“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi

Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

07 Oct 2014

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) vakillari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutaxassislarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida  IATAning Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Rafael Shvartsman assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hozirgi bosqichda xalqaro fuqaro aviatsiyasi hal qilayotgan muammolar haqida gapirib berdi va mintaqaviy hamkorlik rejalari bilan tanishtirdi. Shuningdek o‘zbek fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligini ta’minlashdagi tajribasini yuqori baholab, mintaqada parvozlar xavfsizligii ta’minlash uchun MDH davlatlarida foydalanish maqsadini bayon qildi. IATA vakillari O‘zbekistonda aviatsion yuklarni tashish masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy forum (Aviation Cargo Day Uzbekistan 2015) o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishdi, bu  O‘zbekiston yuk tashuvlarini rivojlantirishga ijobiy turtki beribgina qolmasdan, “Navoiy” xalqaro  intermodal logistika markazi ishini olg‘a surish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK havo kemalarining xususiy yuk floti sur’atlarini oshirish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘quv-mashq markazi tarkibida IATAning sertifikatlangan trening markazini tuzish va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi, bu esa o‘qitish yo‘nalishlari sonini sezilarli kengaytirish, MAK O‘MM ishini yanada kuchaytirish, mintaqaviy miqyosda fuqaro aviatsiyasi xodimlarini o‘qishga jalb qilishga yordam beradi. O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi o‘z navbatida IATAning hamkor aviakompaniyalar tomonidan tashuv hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzishning standart tartibotlarini tezlik bilan bajarishni ta’minlash, parvozlar xavfsizligi hamda  yo‘lovchilar va yuk tashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini qo‘llab-quvvatlash, aviakompaniyalarda zamonaviy sotish va yo‘lovchilar hamda yuk tashuvlariga xizmat ko‘rsatish texnologiyalarini tadbiq etish, amaliy konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish, IATA tomonidan ishlab chiqiladigan va nashr etiladigan texnologik va texnik standartlardan foydalanish bo‘yicha bir qator dasturlarida ishtirok etib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda IATA dunyoning beshta qit’asida muntazam tijorat tashuvlarini bajaradigan 270 dan ortiq aviakompaniyani birlashtiradi. Jahon aviatashuvlari umumiy hajmining 84% IATA a’zolari hissasiga  to‘g‘ri keladi.
07 Oct 2014

Kaliningradga uchib ketadigan yo‘lovchilar diqqatiga

Toshkent-Kaliningrad yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketadigan hurmatli yo‘lovchilar. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi sizga Kaliningradda bo‘lishni rejalashtirayotgan vaqtingizda Rossiya Federatsiyasi hududida amal qiladigan tibbiy sug‘urta polisini yoningizda olib ketishingizni tavsiya qiladi.
03 Oct 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK havo yo‘llarida bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

         Joriy yilning 1-oktabridan yangi qoidalarga muvofiq, tele-, video- va radioapparaturalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda narxi e’lon qilingan holda olib ketiladi, bunda yo‘lovchidan tashiladigan bagajning e’lon qilingan narxidan 10 foiz miqdorida qo‘shimcha yig‘im olinadi.          Agar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi bagajni narxi e’lon qilinadigan bagaj sifatida rasmiylashtirishdan va uning uchun tegishli yig‘imni to‘lashdan bosh tortsa, aviakompaniya ko‘rsatilgan toifadagi bagajning but saqlanishi uchun javobgarlikka ega bo‘lmaydi.
06 May 2014

Diqqat! Yo‘lovchilarning qo‘l yuki tarkibida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketishning man etilishi bekor qilindi

Joriy yilning 1-mayidan “Havo kemasi sahniga yo‘lovchilar tomonidan qo‘l yuki bilan va bojsiz savdo mahsulotlari  tarkibida   olib kiriladigan suyuqliklar, gellar va aerozollarning aviatsion xavfsizligini nazorat qilish tartibi haqida muvaqqat yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan uchib ketadigan yo‘lovchilarga quyidagi shartlarga amal qilinganda havo kemasi sahnida qo‘l yuki tarkibida va yonida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketishga ruxsat etiladi:. -  barcha suyuqliklarni  sig‘imi 100 ml dan ko‘p bo‘lmagan idishlarda olib ketish lozim; -  sig‘imi 100 ml dan ko‘p bo‘lgan konteynerlarga joylashtirilgan suyuqliklar tashish uchun qabul qilinmaydi, ular qisman to‘ldirilgan bo‘lsa ham; -  idishlar shaffof, zich yopiladigan, hajmi 1 litrdan ko‘p bo‘lmagan plastik paketlarga bemalol joylashtiriladigan bo‘lishi kerak; -  plastik paket aviatsiya xavfsizligi nazorati punktida maxsus texnik vositalardan foydalangan holda  ko‘zdan kechirish uchun taqdim etilishi kerak; -  har bir yo‘lovchiga  faqatgina 1 ta (bitta) hajmi 1 litr shaffof plastik paket olib ketishga ruxsat etiladi
07 May 2014

“Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zR Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida “AQSH ga chiqish uchun hujjatlarga qo‘yiladigan talablar” mavzusida bir kunlik seminar-trening o‘tkazildi.

MAK yo‘lovchilariga boriladigan mamlakatga kirish rad etilishi holatlarini kamaytirish maqsadida MAK TTvaYXB tashuv hujjatlarini tekshirilishini nazorat qilish guruhi tomonidan muntazam ravishda MAK xodimlarining Milliy aviakompaniya muntazam qatnovlarni amalga oshiradigan mamlakatlaridagi viza va immigratsiya qoidalari sohasidagi bilim va malakalarini oshirish yuzasidan ish olib boriladi. Tashuv hujjatlari lozim darajada bo‘lmagan yo‘lovchilarni aniqlash bo‘yicha ishlarni yaxshilash uchun tashkil etilgan seminar-treningda  AQSH vitse-konsuli O.Vesrxassel, AQSH Elchixonasi immigratsiya vizalari bo‘limi boshlig‘i N.Ergasheva va AQSH Elchixonasi viza tovlamachiliklarining oldini olish bo‘yicha bo‘lim mutaxassisi G.Jumamurotovalar so‘zga chiqdilar. Seminar qatnashchilari – MAK  Direksiyasi, “Toshkent” aeroporti  immigratsiya nazorati bo‘limi, HABA kassirlari va xodimlari, MXX davlat chegarasini himoya qilish qo‘mitasi xizmatchilari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xizmatchilari AQSHga borish uchun talab etiladigan hujjatlarga taalluqli savollarga to‘la to‘kis javoblar oldilar. Tinglovchilarga pasportlarning himoya xususiyatlari va ushbu mamlakatning vizasi ko‘rgazmali qurolar vositasida namoyish etildi, ular shuningdek ularni aniqlash usullari va firibgarliklarning oldini olish yo‘llari bilan tanishdilar. Seminar so‘ngida tinglovchilarga AQSH Elchisi va Konsuli tomonidan imzolangan sertifikatlar topshirildi.
07 May 2014

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Mehnat muhofazasi sohasida respublikadagi eng mas’ul muassasa” mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashida Jahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etilib, unda Respublika Oliy Majlisi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish  vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat nazorat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Muhokama mavzusi respublikadagi mehnat muhofazasi bo‘yicha dolzarb masalalardan iborat bo‘ldi. Ushbu tadbir nihoyasida xo‘jalik subyektlarinitaqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, ular orasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ham bor edi.
06 May 2014

Bahorgi-yozgi jadvalda yangi muntazam qatnov

Joriy yilning 16-mayidan O‘zbekistonning ikkita viloyat markazini birlashtiradigan muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent-Buxoro-Farg‘ona-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnov haftada bir marta juma kunlari Il-114-100 samolyotida quyidagi tartibda bajariladi:   Toshkentdan uchish                  1210                       Buxoroga yetib borish              1355               Buxorodan uchish                     1435               Farg‘onaga yetib borish           1620               Farg‘onadan uchish                  1700               Buxoroga yetib borish              1900               Buxorodan uchish                     1940               Toshkentga yetib kelish            2110                             Sizga ko‘ngilli parvoz tilaymiz!  

Pages