaliyev AK rahbariyatiga tabrik xati yo‘lladi va bayram sovg‘asini taqdim etdi. Kasaba  uyushmalari respublika  kengashi tomonidan shuningdek aviakorxonaning xizmat ko‘rsatgan xodimlariga faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. «UAT» AK iqtidorli xodimlari bayram konsert dasturini namoyish etib, yig‘ilganlarga xo‘sh kayfiyat ulashdilar.
20 Nov 2014

Elektron hukumat

Davlat moliyasini boshqarishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va “Elektron hukumat”ni rivojlantirish dasturlarini rivojlantirishda Moliya vazirligining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori bilan 2013 yildan 2014 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, qaror davlat hokimiyati organlari oldiga axborot tizimlarini yaratish va ularni o‘zaro integratsiyalashtirish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish vazifalarini qo‘ygan. Mazkur vazifalar davlat hokimiyati organlari o‘z funktsiyalarini bajarishi sur‘ati va sifatini oshirish imkonini beradi.  Aviasozlik sahosida esa aviakompaniyani rivojlantirish va uning ijrosini nazorat qilishning samarali mehanizmini yaratish ham qonunchilik hokimiyati, soliq to'lovchilar uchun va byudjet tashkilotlari uchun ko'zda tutilgan.O‘z navbatida, dasturiy mahsulotlarni sifatli tatbiq etishga bo‘lgan ehtiyoj qator tashkiliy va infratuzilmaviy islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadiki, bu jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
05 Nov 2014

“Buxoro” xalqaro aeroportida ilk marotaba Arab Amirliklarining Boeing-787 Dreamliner havo kemasida bajarilgan charter qatnovi qabul qilindi

Parvozlarni ta’minlaydigan barcha xizmatlar bu voqeaga katta tayyorgarlik ko‘rishdi. Xususan, maxsus transport xizmati, aerodrom, YMM, tashuvlarni tashkil qilish, perron-texnik brigadasi xodimlari bilan Boeing-787 samolyotining taktik-texnik xarakteristikalari, uning tuzilishidagi o‘ziga xos jihatlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu ma’lumotlar bilan tanishtirish, aeroportning tayyorgarligini tekshirish MAK Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.   Buxoro havo maskani mutaxassislari “Orzudagi layner”da tashrif buyurgan ekipaj a’zolari va mehmonlarning tahsinlariga sazovor bo‘lishdi.
03 Nov 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyotidan yuk samolyotiga aylantirilgan birinchi Boeing-767-300BCF yuk samolyoti “Toshkent” xalqaro aeroportiga yetib keldi

Bu MAKning ikkita Boeing-767-300 ER  havo kemasini  Boeing-767-300BCF ga qaytadan jihozlash bo‘yicha loyihasini amalga oshirish doirasida tayyorlangan birinchi samolyotidir. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda, yo‘lovchi laynerlarini yuk laynerlariga qaytadan jihozlash – bu yo‘lovchi tashuvlarini bajarish uchun ham jismonan, ham ma’nan eskirgan havo kemalarini ekspluatatsiya qilishni davom ettirishning eng maqbul usulidir.  Bu asosiy aviatsiya mezoni – parvozlar xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu loyiha mamlakatimiz hukumatining qo‘llab-quvvatlashi va moliyaviy ta’minoti ostida amalga oshirilmoqda. Uning maqsadi xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy yuk samolyotlari parkini yaratish, ”Navoiy” aeroporti bazasida Intremodal logistika markazini rivojlantirish, shuningdek Milliy aviakompaniyaning yuk tashuvlari hajmini oshirishdir. Samolyotlarni yuk tashish uchun qayta jihozlash «Boeing» kompaniyasi tomonidan Singapurdagi «Саско» kompaniyasi aviata’mirlash bazasida amalga oshiriladi. Birinchi  Boeing-767-300BCF samolyotini qayta jihozlash jadval bo‘yicha nihoyasiga yetkazildi, avialayner Milliy aviakompaniyaning mutaxassislari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari bajarilganidan so‘ng qabul qilindi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va «Boeing» kompaniyasi o‘rtasidagi kelishivga muvofiq  ikkinchi qayta jihozlangan samolyot joriy yilning dekabr oyida yetib keladi.
31 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK da joriy yilning 9 oyi uchun ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalari sarhisob qilindi

MAK Kengashi Milliy aviakompaniyaning  joriy yilning 9 oyi uchun ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat  natijalarini sarhisob qildi, tarkibiy bo‘linmalarning kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarligi va boshqa bir qator masalalarni muhokama qildi. Natijalarga ko‘ra 2014-yilning 9 oyida Milliy aviakompaniyaning  xizmatlaridan 1 mln.976 ming yo‘lovchi foydalangan, bu 2013-yilning shu davriga nisbatan 95,9 foizni tashkil qilgan. MAK avialaynerlarida 17 705 qatnov bajarilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 843 taga kam demakdir. Uzoq xorij davlatlariga 616,5 ming yo‘lovchi tashilgan- pasayish 2 foizni tashkil qiladi, buning sababi  Parij, Riga, Tokio yo‘nalishidagi aviatashuvlar kamayganligi va shu yilning 30-mayidan Jenevaga qatnovlarning yopilganligidir. Mahalliy yo‘llarda 422,3 ming yo‘lovchi tashilgan, pasayish 5,7 foizga teng, MDH mamlakatlariga 940 ming yo‘lovchi tashilgan, pasayish 4,9 foizni tashkil qilib bu asosan Ukrainadagi ikkita aeroportning (Kiyev, Simferopol) yopilishi va Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Min-Vodi, Samara, Kaliningrad, Tyumen va Krasnodarga tashuvlarning pasayishi  hisobiga yuzaga kelgan. Hisobot davrida yuk tashuvlari 7,1 foizga o‘sdi, hammasi bo‘lib pochta va pullik bagajni ham qo‘shib hisoblaganda 32 ming tonna yuk tashilgan. Uzoq xorij davlatlariga yuk tashuvlari -17,6 foizga, MDH davlatlariga -22,4 foizga, mahalliy yo‘nalishlarda 13,4 foizga oshgan. O‘rtacha ish haqi hisoblash uchun qabul qilinadigan xodimlar soni 14,5 ming kishini tashkil qilgan, ish haqi fondi o‘tgan yilning hisobot davridagiga qaraganda 17,5 foizga oshgan, MAKning bitta xodimiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi 17,8 foizga oshgan. Yangi ish joylarini yaratish bo‘yicha belgilangan topshiriq (123) 180,5 foizga bajarilgan va 222 ta ish o‘rni yaratilgan. MAK kengashida shuningdek tarkibiy bo‘linmalar va MAK obyektlarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarligi muhokama qilindi. Shaxsiy tarkibni, havo kemalarini, yerdagi asbob-uskunalarni va parvozlarni radiotexnik ta’minlash vositalarini tayyorlash bo‘yicha tadbirlar bajarildi. Butun uchuvchilar va muhandis-texnik tarkib nazariy va trenajyor tayyorgarlikdan o‘tdi, KQM ishlashning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha konferensiyalar va yig‘ilishlar tashkil qilindi. HK ga muzlashga qarshi ishlov berish va yaxlashga qarshi kurashish uchun kimyoviy reagentlarning zarur zahirasi tayyorlab qo‘yildi. MAK barcha aeroportlarida maxsus texnika va mexanizmlarni tayyorlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi, maxsus mashinalarning tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Umuman olganda MAK barcha tarkibiy bo‘linmalari kuzgi-qishki navigatsiyada ishlash uchun  tayyor.
10 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Buyuk ipak yo‘li” 20-Xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etdi

Toshkent xalqaro turistik yarmarkasida har yili  mamlakatimizdagi va xalqaro  o‘nlab sayyohlik tashkilotlari, transport kompaniyalari, mehmonxonalar, dam olish zonalari va b. ishtirok etishadi. Bu safar 50 ta yo‘nalish bo‘yicha ikkita pavilonda dunyoning 30 mamlakatidan tashrif buyurgan 300 kompaniya va O‘zbekistonning 12 viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm sohasi vakillari o‘z eksponatlarini namoyish etishdi. Singapur, Dominikan Respublikasi va Rossiya ilk marotaba yarmarkada ishtirok etishdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi  aviatsiya tashuvlari bo‘yicha o‘zining keng imkoniyatlarini namoyish etdi. Milliy aviatashuvchi stendi yarmarka qatnashchilari hamda mehmonlariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK parvozlar geografiyasini, yangi yo‘nalishlarni, turistik yo‘nalishlar bo‘yicha tranzit qatnovlar, taklif etiladigan tariflar va yangi xizmat turlarini taqdim etdi. MAK Tijorat departamenti turizm bo‘limi mutaxassislari milliy aviatashuvchining xizmatlaridan manfatdor bo‘lgan sayyohlik agentliklari va kompaniyalari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishdi. Ko‘rgazmaning birinchi kuni «International» mehmonxonasida mamlakatimizning turistik kompaniyalari uchun Singapurning “Changgi” aeroporti va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning “Toshkent-Singapur-Toshkent” bo‘yicha yangi yo‘nalishining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislarning fikricha, Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi turistik mahsulotni ilgari surish va amaliy aloqalar o‘rnatish uchun yaxshi imkon beradi. Yarmarka dunyoning yetakchi ekspertlariga tajriba almashish, turizmdagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, yangi yo‘nalishlarni taqdim etish va turizm sohasini rivojlantirishning  ustuvor yo‘llarini aniqlab olish imkonini berdi. Ko‘rgazma kunlari konferensiyalar, davra stoli atrofida suhbatlar va taqdimot marosimlari tashkil etildi. Shuningdek yarmarkada O‘zbekistondagi Folklor-etnografik ansambllar va raqs ansambllari o‘zlarining yorqin dasturlari bilan ishtirok etishdi, milliy oshxona va xalq hunarmadchiligi festivallari o‘tkazildi. Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi  yakunlari bo‘yicha “Zo‘rlarning zo‘ri” loyihasi doirasida turli nominatsiyalar bo‘yicha eng faol ishtirokchilar tanlovi bol‘ib o‘tdi.
09 Oct 2014

O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmagan fuqarolarining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarolari uchun davlat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining voyaga etmagan fuqarolarini O‘zR davlat chegarasi orqali o‘tishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:  O‘zbekiston Respublikasi viza tartibiga ega bo‘lgan mamlakatlarga (uzoq xorij davlatlari, Turkmaniston) chiqish.  - 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasport yoki bola pasportida ko‘rsatilgan hamroh shaxs haqidagi ma’lumotli chet el pasporti, shuningdek, tashrif buyurayotgan mamlakatning kirish vizasiga muvofiq.  - xorijiy davlatlarda doimiy yashaydigan 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasport yoki shaxs haqidagi ma’lumotli chet el pasporti, shuningdek, tashrif buyurayotgan mamlakatning kirish vizasiga muvofiq.  - 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasportlar yoki ota-onalardan biri yoki ikkisining (vasiylar) hamrohligida tashrif buyuradigan mamlakatga kirish vizasi, yoki mustaqil chiqish uchun notarial tasdiqlangan ota-ona(vasiy)larning roziligi mavjud bo‘lsa chet el pasporti asosida. - xorijiy mamlakatlarda doimiy yashaydigan 15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud bo‘lgan biometrik pasportlar bo‘yicha yoki chet el pasportiga, shuningdek, tashrif buyuradigan mamlakatga kirish vizasi bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi vizasiz tartib o‘rnatgan (Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston) MDH mamlakatlariga chiqish. - 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - biometrik yoki chet el pasportlariga muvofiq, agar ichki ishlar organlarining bolaga hamrohlik qilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ko‘rsatilgan muhri (HAMROHLIK QILUVCHI SHAHS) bo‘lsa.  - 15 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari -  bolani kuzatib boruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma‘lumot, "Ruxsat berilgan" stikeri mavjud biometrik pasport yoki "HAMROHLIK QILUVCHI SHAHS" chet el pasportiga asosan. - xorijda doimiy yashaydigan 15 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining MvaFRBB bo‘limlari yoki Tashqi ishlar vazirligining konsullik Boshqarmasi tomonidan biriktirilgan shaxs to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni ko‘rsatuvchi (HAMROHLIK QILUVCHI SHAHS) muhri mavjud biometrik yoki xorijiy pasportlar asosida.  Hamrohlik qilayotgan shaxslar haqidagi muhrlar xorijda yashovchi 15 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ular konsullik ro‘yxatidan o‘tgan yoki  o‘tmaganliklaridan qat’i nazar barchaga qo‘yiladi va Tashqi ishlar vazirligi (Toshkent shahri hududida) xodimining imzosi va muhri bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining MvaFRBB xodimi (Toshkent shahridan tashqarida - viloyat bo‘linmalarda - viza muhri bilan, tumanlar bo‘linmalarda - gerbli muhr bilan) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.  Shu bilan birga, ba‘zi hollarda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik va xorijiy pasportlarida hamrohlik qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ularining muhri va Tashqi ishlar vazirligi xodimining imzosi bilan tasdiqlangan holda qo‘lda kiritiladi.  -15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari - biometrik  va xorijga chiqish pasporti bo‘yicha, ota yoki ona yoki ikkalasi  (vasiylari)ning hamrohligida yoki  voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda chiqib ketishi uchun notarial tasdiqlangan ota-ona (vasiy)lari roziligi bilan. - 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xorijiy davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - biometrik xorijga chiqish pasportlari ota yoki ona yoki ikkalasi  (vasiylari)ning hamrohligida yoki  voyaga etmagan shaxsning mustaqil ravishda chiqib ketishi uchun notarial tasdiqlangan ota-ona (vasiy)lari roziligi bilan.
09 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “DE-224” aerodrom mashinalari uchun chutkalar sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Tanlov mazmuni: 2012-yilda “DE-224” aerodrom mashinalari uchun  chutkalar sotib olish- 9 komplekt Texnik parametrlari:             - o‘lchami 254х900 мм;             - vors materiali –polipropilen;             - bitta maxsus mashina uchun komplekt 150 chotkadan iborat. Shartnoma shartlari:  To‘lov shartlari: 100 % - mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun ichida, yoki 15% oldindan haq to‘lash, 85% - mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun ichida. Mahsulot yetkazib berish shartlari: «CPT», «DAP», O‘zbekiston, Toshkent sh. yoki FCA jo‘natish aroporti. Mahsulot yetkazib berish muddatlari: shartnoma imzolanib, O‘zR vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng  30 kalendar kuni ichida yoki 15% oldindan haq to‘langandan so‘ng 30 kun ichida yetkazib berilishi kerak. Tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlrni ishlab chiqaruvchi zavodlar va ular  bilan sotish va yetkazib berish yuzasidan amal qiluvchi dilerlik  shartnomalarga ega xorijiy, shuningdek mamlakatimizdagi firma va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: 100167, O‘zbekiston, Toshkent sh., “Toshkent” aeroporti, “O‘zaviatexta’minot” MTTM direktori R.D.Alimxodjayevga Telefon: (99871) 254-26-87, faks /+998 71/ 255-35-24. Е-mail: Shuhrat.Bahramov@uzairways.com, bahramov.sh@mail.ru Tanlovda qatnashish uchun tijorat takliflari qabul qilishning oxirgi muddati: 20.11.2012-yil  soat 17-00 Takliflar pochta orqali, faks va elektron pochta bo‘yicha qabul qilinadi. Takliflarni firmaning xos ish qo‘g‘ozida, muhr va imzo qo‘yilgan holda yuborishingizni so‘raymiz. Narxlarning amal qilish muddati  kamida 3 oy bo‘lishi kerak. Mahsulot kelib chiqish sertifikati  CT-1 taqdim etilishi shart. Ma’lumotlar rus tilida bo‘lishi yoki rus tilidagi tarjimasiga ega bo‘lishi kerak.
07 Oct 2014

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) vakillari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutaxassislarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida  IATAning Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Rafael Shvartsman assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hozirgi bosqichda xalqaro fuqaro aviatsiyasi hal qilayotgan muammolar haqida gapirib berdi va mintaqaviy hamkorlik rejalari bilan tanishtirdi. Shuningdek o‘zbek fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligini ta’minlashdagi tajribasini yuqori baholab, mintaqada parvozlar xavfsizligii ta’minlash uchun MDH davlatlarida foydalanish maqsadini bayon qildi. IATA vakillari O‘zbekistonda aviatsion yuklarni tashish masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy forum (Aviation Cargo Day Uzbekistan 2015) o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishdi, bu  O‘zbekiston yuk tashuvlarini rivojlantirishga ijobiy turtki beribgina qolmasdan, “Navoiy” xalqaro  intermodal logistika markazi ishini olg‘a surish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK havo kemalarining xususiy yuk floti sur’atlarini oshirish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘quv-mashq markazi tarkibida IATAning sertifikatlangan trening markazini tuzish va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi, bu esa o‘qitish yo‘nalishlari sonini sezilarli kengaytirish, MAK O‘MM ishini yanada kuchaytirish, mintaqaviy miqyosda fuqaro aviatsiyasi xodimlarini o‘qishga jalb qilishga yordam beradi. O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi o‘z navbatida IATAning hamkor aviakompaniyalar tomonidan tashuv hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzishning standart tartibotlarini tezlik bilan bajarishni ta’minlash, parvozlar xavfsizligi hamda  yo‘lovchilar va yuk tashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini qo‘llab-quvvatlash, aviakompaniyalarda zamonaviy sotish va yo‘lovchilar hamda yuk tashuvlariga xizmat ko‘rsatish texnologiyalarini tadbiq etish, amaliy konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish, IATA tomonidan ishlab chiqiladigan va nashr etiladigan texnologik va texnik standartlardan foydalanish bo‘yicha bir qator dasturlarida ishtirok etib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda IATA dunyoning beshta qit’asida muntazam tijorat tashuvlarini bajaradigan 270 dan ortiq aviakompaniyani birlashtiradi. Jahon aviatashuvlari umumiy hajmining 84% IATA a’zolari hissasiga  to‘g‘ri keladi.

Pages